Bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish


O‘zlashma so‘zlardagi urg‘u


Download 401.27 Kb.
bet11/12
Sana04.02.2023
Hajmi401.27 Kb.
#1164411
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
bog`in

O‘zlashma so‘zlardagi urg‘u
O‘zlashma so‘zlardagi urg‘u tushgan o unlisi aniq talaffuz qilinadi: futbol, volleybol. Motor, fontan, vodoprovod kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g’inidagi o unlisi a tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Traktor, doktor kabi so‘zlardan so‘z oxiridagi urg‘usiz o unlisi unlisiga yaqin talaffuz qilinadi: traktir, doktir.
Urg‘u so‘z ma’nolarini farqlash uchun ham xizmat qiladi: olma (meva) – olma (harakat), yangi (sifat) – yangi (ravish), qishloqcha (ot) – qishloqcha (ravish). Gap (mantiqiy, logik, ma’no) urg‘usi gap tarkibidagi ayrim so‘zlarning kuchliroq aytilishidir; urg‘u olgan so‘z har doim kesim yonida joylashadi: Bugun maktabga bordim. Maktabga bugun bordim.
Bo’g’in. So’zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tuvush yoki tovush birikmasidan iborat qismi bo’g’in deyiladi. Masalan, otamiz so’zida uch bo’g’in bor: o-ta-miz. Birinchi bo’g’in tovushdan, qolgan iktasi tovush birikmalaridan iborat. O’zbek tilida bo’g’in unlisiz tuzilmaydi. So’zda qancha unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. Bo’g’in sonini aniqlash uchun unli sanab chiqish kifoya.
Bo’g’in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi:

  1. Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo’g’in b) yopiq bo’g’in farqlanadi.

Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in deyiladi: ona, ota, opa.
Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: mak-tab, rah-bar, shah-mat. Bir bo’gin bittadan to’rttagacha, o’zlashma so’zda beshtagacha tovushdan iborat bo’ladi: ona, bosh, tekst.
Urg’u, avvalo xosligiga ko’ra 2 xil

  1. So’z urg’usi

  2. Ma’no urg’usi

So’z bo’g’inidan biriga tushib, uning ma’no va talaffuzini belgilab beradigan urg’u so’z urg’usidir. Zatovat, olma-ot, olma-fe’l. Unli tovush urg’u oladi.
O’zbek adabiy tilida urg’u ko’pincha oxirgi bo’g’inga tushadi. O’zakka qo’shimcha qo’shilganda ham urg’u oxirgi bo’g’inga ko’chaveradi. Masalan: harakati va nafas kuchiga bog’liq. Xizmatchi.
So’z urg’usi so’zning qayeriga tushushiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

  1. Erkin urg’u

  2. Bog’liq urg’u

Bog’inda bo’g’inga ko’chib uning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan urg’u erkin urg’u deyiladi. Masalan: yuklama-ot, yuklama-fe’l, qatlama-ot, qatlama-fe’l, suzma-ot, suzma-fe’l.
So’z oxiriga tushgan urg’u, asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Masalan: daftarlarga, ishchilardan. Ammo boshqa tildan kirgan ba’zan o’zbekcha so’zdan ham bu hol bir oz boshqacharoq ko’rinishga ega, yani u so’zning boshqa bo’g’iniga tushushi mumkin: hozir, albatta, lekin, ammo, chunki, hamma, barcha. Shuningdek buyruq so’z (gapir, o’tir, boshla) va son (har bir, har qachon, har qaysi, har narsa), gumon (kimdir, allakim, allanima), bo’lishsizlik (hech kim, hech narsa) olmoshida urg’u birinchi bo’g’inga yoki birinchi qismga tushadi. Bundan tashqari, tarkibli sonda: o’n ikki, o’n besh, yigirma uch kabi. Qo’shma ko’makchi fe’li so’z qo’shimchasida: sotib oldi, berib yubordi kabi, takror so’zda katta-katta, asta-asta kabilarda urg’u so’zning birinchi bo’g’inida bo’ladi.
Juft so’zda urg’u ikkinchi so’zning oxirida bo’ladi: ota-ona, bola-chaqa.
Urg’u olmaydigan yuklama ham mavjud, qo’shimcha ham.
-ta beshta, -cha ruscha, -tacha o’ntacha, -gina(-kina) (yuklama bo’lsa) ulargina;
-dek, -day otdek, otday; -ov, -ova, -yev, -yeva Ahmedov.
-ma bo’lishsizlik qo’shimchasi: olma, ishlama.
-shaxs ko’rsatuvchi olmosh qo’shimchasi: -man, -san,- miz,-siz talabaman, talabasiz.
Qo’shimcha(affiks) yuklama:
-ku oldi-ku, -mi oldi-mi, -chi sin-chi, -da keldi-da;
-ko’makchi(uchun, sara) kabi.
Aytilgan qo’shimcha sozning oxirida kelganda urg’u olmaydi: o’tirma-o’tirmayman.
O’zlashma so’zni to’g’ri talaffuz qilishga intilish natijasida o’zbek tilining urg’u tizimida ma’lum o’zgarish yuz bermoqda. Bu hol urg’uning o’zlashma so’zdan lekin qo’shma qo’llanishida, shuningdek qisman urg’u orqali so’z manosini farqlashida ko’rinmoqda.
Urg’u semantik(ma’no farqlovchi), marfalogik(gramatik ma’no ifodalovchi) uslubiy vazifa bajaruvchi hodisa hisoblanadi. Afsuski, aslo, axl, albatta, direktor.
Gapdagi so’zdan birontasi boshqasiga nisbatan kuchli ovoz bilan ajratib aytilishi ma’no urg’usi deyiladi.
Gapda ma’no urg’usi qaysi so’zga tushgan bo’lsa, so’zlovchi tinglovchining diqqatini shu so’zga tortmoqchi ekanligini bildiradi. Ertalab biz keldik. Biz ertalab keldik.
To’liqsiz gapda odatda ma’no urg’usi olmagan bo’lak tushuriladi. Masalan:
-Kim keldi?
-Men.
Urg’uning uslubiy hususiyati. Urg’uni noto’g’ri qo’yish nutq ko’rkini buzadi va ko’pincha so’zning ma’nosini o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun ayniqsa chetdan o’zlashgan so’zning urg’usini to’g’ri qo’yish lozim. Masalan: rektor, Direktor kabi so’zning oxirgi bo’g’iniga urg’u berish nutqiy qo’pollik keltirib chiqaradi.
Eslatma.
Sof o’zbekcha so’z o’zagida 3 tagacha bo’g’in bo’lishi mumkin. Boshqa bo’g’in tipi o’zlashma so’zga xos O’zbek tilida ajratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Undan savod o’rgatishda sheriy vazn o’lchovini belgilashda hamda yozuvda bir satrdan ikkinchi satrga kochiridan foydalaniladi.
Tilshunoslikdagi bo’g’in adabiyotshunolikdagi hijo tushunchasiga har doim ham to’g’ri kelmaydi. Hijo ham arabcha bo’g’in demakdir. She’rdagi so’zning bir nafas zarb bilan talaffuz etiladigan qismi yani she’r o’lchovidagi dastlabki ritmik birlik hijodir. Hijo bazan bo’g’indan farqli o’laroq undosh tovushning o’zidan ham tuzulishi mumkin.
Vasl bog’i ichra sendek shoxi zolm ko’rmadim,
Ishq kuyida o’zimdek notovone topmadim.
(Navoiy)
Baytidagi vasl, ishq so’zidagi i va q undoshi mustaqil hijoni tashkil etadi.
Ko’p bo’g’inli so’zning oldingi satrga sig’may qoldgan qismi keyingi satrga bo’g’inlab ko’chiriladi: To’q-son, si-fat-li, pax-ta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo’g’inda qoldiriladi: va’-da, ma’ri-fat, mash’-al kabi.
So’zning bosh yoki oxirgi bo’g’ini bir harfdan bo’lsa, quyidagicha ko’chiriladi:

  1. So’z boshidagi bir harfdan iborat bo’g’in yolg’iz o’zi oldingi satrda qoldirilmaydi

  2. So’z oxiridagi bir harfdan iborat bo’g’in yolg’iz o’zi keyingi satrga ko’chirilmaydi

O’zlashma so’zning bo’g’ini chegarasida kelgan undan ortiq undosh quyidagicha ko’chiriladi:

  1. Ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko’chiriladi

  2. Uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko’chiriladi

Bir tovushni ko’rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko’chiriladi: pe-shay-von, pi-choq, sin-gil.
Bosh harfdan yoki bo’g’inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqarma, shuningdek, ko’p xonali raqam satrdan satrga bo’lib ko’chirilmaydi. AQSH, 16, BMT.
Harfdan iborat shartli belgi o’zi tegishli raqamdan ajratib ko’chirilmaydi: 110gr, 99mm, 25sm.
Atoqli ot tarkibidagi kiradigan raqam nomi ajratilgan holda keyinga satrga bo’lib ko’chirilmaydi: “Navro’z-29, Andijon-9”.
O’pkadan chiqayotgan havo to’lqiniga birzarb aytiladiga tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la.
Har bir bo’g’in tarkibida unli tovush bo’lishi shart, demak so’z tarkibida nechta unli tovush bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. Bo’g’in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na.O’zbek tilida quyidagi bo’g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu. Ikki undoshli: Ost, non. To’rt undoshli: sport, start. Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyin bo’ladi: 1) yozuvda bir satirga sig’may qolgan so’z keyingi qatorga bo’g’in asosida ko’chiriladi; 2) birinchi sinf o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish bo’g’in asosida amalg oshiriladi; 3) she’riy misralarda bo’g’inlar soni teng bo’ladi

  1. Ko’p bo’g’inli so’zlarning bosh yoki oxirgi bo’g’ini bir harfdan iborat bo’lsa, bu bo’g’in oldingi qatorda yolg’iz qoldirilmaydi. Keyingi qatorga yolg’iz ko’chirilmaydi: o-nasi, mudofa-a

  2. Ayirish yoki tutuq belgisi oldingi bo’g’inda qoldirilmaydi: va’-da, ma’ri-fat

  3. O’zlashma so’zlarning o’zagidan yonma-yon kelgan ikki undosh birgalikda keying satrga ko’chiriladi

XULOSA
O‘zbek milliy tilining shakllanishi va rivojida shu til uchun tayin etiladigan yozuv – alifbo va imlo alohida o‘rin tutadi.
Millat taqdirida g‘oyat dolzarb, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatga molik bu masalani ilmiy-nazariy o‘rganish, o‘zbek tili uchun to‘g‘ri ishlab chiqish va joriy etish mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Sho‘rolar mafkurasi hukmron bo‘lgan davrda o‘zbek tilining o‘zbek xalq manfaatlariga javob beruvchi, milliy tilga mos va xos alifbo va imlosini yaratish va qabul qilish, taraqqiyot yo‘lida foydalanish imkoni bo‘lmadi. Alifbo-imlomiz, yozuvimiz taqdirini o‘zimiz istagancha, xalqimizga ma'qul tarzda hal qilish O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi bilan ro‘yobga chiqdi.
O‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940 yillardagi ijobiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xalqimiz bu yozuvga o‘tishi arab va kirill alifbolariga o‘tishdan farqli ravishda biror bir tazyiqsiz, o‘z ixtiyori bilan yuz berdi. Olingan natijalardan xulosalarimizni umumiy holda shunday ifoda etmoqchimiz: 1. Arab alifbosi 1921-1923-yil ichida uch bor isloh qilinishiga qaramay, uni tuzatib, bu sohada yagona fikrga kelib bo‘lmadi.
Shu sababli, turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklar ham o‘z tillari uchun ancha sodda va ancha qulay bo‘lgan lotin alifbosiga o‘tdilar. 2. Fitrat, Ashurali Zohiriy, Cho‘lpon, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Elbek, Abdulla Alaviy, Shokirjon Rahimiy, Botu singari mashhur olim va yozuvchilar, ko‘zga ko‘ringan madaniyat xodimlari, milliy ziyolilar dastlab arab alifbosini isloh qilish, keyin esa lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi va imlosini ishlab chiqish, uni hayotga joriy etish ishiga katta hissa qo‘shdilar. 3. 1995-yilning 6-mayida O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilishi undagi ayrim moddalarning o‘zbek tili taraqqiyoti uchun uncha mos emasligini o‘tgan davr yozuv amaliyoti ko‘rsatib berdi. Alifboda nutq tovushlarini ifodalash uchun qabul qilingan harf birikmalarini o‘zgartirish, bir tovush uchun bir harf olish fikri ilmiy jamoatchilik o‘rtasida ustunlik qilmoqda. Sh sh o‘rniga Š š; Ch ch o‘rniga Čč harflarini olish; NG ng o‘rniga Ň ň harfini olish 50 yoki bu tovushga alifboda harf belgilamasdan uni n va g harflari yordamida ifodalash ko‘proq munosib ko‘rilmoqda. 4. O‘o‘, G‘g‘ harflarining o‘rni bularning yozma shakli bilan deyarli bir xil bo‘lgan Ŏ ŏ, G‘g‘ harflarini kiritish savod chiqarishda moslikni tug‘dirdi, shuningdek, tutuq belgisi (’) bilan harf belgisini (‘) farqlamasdan qo‘llash kabi holatlarni bartaraf etadi, kompyuterda yozishda texnik jihatdan qulaylikka, afzallikka ega. 5. Rus tilidan va u orqali boshqa tillardan o‘zlashgan sirk, sirkul, sex kabi so‘zlar tarkibidagi birinchi tovush uchun S harfini qabul qilish to‘g‘ri emas, chunki o‘zbek tili tovush tizimida bunday tovush yo‘q. 6. joriy imlo qoidalaridagi ba'zi kamchiliklarni tuzatish, imlo qoidasidan chetda qolgan holatlar uchun imlo qoidalari ishlab chiqish va 82 ta qoida ortidan qo‘shish zarur.
Umuman, alifbo va imlo qoidalariga kiritiladigan o‘zgarishlarni har tomonlama ilmiy, ta'limiy va texnix jihatdan har tomonlama puxta o‘ylab ko‘rgan, o‘rinli taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda amalga oshirish yozuv madaniyatimizni takomillashtiradi.



Download 401.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling