Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
qallig‘i bilan xayrlashdi, unga o‘z ehtiromini bildirib, oq yo‘l tilagan bo‘ldi. 
Bobur yuz kun Samarqandda turib Oyisha begim bilan biror marta yuzma-yuz ko‘rishgan 
emas. Bunga urf-odat ham yo‘l bermadi, yoshlik hayosi ham monelik qildi. Ko‘ksaroyda 
yoza boshlagan g‘azalining «Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dil xasta yetgaymen» 
degan satri esiga tushdi. So‘ng ot ustida kun bo‘yi yo‘l yurib borayotib xayolan o‘sha 
g‘azalini davom ettirdi: 
Muyassar bo‘lmasa boshimni qo‘ymoqlik oyog‘iga, 
Boshimni olib, ey Bobur, oyoq yetguncha ketgaymen. 
Kechqurun tunash uchun Qo‘shtegirmon degan joyda to‘xtaganlarida Bobur bu satrlarni 
qog‘ozga yozib qo‘ydi. G‘azal — shu satrlar bilan tugallanishi kerak. Lekin o‘rtada yana 
uch-to‘rtta bayt bo‘lishi kerak. Ularni keyinchalik, xotirjamroq paytda topmoqchi bo‘ldi. 
_________________ 
* Hozirgi G‘allaorol yaqinidagi qadimiy qishloq. 
* Miroxo‘r «amiri oxur» degani. M i r o x o‘ r — podshoh otboqarlarining boshlig‘i.
* * * 
Andijonda bo‘lgan voqealar dahshati Tohir qiyofasiga kirib Boburga tobora yaqinlashib 
kelmoqda edi. 
Bobur odamlari bilan Novdan o‘tganda Tohir Qo‘qondan o‘tib, Xodarvish cho‘liga kirdi. 
Bobur cho‘llarda olti marta tunab, yettinchi kuni kechki payt Xo‘jandga yetganda qora oti 
loyga belangan, o‘zi tanib bo‘lmas darajada qorayib, ozib ketgan Tohir uning qarshisidan 
chiqdi. 
Bobur hamma bek va navkarlari bilan kelayotganini ko‘rgan Tohir otdan o‘zini yerga 
tashlab, dod solib yig‘lab gapirdi: 
— Nechun Samarqandni tashlab keldingiz, amirzodam?! 
Bobur Andijon qo‘ldan ketganini eshitdi-yu, nazarida, butun borliq zilzila ichida qoldi, 
yeru ko‘k chayqalib silkinib ketdi. Chapda yaltirab ko‘ringan Sirdaryo qirg‘oqlaridan 
toshib chiqa boshlaganday tuyuldi. 
Daryodan narida Xo‘jand tog‘lari. Bu yerdan Andijon naqadar uzoq! Samarqand naqadar 
uzoq! O‘gay taqdir Boburni bu yerga go‘yo aldab olib kelganu birvarakayiga 
Samarqanddan ham, Andijondan ham mahrum qilgan! Endi uning ora yo‘lda muallaq 
bo‘lib qolganini Andijondagi Ahmad Tanbal ham, Samarqanddagi Sulton Ali mirzo ham, 
Turkistondagi Shayboniyxon ham go‘yo uzoqdan ko‘rib turar edilaru «Boladay 
aldanibdi!» deb qah-qah urib kular edilar. Ularning kulgilari atrofdagi tog‘lardan aks sado 
bo‘lib qaytayotganday tuyular edi. 
Tohir Ali Do‘stbekning xiyonat qilib, darvozani kechasi ochib berganini, Xo‘ja Abdulla esa 
Boburga sadoqati tufayli shu darvozaxonaga osib o‘ldirilganini aytganda Bobur ortiq 
bardosh qilolmay otiga qamchi bosdi. Qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmas edi. 
Chanqagan ot uni daryoning jar bo‘lib yotgan baland qirg‘og‘iga olib keldi. Birdan Bobur 
Axsida jar qulashidan halok bo‘lgan otasini esladi. Nazarida u turgan zamin ham hozir 
qulab tushmoqda edi. Bobur otini orqaga burdi. Lekin orqadagi pastu baland yerlar ham 
jahannam qa’riga qulab tushayotganday lopillab ko‘rindi. 
Bobur otining bo‘ynidan quchoqladi-yu, yelkalari silkina-silkina yig‘lab yubordi. 
Qosimbek bilan tabib chol uning yoniga keldilar. Qosimbek qayg‘u to‘la tovush bilan 
yig‘lamsirab gapirdi: 
— Amirzodam, hammamiz ham xonavayron bo‘ldik. Mening molu mulkimni talatibdilar. 
O‘g‘lim og‘ir yarador emish... 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling