«Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagiga texnologik xarita tuzish va mayda bo’laklariga ishlov berish»
«Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagiga texnologik xarita tuzish va mayda bo’laklariga ishlov berish»
Zamonaviy bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi oddiy, kiyishga qulay, yengil, tez-tez yuvishga mos, dazmol qilishga qulay bo’lishi kerak. Ko’ylakni tikishda arzon matodan, arzon bezak beykalaridan, furnituralardan, to’rlardan, applikatsiyadan, kashta choklardan, turli bahyaqatorlardan foydalanilgan holda tikiladi. Ko’ylakni tikish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi. 1-bosqichda mayda bo’laklarni tayyorlab olinadi. 2-bosqichda bo’laklar yig’iladi.
1-bosqich. Mayda bo’laklarni tayyorlash, bunda old bo’lak o’rta qismiga applikatsiyani tikish, orqa bo’lak o’rta qirqimini tikish, qo’yma bo’laklarni tayyorlash, belbog’ni tayyorlashdan iborat.
1-rasm. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagining chizmali ko’rinishi
1-elka va yon qirqimiga ishlov berish; 2-yoqa o’miziga ishlov berish; 3-qo’yma burmani tikish; 4-bel qismiga ishlov berish; 5-belbog’ga ishlov berish; 6-ko’ylak etagiga ishlov berish.
KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR
tikuv mashinalari: 1022 kl, 51 A kl, 1026 kl maxsus moslama tepki;
dazmol, bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylaklari bo’laklaridan namunalar.
Bitta o’quvchi uchun:
yo’l-yo’riq texnologik xarita
qo’l ishlari asboblarining 1ta to’plami
W 60; W 80-asboblarining 1 ta g’altak, turli raqamli ignalardan 1 ta to’plam;
qaychi 1 ta, sm lenta, angishvona 1 ta;
dukcha 1ta ko’ylak tepa qismi qo’yma burma, belbog’ uchun yordamchi andoza bo’laklar;
bo’r, 100x150 sm gazlama.
«BOG’CHA YOSHIDAGI QIZ BOLALAR KO’YLAGIGA TEXNOLOGIK XARITA TUZISH VA MAYDA BO’LAKLARIGA ISHLOV BERISH»
Do'stlaringiz bilan baham: |