Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
216 emas, faqat uzun, ingichka mo‘ylovi bor. Burgut burun. Ko‘zlari katta-katta. Ozariy tilda gapirdi, so‘zlarining hammasiga tushundim. Shialarning imomlari Bibi Fotimaning avlodlari bo‘lgan emasmi, shuning uchun ular ayol zotini juda hurmat qilar ekanlar. Men buni yo‘lda ham ko‘p sezdim. — Lekin o‘zimizda ham ilgari ayollarga ehtirom kuchli bo‘lgan, — dedi Bobur.— Samarqandda Bibi Xonim nomli madrasa qurilgan, Tuman oqa maqbarasi bor. Hirotda Gavharshod begim madrasasi mashhur. — Bilmadim, u zamonlarda ulug‘ ayollar ko‘p bo‘lganmi yoki ularning ilmu san’atga ishtiroklari katta bo‘lganmi? — dedi Mohim begim eriga qarab. — Hozir nechukdir undoq emas-da, hazratim? — Falakning gardishi ajib! — dedi Bobur. — Ayollarga munosabat hamisha ilmu san’- atga munosabat bilan rost kelur. Ilmu san’at barq urgan davrlarda ayollarning hurmati ham baland. Chunki ilmu san’at ayollarning ishtiroki bilangina astoydil yuksalgan. Ma’naviy inqiroz davrlarida olimlaru san’atkorlar nechog‘lik xor bo‘lsa ayollar ham shunchalik kamsitilmishdir. — Siz aytgan shu inqiroz hozir Movarounnahrni chirmab olgan, hazratim! — dedi Xonzoda begim. — Ko‘chmanchi xonu sultonlar mamlakatning quruq gavdasini egallab olmishlar. Uning ruhi bilan ishlari yo‘q. O‘lgan odamning arvohini ranjitish adolatdan emas. Shayboniyxon parokanda bo‘lib yotgan o‘lkalarni birlashtirdi. Samarqandda o‘z nomiga madrasa qurdirdi. Ko‘hak* daryosining ustiga ko‘prik qurdirdi. Savob ishlari shu bo‘ldi. Lekin olimlaru san’atkorlarga muomalasi qandoq durusht bo‘lsa, ayollarga ham shundoq edi. Te-muriylar ayollarning nomiga madrasayu maqbaralar qurdirganini aytsangiz, g‘azabi kelur edi. Uningcha, Ulug‘bek ilmu san’atga berilib, dinu imonni unutgan emish, ayollarni taltaytirib, xalqning axloqini buzgan emish. Xon yozdirgan «Shayboniynoma», «Nusratnoma» degan kitoblarning birontasida birorta ayolning nomi tilga olingan emas. Shahzodayu sultonlarning onalari yoki xotinlari haqida so‘zlash zarur bo‘lib qolsa, «falonchining qizi», «falonchining xotini» deb, faqat otasi yoki erining nomini yozurlar. Chunki ayollarning nomini nomahramlar tilga olsalar gunoh bo‘lur emish! Hali bu— madrasa ko‘rgan ilmlik xonning davrida bo‘lgan ishlar. Hozir tirik qolganlarida shu ilm ham yo‘q. Faqat dag‘al bir kuchu bid’atu xurofot. Ilmu san’at ahli sultonlar zulmidan qochib, biri Xurosonga, biri Istambulga ketdi, biri Kobulga keldi. Endi butun umidimiz sizdan, Boburjon! Siz Movarounnahrning ulug‘ ruhini tiklarsiz, ilmu ma’rifat quyoshini yurtimizga qaytarib olib borursiz deb, yo‘lingizga ko‘z tikkanlar ko‘p! Bobur opasining aytganlari quruq gap emasligini bilardi. Shayboniyxon o‘lgandan keyin Samarqanddan, Buxorodan, Toshkentdan Boburga maxfiy xatlar va choparlar kelgan edi. Ko‘chmanchi sultonlar zulmidan bezgan odamlar Boburni tezroq yurtiga qaytishga chor-lar edilar. — O‘tgan hafta Andijondan xushxabar keldi, — dedi Bobur opasiga mamnun ko‘z tashlab.— Farg‘ona vodiysidagi barcha xayrixohlarimiz ko‘chmanchi sultonlarni quvib yuboribdir. Menga kitobot keldiki, «Qorategin orqali Andijonga tezroq yetib keling, ota yurtingiz sizga muntazir!» Xonzoda begim quvonch bilan: — Tangrimga ming qatla shukr! — dedi. — Hazratim bizni Kobuldan Qunduzga olib kelganlarining boyisi ham shuki, — dedi Mohim begim ovozini pasaytirib, — tezroq vatanlariga qaytmoqchilar! — Andijongami? — shivirladi Xonzoda begim inisiga. Bobur o‘ychan kulimsirab bosh chayqadi — u Andijonga ishonchli bir kishisini yubormoqchi, o‘zi esa Hisor orqali Samarqandga yurish qilmoqchi edi. Lekin Bobur o‘zining bu niyatini tarix sahnasida paydo bo‘lgan yangi bir kuch — Shoh Ismoil bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling