Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida
Download 58.13 Kb.
|
BO`G`IMLAR
or+tiq, o`r+ta so`zlarining birinchi bo`g`inlari.
Muallif to`la yopiq bo`g`in strukturasi 7 xil bo`lishini ta’kidlaydi: 1)CVC -bet,kuch; 2)CCVC-Qrim,plan; 3)CVCC- qirq, hind; 4)CCVCC – Dnepr,sport; 5)CVCCS–tekst,punkt; 6)CCCVC– shtraf,skver; 7)CCVCCC–Dnestr,Bratsk. Boshi yopiq bo`g`in uchga bo`linadi: 1)CV–bu; 2) CCV–drama,smena so`zlarining birinchi bo`g`ini; 3) CCCV–Brno kabi. Oxiri yopiq bo`g`inning to`rt xil bo`lishi aniqlanadi: 1)VC-o`q, el,uy; 2)VCC- ayt,ilm,arq 3)VCCC- Omsq 4)VCCCC- Ernst. Shunday qilib, muallif o`zbek tilidagi bo`g`inlar o`n besh strukturada ifodalanayotganligini ko`rsatadi. Bunda o`zbek tilining o`z va o`zlashgan qatlam so`zlari birga qaralgan. Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida. Bo`g`inning til va nutqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: So`zning, xususan, fonetik so`zning shakllanishida “qurilish materiali” va qoliplovchi vazifalarni bajaradi. Ayrim tillarda bo`g`inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funksiyasi ham bor. Masalan, koreys, vetnam, xitoy tillarida bo`g`in ohang turiga qarab so`z ma’nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo`lgan tillarda u sillabema O`zbek tilida bo`g`inning bu funksiyasi nihoyatda kuchsizdir. Bo`g`inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor: birinchi sinf o`quvchilarini to`g`ri o`qish va to`g`ri yozishga o`rgatishda, ularda to`g`ri talaffuz va imlo ko`nikmalarini shakllantirishda bo`g`inlab o`qitish va bo`g`inlab yozdirish yaxshi natija beradi. 3.Orfografiya qoidalarining bir qismi bo`g`in ko`chirilishiga asoslanadi. 4.Bo`g`inning she’riyatdagi turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta’minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she’riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn o`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Quyidagi she’riy parchalarni qiyoslab ko`raylik: Kuy avjida uzilmasin tor, She’r yarmida sinmasin qalam. Yashab bo`lmay umrini zinhor, Bu dunyodan ketmasin odam. (E.Vohidov. “Kuy avjida uzilmasin tor”). She’rlarim- chechagim, hayotim, She’rlarim boylikdir, bisotim, Yomg`irdan namlanmas qanot Oshaman bulutlar tog`idan! (A. Umariy. “Yomg`irda”). Keltirilgan bu ikki she’riy parchani bir-biriga ohang jihatdan solishtirsak ularning to`qqizlik turkumiga mansubligi ma’lum bo`ladi, shunga qaramay bu ikki she’rning ritmik xususiyatlari bir xil emas. Buning sababi shuki, ularning har birida bo`g`inlar turlicha guruhlanib kelmoqda. Qiyos qiling: Kuy avjida4 / uzilmasin tor5=9 She’r yarmida4 /sinmasin qalam5=9 Yashab bo`lmay4/umrini zinhor5=9 Bu dunyodan4/ketmasin odam5=9 She’rlarim3 /chechagim3,/ hayotim3=9 She’rlarim3 / boylikdir3,/bisotim3=9 Yomg`irdan3 / namlanmas3 / qanotim3=9 Oshaman3/ bulutlar3 / tog`idan3=9 Bo`g`inning turlari. Bo`g`in ahamiyati haqida. Boʻgʻim — suyaklar (baʼzan paylar) ning harakatchan birikishi, bunda birikkan yuza oraligʻida boʻshliq (yoriq) boʻladi. Boʻgʻim hosil boʻlishida ishtirok etadigan suyaklarning (birida boʻgʻim boshchasi, ikkinchisida esa boʻgʻim chuqurchasi boʻladi) sinovial suyuqlik bilan toʻla. Boʻgʻim boʻshligi va boʻgʻim xaltasi farq qilinadi. Suyaklarning bir-biriga birikkan uchlari bir xilda boʻlmaydi. Koʻpincha oyoqqoʻlning naysimon suyaklari boʻgʻim sohasida yoʻgʻonlashib, boshcha, suyakning qaramaqarshi yuzasida esa botiqchalar va maydonchalar hosil qiladi. Suyaklarning boʻgʻim yuzalari boʻgʻim paylari bilan qoplangan boʻlib, ular harakat vaqgida sodir boʻladigan zarblarni kamaytiradi, boʻgʻimning erkin va elastik harakat qilishiga imkon beradi. Boʻgʻim hosil qilishda ishtirok etadigan suyaklarning uchlari biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan boʻlib, boʻgʻim xaltasi bilan, ichki tomondan esa sinovial parda bilan oʻralgan. Bu parda paylar yuzasini namlab turuvchi va ular harakatini yengillashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi, aks holda harakat chogʻida boʻgʻim hosil qilgan suyaklarning yuzalari oʻzaro ishqalanib ogʻriq paydo qiladi va harakat cheklanadi. Koʻpchilik boʻgʻim xaltasi boylamlar bilan mustahkam oʻralgan. Boʻgʻim yuzalarining shakliga qarab sharsimon (koʻp oʻqli), gʻaltaksimon (bir oʻqli), tuxumsimon (ikki oʻqli) va boshqa boʻgʻim lar boʻladi. Sharsimon boshchali suyak boʻgʻimi (masalan, yelka suyagi boʻgʻimi) eng serharakat hisoblanadi, tuxumsimon boshchali suyak boʻgʻimi (mas, boldiroyoq panjasi boʻgʻimi) da bukilishyozilishdan boshqa harakatlar chegaralangan; baʼzi suyak boʻgʻim lari (mas, bilaktirsak boʻgʻim ida bilak suyagi) aylanma harakat qilishi mumkin. Qator boʻgʻimlarning yordamchi tuzilmalari boʻlib, ularni boʻgʻim paylari (tizza boʻgʻimi, jagʻ boʻgʻimi), disklar, menisklar bir-biriga moslashtirib turadi. Baʼzi suyaklar oʻzaro boʻgʻim yordamisiz, biriktiruvchi toʻqimalar, boylamlar va paylar yordamida birikkan boʻladi (mas, kalla suyagi orasidagi choklar, chanoqboylamlari, umurtqalar orasidagi pay disklari va boshqalar). Boʻgʻim harakati odamning tik yurishi, bukilishi, ishlashi va boshqa holatlarini taʼminlaydi. Boʻgʻim sovuqqa, kasalliklarga, shikastlarga, moddalar almashinuvi buzilishiga oʻta taʼsirchan boʻladi, shu bois uni bu illatlardan himoya qilish lozim. Muntazam ravishda badan tarbiya bilan shugullanish boʻgʻimni mustahkamlaydi va ularni tashqi muhit taʼsirotlariga chidamini oshiradi. Boʻgʻim kasalliklaridan uning shikastlanishi (suyak chiqishi), artroz (tugʻma yoki moddalar almashinuvining izdan chiqishi tufayli), boʻgʻim yalligʻlanishi (artrit) koʻproq uchraydi. Shuningdek, boʻgʻimlarning qimirlamay qolishi (ankiloz), harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi (kontraktura) kuzatiladi. Kuzda ba’zi kasalliklar qo‘zg‘alishidan xabardormiz. Havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadigan shamollash va yuqumli kasalliklardan tashqari, bo‘g‘im xastaliklari ham ayni shu davrda bosh ko‘taradi. Ular sirasiga bod (revmatizm), artrit, osteoartroz, bo‘g‘im (larning) yemirilishiga olib keladigan yuqumli va tug‘ma kasalliklar kiradi. Bo‘g‘imlarga shikast yetkazadigan yana bir kasallik mavjud. U ilmiy tilda ankilozlashgan spondiloartrit deyiladi. Uning yana bir nomi bor: Bexterev kasalligi. Kasallik mashhur rus olimi, iqtidorli nevropatolog V.M.Bexterev sharafiga qo‘yilgan. Mazkur kasallik nafaqat qo‘l-oyoq, balki umurtqa bo‘g‘imlarini zararlab, harakatning cheklanishiga olib keladi. Kasallikni sharhlashdan avval bo‘g‘imlarning vazifasi va ularni sog‘lom saqlash uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida ma’lumot bersak. Download 58.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling