Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Download 439 Kb.
|
Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rs
2.1 XOM ASHYO MATERIALLARGA TALABLAR
Mineral qo’shilmali sulfatga turg’un portlandsement tayerlashda qo’llaniladigan materiallar: meyorlangan tarkibli portlandsement klinkeri; DAST bo’yicha gips toshi. Shuningdek tarkibida kaltsiy sulfati bo’lgan meyoriy xujjatlarga mos boshqa materiallarni ham ishlatilishi mumkin; Portlandsement klinkerini ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom ashyoning asosiy turlariga ohakli va gilli jinslar kiradi. Tabiiy xom ashyolarning boshqa turlari ham qo’llaniladi, shuningdek sung’iy materiallar, boshqa sanoat tarmoqlaridagi chiqindilar ham qo’laniladi. Kalsit CaCO3 kristallarini turlicha sementlashish darajasi tavsiflanishiga ko’ra quyidagi ohakli tog’ jinslarini hosil qiladi: zich ohaktosh, chig’anoqli ohaktosh, yersimon-bo’shoq ohaktosh yoki bo’r, ohakli tuf, alitli oxaktosh v.h.k. Ohaktosh – portlandsement ishlab chiqarishdagi asosiy karbonatli xom ashyodir. Odatda ohaktoshlarga chopkindi yo’llar bilan hosil bo’lgan tog’ jinslari kiritiladi. Portlandsement ishlab chiqarish uchun eng ko’p yaroqlisi mergellli ohaktoshlardir (gilli zarrachalari bo’lgan ohaktoshlar). Ularning qisilishga bo’lgan mustahkamligi yuqori bo’lmasdan, tarkibida kremniyli qo’shilmalar bo’lmaydi. Karbonatli komponent mayin kukunli Kalsitdan tuzilgan bo’lishi lozim; qiyin maydalanadigan yirik kristalli Kalsit qo’shilishiga yo’l qo’yilmaydi, chunki uning portlandsement klinkerini kuydirishda reaksiyaga kirishishi sustdir Zich ohaktoshlarning hajmiy massasi 2400-2700 . Ushbu material namligi 3 - 10 % oralig’ida bo’ladi. Ohaktosh tarkibida 90% va undan yuqori SaSO3 va ko’p bo’lmagan miqdorda kvarts qumi, gilli minerallar v. b. bo’ladi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha: kalsiy oksidi ( 50 % va ko’p), ( 40 %gacha va undan ko’p). Ohaktosh tarkibida shuningdek ko’p bo’lmagan miqdorda qumtuproq, giltuproq v.b. bo’ladi. Kalsiy oksidi miqdori 3-3,5% dan ko’proq va oltingugurt oksidi ning bolee 1,5-1,7% dan yuqori bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Qisilishga bo’lgan mustahkamligi 250 – 300 MPa. Gilli jinslar portlandsementli xom ashyolarning ikkinchi asosiy komponentidir. Gillarning asosi suvli alyumosilikatli minerallardir. Hamma gilli minerallarning kristalli to’rlarining xarakterli ko’rinishi- qatlamli tuzilishdir. Bu gillarni nozik zarrachalarga parchalanish qobiliyati , suvda o’z-o’zidan maydalanib, uqalanishi, ko’pchishiga olib keladi. Sement sanoati uchun gilli jinslarning quyidagi turlari ishlatiladi: gillar, qumoq tuproq, gilli slanetslar, lyoss va lyossimon jinslar. Gillar – nozik zarrachali chopkindi jinslar, suv bilan aralashtirilganda plastik xamir hosil qiladi va qurigandan so’ng berilgan shaklni saqlab qoladi, turli minerallardan tashkil topgan: kaolinit, gidroslyuda va boshqa gidroalyumosilikatlar. Gilli xom ashyo hatto bir konda ham turlicha mineralogik va granulometrik tarkibga ega. Gillarning kimyoviy tarkibi 3 xil oksidlar bilan tavsiflanadi: - 60…80%, - 5…20%, - 3…15%. Gillarda oz miqdorda i bo’lishi mumkin. Tarkibida . eriydigan tuzlari ishtirok etadi. Bunday aralashmalar va bo’lmasligi kerak.Ular tgil tarkibida iloji boricha kam bo’lishi lozim. Sement ishlab chiqarishda qo’llaniladigan gillarning kimyoviy tarkibiga quyidagi talablar qo’yiladi. Cao oksidi miqdori cheklanmaydi, klinker tarkibida 5% dan oshmasligi yig’indisi 3-4% dan oshmasligi, 1%dan oshmasligi kerak Gillar bir tekis strukturali, yanchishda qiyinchilik tug’diradigan yirik chaqilgan kvarts va boshqa jinslar aralashmasi bo’lmasligi kerak Kuydirish jarayonida yirik kristalli kvarts qumi, dala shpati va slyudaning yirik zarrachalari qiyinlik bilan o’zaro kirishadi. SHu tufayli 0,2 mm dan yirik fraktsiyalar miqdori 10% dan ortmasligi kerak. Gillarning namligi 15...25% oralig’ida bo’ladi. Loy ko’rinishidagi gilning hajmiy massasi 1800 - 2000 . Gillarning zichligi 1,7-2,1 . Gillar o’z tarkibida 0,01 mm o’lchamli zarralar miqdori 50% dan kam bo’lmasdan, shu jumladan 25...30% 0,001mm li zarrachalardan iboratdir. Portlandsementni olishda gips klinkerga gips toshi ko’rinishida kiritiladi. Gips toshi - chopkindi yo’llar bilan hosil bo’lgan tog’ jinsidir. Gipsni Sementga klinkerni maydalashda 3...5%, Sementni qotishini sozlash uchun qo’shiladi. Oldindan quritilgan modda tarkibida miqdori bo’yicha gips navlarga bo’linadi 1 jadval
Gips toshidagi gips miqdori kristallizatsiya suv bilan, gipsoangidritli toshda esa SO3 bilan aniqlanadi. Gipsli va gipsoangidritli toshlar fraktsiyalar o’lchamiga bog’liq ravishda qo’llaniladi: 60-300 mm gipsli tosh gipsli bog’lovchilar ishlab chiqarish uchun; 0-60 mm gipsoangidrit va gipsli tosh Sement ishlab chiqarish uchun; 60-300 mm li fraktsiyalar uchun 60 mm o’lchamdan kichik bo’lgan toshlar miqdori 5% dan oshmasligi, 300 mm dan kattalariniki 15% dan oshmasligi , bunda toshning eng katta o’lchami 350 mm dan oshmasligi kerak. 0-60 mm o’lchamli fraktsiyalarda 0-5 mm o’lchamdagi toshlar miqdori 30% dan ko’p bo’lmasligi kerak. Ishlab chiqarish texnologiyasi uchun ishlab chiqarishning ho’l usulida shlamning kerakli oquvchanligi suvning eng kichik miqdorida erishilishi va 36- 42% oralig’ida bo’lishi kerak. Download 439 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling