Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida


Download 58.13 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi58.13 Kb.
#1554434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BO`G`IMLAR

Yuz dardga davo salat


Salat tayyorlash uchun qizil sabzi, o‘rtacha kattalikdagi sariq olmani qirg‘ichdan chiqarib, tuz o‘rniga 2 3 tomchi limon sharbati tomizing. Salatni bir choy qoshiq yog‘siz qaymoq (smetana) yoki o‘simlik yog‘i bilan aralashtirib egan durust.
Keksalik gashtini bardam-baquvvat surish haqida o‘ylasangiz, hozirligini yoshlikdan ko‘ring. Doimiy harakat, xushfe’llik, mazali taom – bu uchlik, shubhasiz, uzoq umr ko‘rishingizga yordam beradi.

Bo‘g‘imlarga nima yoqmaydi?


Bo‘g‘imlarimizni qiynashni istamasak, aynan nimalar ularga yoqmasligini bilib olaylik.

Yog‘li taomlar


Mazali bo‘lsada, bo‘g‘imlarga og‘irlik qiladi. Agar podagra, bod bilan og‘rib turgan mahal yog‘li sho‘rva ichsangiz, yoki qovurma taomlar esangiz, ahvol yanada yomonlashadi. Shunday ekan, yog‘li taomlarni imkon qadar kamroq iste’mol qiling.

Qo‘ziqorin, mayonez solingan salatlar


Shuningdek, turli konserva, dudlangan mahsulotlar: qazi, kolbasa hamda tuzlamalar. Yoshlikda ularni ko‘p iste’mol qilsangiz, keksalikda bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rish ehtimoli ko‘payadi.
Xulosa: yuqoridagi mahsulotlarni bo‘g‘imlarning dushmanlariga qiyoslash mumkin.

Kamharakatlik


Uning natijasida a’zoi-to‘qimalaringiz, jumladan, bo‘g‘imlar ham noziklashib, yallig‘lanishga moyil bo‘lib qoladi. Keksayganda «voy belim…» deb qolmaslik uchun ko‘proq harakatda bo‘ling. Bu, albatta, uyg‘ongan zahoti karavotdan sapchib turish degani emas. Bo‘g‘imlar juda nozik — keskin harakatlar ularni qiynab qo‘yadi. Uyg‘ongach, yaxshilab kerishish, oldinga-orqaga egilish mashqlari qo‘l-oyoq chigilini yozishga yordam beradi. Kasbingiz bir joyda uzoq o‘tirishni taqozo etsa, har yarim soatda 5 daqiqalik tanaffus qiling. Bo‘g‘imlar (ayniqsa, umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari) uchun turnikda osilish, ikki yonga egilish mashqlari foydali.

Asabiylashish


Ma’lum bo‘lishicha, organizmda C va B vitaminlarining etishmasligi bo‘g‘im kasalliklariga olib keladi. Bu amerikalik olimlarning so‘nggi xulosasi. Aslida C va B vitaminlarini kundalik taomnomangizdan bemalol topasiz. Har birimiz sevib iste’mol qiladigan ko‘k choy, sabzi, na’matak va bulg‘or qalampirida C vitamini bisyor. B vitamini esa qora non, sut, tuxum sarig‘i va gulkaramda ko‘p.
Unda nega bo‘g‘im kasalliklari uchrayveradi, deysizmi? Buning bari asab tarangligidan. Tajanglik hozir urfmi, deyman, odamlarning bari asabiy, jizzaki. Maslahatim, muammolarni ro‘kach qilib, tajanglikni odatga aylantirmang. Hayotda salomatlikdan qimmatliroq narsaning o‘zi yo‘q. Uni har narsadan ustun qo‘ying. Aksi bo‘lsa, ruhiy zo‘riqish kabi g‘oyat noxush dardni ortirib olasiz. Bu holat odamni holdan toydiradi, egan ovqati yuqmay, vitaminlar organizmga singish o‘rniga yuvilib ketadi.
Xulosa: asablarni asrash — bo‘g‘im kasalliklardan saqlanish demakdir.

Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling