Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rsatma


HAYOT XAVFSIZLIGI VA ATROF MUXIT MUXOFAZASI TADBIRLARI


Download 439 Kb.
bet10/11
Sana22.09.2023
Hajmi439 Kb.
#1684818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rs

4. HAYOT XAVFSIZLIGI VA ATROF MUXIT MUXOFAZASI TADBIRLARI


Sement sanoati korxonalarining xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashdagi, xom ashyo aralashmani kuydirish va klinkerni maydalashdagi, materiallarning ulkan massasini joylash va jo’natishdagi, elektryuritgichlarni ko’plab miqdorda qo’llanishidagi murakkab mexanizmlar va jihozlar bilan to’lganligi uchun asosiy ehtibor zavodlarni loyihalash va foydalanish jarayonida insonlarning ishlashida qulay sharoitlar yaratilishini tahminlanishi kerak.
Mexnatni muxofaza qilish ”Sement sanoati korxonalarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari” to’la mos ravishda bajarilishi kerak.
Korxonaga ishga qabul qilinayotgan ishchilar ishning xavfsiz usullariga urgatilgandan so’ng va xavfsizlik texnikasi yo’riqnomasi bilan tanishganidan so’ng ishlashga yo’l qo’yiladi. Har kvartal qo’shimcha yo’riqnoma va har yili bevosita ish o’rnida xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnoma o’qitilishi kerak
Faoliyat yuritayotgan korxonada mexanizm va elektr yuritgichlarning harakatlanayotgan qismlari, shuningdek elektrqurilmalar, o’ralar, lyuklar, maydonchalar ishonchli o’ralgan bo’lishi kerak.
Elektryuritgichlar va turli elektr asboblar ishonchli tarzda yerga ulanishi kerak. Xavfsiz ishlashi uchun ko’tarma-tashish qurilmalariga mos keluvchi qurilma va jihoz bilan tahminlash kerak
Portlash xavfi bo’lgan, materiallarni quritish va tuyish qurilmalari, quvur o’tkazgichlar, seperatorlar,chang saqlanadigan bunkerlar saqlagich klapanlari bilan jihozlanishi kerak.
Maydalagichlarni, tegirmonlarni, pechlarni, siloslarni, tashish va yuklash-tushirish mexanizmlarini boshqarish xavfsizlik texnikasi qoidalariga binoan olib borilishi kerak.
Korxonalarda mehnatning normal sanitariya- gigienik sharoitini yaratish maqsadida havoni va atmosferaga chiqib ketayotgan pech va quritish qurilmalarining gazlarini changsizlantirishga katta ehtibor qaratilishi kerak.
Sanitariya meyorlariga muvofiq sanoat korxonalarin loyihalashda sement va boshqa turdagi changlar kontsentratsiyasi xona havosida 0,04 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
Havodagi uglerod oksidi miqdori 0,03 mg/m3 dan, oltingugurt vodorod miqdori 0,02 mg/m3 dan oshib ketmasligi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, chang tozalash qurilmalarini to’g’ri va diqqat bilan xizmat ko’rsatib borilsa, havoga chiqarib yuborilayotgan chang kontsentratsiyasi 0,04-0,06 g/m3 ni tashkil etadi.
Mehnatning meyoriy sharoitlarini yaratish uchun Sement zavodlarining hamma xonalari tabiiy va sun’iy shamollatish tizimiga ega bo’lishi kerak.
Bu esa ko’p jihatdan chang chiqayotgan joylarni zichlashtirish, shuningdek bunkerlar, novvalar, maydalash-tuyish v.b.lardagi havoni so’rib chiqarishdir.
Turli mexanizmlar quvvati kattaligi va chang ajralib chiqish surhatiga bog’liq ravishda so’rib olinadigan havoning quyidagi xajmlari tavsiya qilinadi:
Tortib olinadigan havo manbai:
Valikli va bolg’ali maydalagichlardan 4000 - 8000 m3/s
Elevatorlardan ........ 1200-2700 m3/s
Bunkerlardan ....... 500-1000 m3/s
Materialov qayta yuklash joylaridan 300 - 500 m3/s
Qoplaydigan mashinalardan ....... 5000 m3/s


Sement tegirmonlaridan olinadigan havoni tozalash yengli yoki elektrfiltrlar yordamida amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o’tilgan u yoki boshqa hollarda tozalanayotgan havoda chang kontsentratsiyasi sezilarli bo’lsa, ulardan oldin tsiklonlar o’rnatish zarur bo’ladi. Filtrlarning 1 m2 matosidan 1 soatda 60-70 m3 dan ko’proq havo so’rilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Xom ashyo tegirmonidan so’rib olingan havoni tozalash uchun, odatda, ketma- ket o’rnatilgan tsiklon va elektrfiltrlar joylashtiriladi
Aylanma pechlardan atmosferaga chiqib ketayotgan gazlar, atrof muhit va hududlarni ifloslanishdan saqlash uchun tozalanadi.Bu maqsadlar uchun elektrfiltrlar o’rngatiladi.
Chiqib ketayotgan gazlar tarkibida chang miqdori yuqori bo’lsa (25 - 30 g/m3 dan ko’p), ularni avval tsiklonlar batareyasidan o’tkazish lozim bo’ladi.
Sement zavodlaridagi ko’plab mexanizmlar ishlashidan chiqqan shovqin, ko’pincha yo’l qo’yilgan meyordan (90DB) oshadigan, yuqori tezlanish bilan tavsiflanadi.
Ish joylaridagi shovqinni kamaytiradigan tadbirlardan biri, tegirmon va maydalagichlarni maxsus tovush yutadigan ‘oydevorlarga o’rnatish, maydalovchi barabanlar devorlari va zirxli’litalar orasiga dem’firlovchi qistirmalar qo’yish, xom ashyo sharchali tegirmonlarda ‘o’lat ‘litalar o’rniga rezinali ‘litalarni qo’llashdan iboratdir.
Natijada tovush bosimi 5 - 12 DB gacha kamayadi.
Tegirmon va maydalagichlarni shovqindan himoya qiladigan qobig’lar bilan o’rash, shovqin manbaini tovushdan himoya qiladigan materiallar bilan qo’lash ham yaxshi samara beradi va shovqin darajasini 10 - 12DB gacha kamaytiradi.


Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling