Bo’G’in bo`g`in – bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlar yig`indisidir. Bo’g’in unli
Download 436.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Bo\'g\'in ma\'lumot.Afrosiyob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq bo`g`in
- Qator undosh
@ona_tili_adabiyot_afrosiyob @ona_tili_adabiyot_afrosiyob @ziyodullo_polvonov BO’G’IN Bo`g`in – bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlar yig`indisidir. Bo’g’in unli tovushlar asosida hosil bo’ladi. Har bir bo’g’inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi. So’zning asos va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-ni, barg-ga so’zlarida asos va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, go’sh-ti, bar-gi so’zlarida teng emas. Sabrsizlikdan (sabr-siz-lik-dan), ishchilarga (ish-chi-lar-ga), gulzor (gul-zor), gulchilik (gul-chi-lik), ishladi (ish- la-di), toshloq (tosh-loq) kabi so’zlarda asos va qo’shimchaga ajratish bilan bo’g’inlarga ajratish teng keladi. Bunday moslik bo’lishi uchun so’zlarning asosi bir bo’g’inli bo’lishi va ularga undosh bilan boshlanadigan qo’shimchalar qo’shilishi kerak. Bo’g’inning amaliy ahamiyati: 1. Savod chiqarishda. 2. She’riy vaznlarda. 3. Satrdan satrga ko’chirishda. BO’G’IN TURLARI: Bo’gin so`zning qanday tovush bilan tugashiga ko`ra ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq bo`g`in – unli bilan tugagan yoki bir unlidan iborat bo`g`indir: a-ra-va, mu-o-ma-la, ma-na, Bu-xo-ro, o-na, bo-la Yopiq bo`g`in – undosh bilan tugagan bo`g`indir: ach-chiq, is-siq, mak-tab, tosh-lar BO`G`IN KO`CHIRISH QOIDALARI: Birinchi yoki oxirgi bo’g’in bir tovushdan iborat bo’lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi: ota-si, mat-baa, ibo-li, Agar o’zlashma so’zlarda uchta undosh ketma-ket kelsa, bittasi tepada qoladi va qolganlari keyingi satrga ko’chiriladi: kon-gress Agar o’zlashma so’zlarda bir bo’g’inda ikkita undosh ketma-ket kelsa, ikkalasi ham keyingi satrga ko’chiriladi: mono-grafiya. ng harf birikmasi bir tovushni ifodalaganda bo`lmasdan ko`chiriladi: ting-la, ing-ra. Lekin -n va -g alohida tovushlarni ifodalaganda bo`lib ko`chiriladi: so`n-gan, ton-gach, men-ga ng tovushidan keyin unli kelsa, “ng” o’zidan keying unli bilan bo’g’in hosil qiladi: ko’-ngil, si-ngil, de-ngiz, ya-ngi, ta-nga(pul) ng tovushidan keyin undosh kelsa, “ng” oldingi bo’g’inda qoladi: mang-lay, teng-la-ma Chetdan kirgan so’zlarda “n” va “g” alohida bo’ginga ajratib yoziladi: kon-gress, shtan-ga, in-gliz, tan-gens, Qisqartma so`zlarda bo`g`in ko`chirilmaydi: FarDU, O`zMU, ToshMI, O`zJTU. Ism va familiyalarning harfiy qisqartmalari ajratib ko‘chirilmaydi: I. A. Karimov, Z. M. Polvonov. Ko‘p xonali raqamlar ikkinchi qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi: 155, 2020, XXIX. Klub, tank, ayb kabi zo’zlar bo’g’inga ko’chirilmaydi, chunki ular o’zi bir bo’g’inli so’zlardir. Tarkibida tutuq belgisi bo’lgan so’zlar1-satrda qoladi: ma’no, jur’at, san’at, e’tirof. Bo’gin bir unlidan iborat bo’lganda, bo’g’inga ajratish va ko’chirish mos kelmaydi: Bo’g’inga ajratish: o-na, mu-do-fa-a, i-bo-li. Bo’g’inga ko’chirish: ona, mudo-faa, ibo-li. Qator unli – bir so’z tarkibida ikki xil unli yonma-yon kelishi: maorif, soat, muddao Qo’sh unli – bir so’z tarkibida aynan bir xil unlining yonma-yon kelishi: badiiy, murojaat, inshoot, manfaat. Qator undosh – bir bo’g’in tarkibida ikki xil undoshning yonma-yon kelishi: go’sht, farzand, daraxt, stol, port. Qo’sh undosh – bir so’z tarkibida aynan bir xil undoshning yonma-yon kelishi: metall, kilovatt, alla, amma, katta O’zbek tilida qator undosh deyarli kelmaydi. Quyidagilardan tashqari: -st(ost, ust), -lt(milt, yilt), -rt(to’rt). Download 436.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling