Bodring va poliz ekinlarini issiqxonada yetishtirish kasallik va zararkunandalarga kurashishning ekologik ususllari
Download 132 Kb.
|
Bodring va poliz ekinlarini issiqxonada yetishtirish kasallik va zararkunandalarga kurashishning ekologik ususllari
Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; sog‘lom o‘simliklardan olingan puxta saralangan samarali fungitsid bilan dorilangan urug‘lik ekish; kasallik boshlanishi bilan ekinga fungitsid, jumladan Bayleton 25% n. kuk. (0,2-0,6 kg/ga), Karatan LS 50% em. k. (0,5-1,0 l/ga), Topsin-M 70% n. kuk. (0,8-1,0 kg/ga), kolloid yoki n. kuk. shaklidagi oltingugurt (2,0-4,0 kg/ga), OOQ (0,5-1°li eritma) va boshqalarni 1 yoki 2 marta purkash; issiqxona devorlari, shifti, jihozlari va tuproqni zararsizlantirish, o‘simliklarni iliq suv bilan sug‘orish, shamollatib turish; issiqxona va daladan o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish, ularni begona o‘tlardan toza holda tutish; dalani chuqur kuzgi shudgor qilish, almashlab ekish tavsiya qilinadi (Andreyeva, 1960; Gamalitskaya, 1960; Golovin, 1960; Kulakova, 1977; Pidoplichko, 1977a; Peresipkin, 1982; Gaponenko, 1983; MacNab et al., 1983; Fletcher, 1987; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Smev, Mizunov, 1991).
Poliz ekinlarida soxta un-shudringni Perenoplasmopara cubensis (sinonimi Pseudoperenospora cubensis) oomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallikka barcha poliz ekinlari moyil, ammo ko‘pincha bodring va mushk qovunga katta zarar yetkazadi. Soxta un-shudring O‘zbekistonda tarqalishi haqida adabiyotda ma’lumotlar kam (Lyan, Hoshimxo‘jayeva, 2007); O‘HQI xodimlari kuzatuvlarida (SH.T.Xodjayev) Farg‘ona vodiysida issiqxonalarda ekiladigan bodringda keng tarqalganligi aniqpangan. Zararlangan barglarda mayda tomirchalar oralarida joylashgan, serqirra oqish dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinroq ular sarg‘ayadi yoki qo‘ng‘ir tus oladi, barg olachipor bo‘lib qoladi. Dog‘lar so‘ngra bir-biriga qo‘shilib ketadi va qo‘ng‘ir tus oladi. Bargning ostki tomonidagi dog‘lar ustida mayin oqish yoki och-kulrang mog‘or qatlami rivojlanadi, yuqori namlik sharoitida bu qatlam kulrang, to‘q-qizg‘ish yoki binafsha tus oladi. Zararlangan barglar qotib, qurib qoladi. Kuchli zararlangan o‘simliklar barglarining ko‘pchiligi to‘kilib ketadi, natijada hosil pasayadi. Kasallik yomg‘ir tomchilari va shamol orqali hamda ishchilar kiyimlari va asbob-uskuna vositasida tarqaladi. Yuqori namlik va nisbatan past harorat kasallik uchun qulay hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Perenoplasmopara cubensis. Barglarda mitseliy nok yoki panja shaklli gaustoriyalar hosil qiladi. Zoosporangioforalar barg teshiklaridan bittadan yoki 2-7 tadan dasta shaklida chiqadi, ularning o‘lchami 150-250x7-9 mkm, ostki qismi kengroq (10,8 mkm gacha), ustki qismi noto‘g‘ri dixotomik shoxlangan. Zoosporangiylar ellips yoki tuxum shaklli, ustida g‘uddachasi mavjud, kulrang yoki binafshatusli, ba’zan biroz qo‘ng‘ir, 20-28x16-20 mkm. Oogoniy dumaloq. Oosporalari dumaloq, sarg‘ish, diametri 36-43,2 mkm. Kurash choralari chidamli navlar yaratish va qo‘llash; urug‘likni ekishdan 2-3 oy oldin 40°S haroratda 8 soat davomida isitish va fungitsid bilan dorilash; o‘sish davrida maxsus fungitsidlardan (1% li Bordo suyuqligi; 0,4% li mis xloroksid; Kvadris 25% sus.k., 0,4-0,6 l/ga; Ridomil MS, 68% s.e.g, 2,5 kg/ga; Strobi 50% s.e.g. yoki 50% sus.k. 0,2-0,3 kg,l/ga va b.) birini qo‘llashdan iborat (Pidoplichko, 1977a; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Vayyek i dr., 1989; Lyan, Hoshimxo‘jayeva, 2007). Poliz ekinlari alternariozini Alternaria cucumerina gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik dunyoning ko‘p mamlakatlarida asosan mushk qovunni (Cucumis melo var. cantalupensis), kamroq hollarda qovunning boshqa turlari, tarvuz, qovoq va bodringni zararlaydi. O‘zbekiston va Qozog‘istonda bodring alternarioz bilan ochiq dala va issiqxonalarda zararlanadi. Bargning ustki tomonida kichik, dumaloq, och-jigarrang, o‘rtasi ochroq tusli, biroz botiq, so‘ngra qizg‘ish-qo‘ng‘ir tus va konsentrik shakl oluvchi dog‘lar rivojlanadi. Upar o‘sadi va bargni qoplab oladi, barglar sarg‘ayadi va so‘lib qoladi. Zararlangan bodring (va mushk qovun) mevalarida dumaloq, qo‘ng‘ir, botiq yaralar paydo bo‘ladi. Yuqori namlik sharoitida dog‘ va yaralar ustida zamburug‘ning mitseliy, konidiofora va konidiyalaridan tashkil topgan to‘q-zaytun yoki qoramtir tusli mog‘or rivojlanadi. Ekin ichida zamburug‘ konidiyalari shamol, yomg‘ir va tuproqqa ishlov berish asbob-uskunalari bilan tarqaladi. Kasallik uchun havo harorati 25-28°S, nisbiy namlik 85-100% bo‘lishi mu’tadil sharoit hisoblanadi. Zamburug‘ poliz ekinlarida, o‘simlik qoldiqlarida va begona o‘tlarda, urug‘ ustida va issiqxonalarda saqlanadi. Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling