Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 boshlagan bo‘lsa kerak. Aks holda, No‘yon borgan zahoti tikib ulgurmas edi. Demak, u Boburning najot keltirishiga ishongan! — Amirzodam, qo‘lingizdagi gavharlarning tarixini eshiting, — deb davom etdi No‘yon. — Bular Sulton Ahmad mirzoning sallalariga qadalgan asl gavharlardan ekan. Uning mungliqlari tilak bildirdilarki, Sulton Ahmad mirzoning shu gavharlari siz bilan birga yana Samarqand taxtiga chiqsinu, sizning aziz boshingizda yuz yil bezavol porlab tursin! Sulton Ahmad mirzo tilga olinganda Boburning ko‘ngli bir xira tortdi. Ammo uning qo‘lidagi gavharlar shunday musaffo tovlanar ediki, ularda porlagan go‘zal nur qallig‘ining ko‘zlaridan nishona berib turganga o‘xshardi. — Mayli, mungliqlar tilagandek bo‘lsin! — dedi Bobur No‘yonga. So‘ng sekin qarsak chalib, dastorpechni chaqirtirdi. Dastorpech bu gavharlarni Boburning tantanali marosimlarda o‘raydigan sallasiga qadab qo‘ydi. Shu oqshom Bobur g‘oyibona mehr qo‘ygan qallig‘ini ko‘rgisi kelib, g‘azal yoza boshladi: Jamoling vasfini, ey oy, necha eldan eshitgaymen Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dil xasta yetgaymen? ___________ * S u b h o n i o‘ r i k — danagi o‘rniga mag‘iz solingan o‘rik. * L a v z i n a — bodom qo‘shib ishlangan shirinlik. * O sh l i q — bu yerda don, un ma’nosida. 2 Qish chillasi avjida. Izg‘irinli yellar esadi. Qo‘l-oyoqlariga kishan solingan, kiyimlari yirtiq mahbuslar Samarqandning Registon maydonida sovuqdan qaltirab, shahar qozisining hukmini tinglaydilar. Ishonchli amaldorlarning aniqlashlariga qaraganda, bular Bobur mirzoga xiyonat qilganlar — qamal paytida unga maxfiy odam yuborib, «kechasi kelinglar, darvozani ochib berurmiz», deganlar. Boburning bir dasta botir navkarlari G‘ori Oshiqon oldidan qal’aga oshib o‘tganda, xiyonatchilar ularni dushmanlariga tutib berganlar. — Biz emas! Tutib berganlar qochib ketmishlar! — yig‘lamsirab qichqirdi mahbuslardan biri. Ammo uning so‘ziga hech kim e’tibor bermadi. Farmoni oliyga binoan jallod ularning qo‘llarini or-qalariga bog‘lab, maxsus chuqur oldiga cho‘kkalatib qo‘ydi-da, bo‘g‘izlariga xanjar tortdi. Qatl etilganlarning issiq qoni maydonning toshlariga sachrab, sovuqda hovur chiqarib bug‘lanar edi. Kechasi bo‘ralab yoqqan qor buning hammasini bekitib, borliqni oppoq qilib ketdi. Ertasi kuni tushdan havo yumshab, gumbazlarning qorlari erib tusha boshladi. Peshin namozidan keyin Bobur mirzo otlanib Samarqand rastalarini aylanishga chiqdi. Yonida eshik og‘a Qosimbek, Ahmad Tanbal va Xonquli degan yana bir bek orqaroqda navkarlar bilan kelishmoqda. Shaharning qayerida nima borligini yaxshi biladigan sa- marqandlik keksa shoir Javhariy ularga yo‘l ko‘rsatib, oldinda boryapti. Ulug‘bek qurdirgan ulkan gumbazli xonaqodan o‘tganlaridan keyin Javhariy kunchiqish tomondagi ko‘chani ko‘rsatdi. — Amir Alisher Samarqandga kelganlarida mana shu ko‘chadan ko‘p o‘tar edilar. Mazkur ko‘chaning oxirida Alisherbekning ustozlari faqih Abdullays istiqomat qilur edi. Uylari hali ham bor. — Siz Mir Alisherning suhbatlarida bo‘lganmisiz? — so‘radi Bobur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling