Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
88 Egar-jabduqlaridagi oltin bezaklari quyosh nurida yalt-yalt qilayotgan bo‘z otni jilovdor yetaklab keldi. Qosimbek unga: — Qayt! — dedi-yu, Boburga mahofada tinchgina ketaverishni maslahat berdi. U bilan tabib Boburning yana uzlikib qolishidan astoydil qo‘rqmoqda edilar. Ammo Bobur otni orqaga yetaklab ketayotgan jilovdorga kulib qaradi-yu: — Yo‘-yo‘q, otni k-kell-tiring! — dedi. So‘ng Qosimbekka ham kulimsirab gapirdi: — X-xa-vo-otir olm-mangiz! Jilovdor otni yana mahofa oldiga yetaklab keldi. Mahofa to‘xtadi. Bobur uning zinasiga oyoq qo‘yib, bo‘z otning egaridan oldi-yu, bir sakrab otga mindi. Jilovdor bundan zavqi kelib jilmaydi va jilovning uchini Boburning qo‘liga tutqazdi. Qosimbek Boburni ortdan sinchiklab kuzatib boradi, agar uning behol bo‘lgani sezilsa, darhol yordamga yetmoqchi bo‘ladi. Ammo Jizzaxga yetib bordilar hamki, ot ustidagi Boburning behol bo‘lgani sezilmadi. Kichikligidan ot minib suyagi qotgan chavandoz so‘nggi kunlarda suvorilikni juda sog‘ingan edi. Mahofaning yumshoq parqullari unga xastalik to‘shagini eslatardi. Tagidagi bo‘z otning sho‘x qadam olishi va sog‘lom bir qudrat bilan o‘ynoqlashi esa Boburning a’zolarida anchadan beri mudrab yotgan yoshlik kuchlarini uyg‘otganday bo‘lardi. U otliq yurgan sari badani yayrab, bahri-dili ochilib borardi. Jizzaxdan naridagi ko‘kalam adirlarga o‘tib tunash uchun to‘xtadilar va ikki joyga chodir tikdilar. Boburning bugun otliq yurgani va o‘zini juda sog‘lom sezayotgani haqidagi xabar xolasi bilan qallig‘iga ham yetib borgan edi. Mehr Nigor xonimning kuyovga xola, ayni choqda, qizga ona ekani sovg‘a-salom yuborish va bordi-keldi qilish uchun qulay edi. Namozshom paytida Mehr Nigor xonimning eshik og‘asi Bobur mirzoga sovg‘a olib keldi: chiroyli zarbof to‘n, oltin kamar, kumush dastali qimmatbaho qamchi. To‘n — Boburning tuzalish shodiyonasi. Kamar — «kuyovning beli yana ham baquvvat bo‘lsin», degan tilakni bildiradi. Qamchi — bugun Bobur otliq yurgani tufaylimikin? Yoki «Podshoh otini qamchilab, tezroq Andijonga yetsinu yog‘iylarni savalasin!» degan ma’nosi ham bormikin? Nima bo‘lganda ham Bobur bu sovg‘alardan juda ta’sirlanib ketdi. Ertaga ular xayrlashishlari kerak. Toshkent yo‘li shimolga burilib ketadi. Bobur tomonidan ham sovg‘a yuborilishi lozim. Biroq ayollarga yoqadigan qimmatbaho matolaru taqinchoqlarni ular qayerdan topishadi? Hammalari erkaklar. Qo‘ngan joylari ham cho‘l. Qosimbek shuni Boburga aytib: — Kumush laganlarda oltin pul yubora qolsakmikin?— dedi. Bobur esa shu lagan va oltinlarni bugun bo‘sh qolgan mahofaga solib yuborishni taklif qildi. — Mahofa ham sovg‘a bo‘lsinmi? Balki ertaga o‘zingiz mahofada yurursiz, amirzodam? — Xu-xudo xohl-lasa, yur-masmen. 3-zaifalar yurs-sinlar. So‘nggi gapni Bobur buyruq ohangida aytdi, shuning uchun Qosimbek boshqa e’tiroz qilolmadi. Ertasi kuni ertalab ikki muhtasham mahofa ko‘ch ortilgan tuyalaru aravalari bilan birga shimol tomonga burilib, Mirzacho‘l orqali Toshkentga yo‘l oldi. Bobur o‘z qo‘shinidan yuz kishini qo‘riqchilikka ajratgan edi ular ham mahofalar bilan birga uzoqlashib keta boshladilar. Andijon yo‘lidan chetroqda katta bir qorovultepa ko‘rindi. Bobur yolg‘iz o‘zi shu tepaning ustiga ot qo‘yib chiqdi-da, egardan tushdi. Otining jilovidan tutganicha cheksiz cho‘lda tobora kichrayib borayotgan mahofalarga ancha vaqt tikilib turdi. Go‘yo u shu turishda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling