Bodring biologiyasi va etishtirish texnologiyasi Reja: Bodring ahamiyati, tarqalish tarihi. Bodring biologik asoslari va tumanlashtirilgan navlari. Bodringni etishtirish texnologiyasi
Download 65.22 Kb.
|
Bodring biologiyasi va etishtirish texnologiyasi
Qulay sharoitda bodring o‘simligining o‘sishi quyidagi tartibda boradi. Unib chiqqandan keyin 5-6 kun o‘tgach birinchi chin barg chiqaradi, maysalar ko‘ringanidan 25-35 kun keyin yon poyalari paydo bo‘ladi, bulardan keyin esa tez orada ikkinchi tartibda poyalar o‘sib chiqadi. 35-50 kundan keyin (naviga qarab) bodring gulga kiradi, bunda avval asosiy poyada joylashgan yerkak gullar ochiladi. Urg‘ochi gullar esa kechroq, oradan 1-3 hafta o‘tgach paydo bo‘ladi. Urg‘ochi gullari yon poyalarida ko‘proq, asosiy poyada esa kamroq bo‘ladi. urg‘ochi gullari yerkak gullariga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Keyingi yillarda bodring o‘simligining asosan urg‘ochi gullar paydo qiladigan navlari keng ekilmoqda. Lekin, ayrim hollarda faqat yerkak gullar paydo bo‘ladi – bular puch gul deyiladi. Bunday gullar bo‘lishiga har xil sabablarni, jumladan tup qalinligining ta’sirini hamda tuplar zich joylashganda o‘simlik yaxshi poya chiqara olmay qisilib, natijada urg‘ochi gullarning soni kamayadi
Guruhlari va navlari. A.I.Filov bo‘yicha bodring (Cucumis sativus turi) morfologik belgilari hamda shakllanish jarayonida ta’sir ko‘rsatgan ekologik omillarni ham hisobga olgan holda ettita kenja turga bo‘linadi. SHulardan quyidagi kenja turlar ishlab chiqarish ahamiyatiga ega: Xitoy bodringi. Bu kenja tur uzunchoq mevali xitoy bodringlarini hamda bizda teplitsalarda etishtiriladigan bahzi navlarni o‘z ichiga oladi; G‘arbiy Osiyo bodringi - bu kenja turga O‘rta Osiyo, Zakavkazg‘e, Qrimda va janubiy rayonlarda etishtiriladigan barcha bodring navlari kiradi; Evropa-Osiyo bodringi – bu kenja turga mansub bodringning Nejin, Muron navlari hamda kelib chiqishi duragaylardan iborat bo‘lgan (Boston, Doljik kabi) bir necha navlari kiradi. Ochiq yerlarda faqat O‘rta Osiyo naviga mansub, qisman Evropa bodringga yaqin turlar yaxshi hosil beradi, lekin bu navlar istehmol uchun asosan yangi uzilgan holida ishlatiladi, biroq tuzlashga yaramaydi, chunki tuzlanganda elastikligini ilmiy-tadqiqot muassasalarida keyingi yillarda O‘rta Osiyo duragaylari va Evropa formasiga mansub bir qancha tuzlashga yaroqli bodring navlari yaratiladi.
Download 65.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling