Bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash


O’rgimchakkana (Tetranychis urticae Koch)


Download 248.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.10.2023
Hajmi248.06 Kb.
#1692980
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 (1)

O’rgimchakkana (Tetranychis urticae Koch) hammaxo’r zararkunanda hisoblanib, u
248 dan ortiq o’simliklarni zararlaydi. Ayniqsa g’o’za, bodring, no’xat kabi o’simliklar
va poliz ekinlarini qattiq zararlashi natijasida burglar to’kilib, sabzovot va poliz ekinlari
qurib qoladi. O’rgimchakkana erta tushganda hosilni 50 % ga yaqini nobud bo’ lishi
mumkin. O’rgimchakkanani bahorgi va yozgi bo’g’in vakillari sarig’ ish yashil, 
qishkilari esa qizg’ ish, to’qsariq tusda bo’ladi. O’rgimchakkanani kattaligi 0.3-0.6 mm
keladi. Lichinkasida 3 juft, nimfa va imagolarida 4 juft oyoqlari bo’ladi. Kanalarning


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
httpseconferencezone.org Jan. 26
th
2023 
79 
rivojlanishi yozda har 8-12 kunda o’tsa, kuzda va bahorda 19 kungacha davom etadi.
Bir yilda 18-20 marta nasl beradi. Urg’ochi zotlari issiqxonalar, parniklarda o’simlik 
qoldiqlarida yakka-yakka holda yoki to’p-to’p bo’lib qishlaydi. Ular sovuqqa chidamli,
–20 
0
S da bitta yarimtasi, sovuq –30 
0
S dan oshganda esa 100 % nobud bo’ladi.
O’rgimchakkanaga qarshi hozirgi paytda agrotexnik, kimyoviy va biologik usullardan
iborat, kompleks kurash choralari tavsiya etilgan. Biroq, o’rgimchakkanani kimyoviy
vositalarga chidamliligi yil sayin ortib bormoqda. Kimyoviy kurashda dorilarni qo’ 
llash me’yorlarni oshirib borish esa foydali jonzotlarni qirilishiga, atrof muhitni
zaharlanishiga olib kelib, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kuzatuvlarga ko’ra
kuzda (sentyabrni birinchi o’n kuniligida) ekilgan ko’chatlarda kanasoni 1 bargda 2-3
ni tashkil etgan. Uning miqdorini oshib borishi noyabrni o’rtalariga qadar davom etib, bu
davrda 1ta bargda kana soni 40-51 ga qadar borgan. Shundan keyin o’rgimchakkana
miqdori dekabr oyini ikkinchi yarmigacha ya’ni ekinning vegetasiyasi oxirigacha 
kamayib borgan. 
Olingan ilmiy izlanishlar natijalari keyingi yillarda bodring o’simligiga o’rgimchakkana
zararini oshib borayotganligini ko’rsatgan. Tajribalarda bodring ko’chatlarini
o’rgimchakkana bilan zararlanishi ko’chatxonalarda boshlanishi aniqlangan. 
Kuzatuvlarga ko’ra kuzda (sentyabrni birinchi o’n kuniligida) ekilgan ko’chatlarda 
kanasoni 1 bargda 2-3 ni tashkil etgan. Uning miqdorini oshib borishi noyabrni o’rtalariga
qadar davom etib, bu davrda 1ta bargda kana soni 40-51 ga qadar borgan. Shundan
keyin o’rgimchakkana miqdori dekabr oyini ikkinchi yarmigacha ya’ni ekinning
vegetasiyasi oxirigacha kamayib borgan. Bundan tashqari biz issiqxonasharoitida
o’rgimchakkana bilan oziqlanib uni miqdorini kamayishiga sabab bo’ luvchi
entomofaglar turlarini ham aniqlashni o’rgandik. Bularning asosiylari oltinko’z,
kanaxo’r trips, stetorus, orius qandalalaridir. Ularning miqdori ancha kam bo’lsada
(100 ta bargda 5-6 tani tashkil etgan) zararkunandaning rivojlanishiga ma’ lum darajada 
ta’sir ko’rsatgan. O’rgimchakkana issiqxonada 6 ta to’liq avlod berib rivojlangan va bir 
avlodining rivojlanish davri issiqxona harorati hamda o’simlikning xolatidan kelib chiqib 
14-15 kundan 19-20 kungacha davom etgan. 

Download 248.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling