Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Download 439 Kb.
bet6/11
Sana22.09.2023
Hajmi439 Kb.
#1684818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rs

2.2.1. TEXNOLOGIK JARAYONNI SHARXLASH.

Portlandsementni ishlab chiqarish ikki majmuali tadbirlarga bo’linishi mumkin. Ulardan birinchisi klinkerni tayyorlab olish, ikkinchisi esa klinker bilan gipsni birgalikda tuyib portlandsement olishdir


Portlandsementni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
- ohaktosh ( mel) ni va giltuproqni qazib olish.;
- xom ashyo materiallarni tayyorlab olish va ulardan berilgan tarkibdagi bir jinsli aralashma tayyorlash;
- xom ashyo aralashmani qaynashgacha kuydirish va klinker olish;
- klinkerni ozroq miqdorda gips qo’shib, birgalikda tuyish;
Mel (bo’r) jinslarni bir bosqichda yanchiladi. Mel bolg’achali maydalagichga uzatiladi va u yerda 10 mm li donachalarga maydalanadi. Mel maydalangandan so’ng og’irlik tarozilari bilan ulushlanadi va sharchali tegirmonga gilli material bilan birgalikda tuyishga jo’natiladi.
Gil, o’z navbatida, valikli maydalagichda maydalanadi so’ngra suvli suspenziya ( shlam)ga gilqorgichlarda aylantiriladi. Zarrachalari o’lchami 3-5mm gacha bo’lgan suspenziya hosil bo’ladi. Oldindan tayyorlab olingan gil ulushlanib, sharchali tegirmonga uzatiladi.
Sulfatga turg’un portlandsementda temir oksidi miqdori 5% gacha cheklangani uchun, u holda bunday tegirmonda po’lat sharchalar o’rniga kvartsli sharchalar, tegirmon ichki yuzasi kvartsli zirhlar bilan koshinlanadi. Xom ashyo materiallar oqimini ochiq va yopiq tsikllarda boshqarish mumkin.
Hozirda ohaktoshni namlikda maydalashda o’z-o’zini maydalaydigan “Gidrofol” tegirmonalari keng qo’llanilmoqda
Mel bilan gil aralashtirilganda xom ashyo turlicha bo’lganligi, ulushlagichlarni nosozligi va boshqa omillar sababli kerakli kimyoviy tarkibdagi shlamni olib bo’lmaydi. Shu sababli xom ashyo aralashmadagi komponentlarni muttasil nazorat qilish zarurati kelib chiqadi, va o’rnatilgan qiymatlardan chetga chiqsa, shlam tarkibiga tuzatishlar kiritish kerak. Buning uchun uning tarkibiga yetishmayotgan komponentni kerakli miqdorda qo’shish kerak bo’ladi.
Shlam tarkibiga tuzatishlar kiritish va uni muvofiqlashtirish shlambasseynlarda amalga toshiriladi.
Tuzatishlar kiritilgandan so’ng shlam kuydirishga yuboriladi. Mayda yanchilgan xom ashyo aralashmasini kuydirish-sement ishlab chiqarishdagi muhim bosqichdir. Xom ashyo aralashmani kuydirish uchun aylanma pechlar qo’llaniladi. Aylanma pechlarda aralashmani kuydirish harorati 1500°S.
Pechdan so’ng klinker sovutgichga tushadi va 150-200°S gacha sovutiladi.
Klinker maydalanguncha 3 kungacha va ko’proq muddatda saqlab turiladi. Bundan tashqari klinkerdagi so’nmagan ohak havo tarkibidagi nam havo bilan qisman so’nadi.
Portlandsementning ko’pgina xossalari nafaqat klinkerning kimyoviy va mineralogik tarkibi, alit kristallaring shakli va o’lchamlari bilan aniqlanmasdan, balki mahsulotning mayinligi, granulometrik tarkibi, kukunning zarrachalari shakliga ham bog’liqdir. Sementning mayinligi oshib borishi bilan uning qotish tezligi va mustahkamlishi ortib boradi.
Klinkerni tuyish ko’p kamerali sharchali tegirmonlarda gips bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Klinker tuyilgandan so’ng sement ombor, sement siloslariga yuboriladi va ombordan istehmolchilarga jo’natiladi.

Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling