2.3. ISSIQLIK ISHLOVI BERISH GRAFIGI.
Chizmada ishlab chiqarishning ho’l usulida, aylanma pechning barabani uzunligi bo’yicha material haroratining va gaz oqimining taqsimlanishi ko’rsatilgan.
Material haroratining singan xarakterli egri chizig’i, shuni ko’rsatadiki xom ashyo aralashma qizdirilganda unda turli xil fizik-kimyoviy jarayonlar ruy beradi, ba’zi hollarda qizdirishni to’xtatuvchi, boshqa hollarda esa keskin qizdirishni ifodalaydi.
I-bug’lanish zonasi;
II-qizdirish va degidratatsiya zonasi;
III- karbonsizlanish zonasi;
IV- ekzotermik reaksiyalar zonasi;
V-qaynash zonasi;
VI-sovitish zonasi;
2.4. KORXONA ISHLASH REJIMI
Korxona ish rejimi ishlab chiqarish unumdorligini, xom ashyoning oqimini, jihozlarni hisoblash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
U yillik ish kunlari sonini, kundagi ish smenalari soni, va smenadagi ish soatlarini belgilaydi.
Yil davomidagi asosiy to’ va bo’lmalarning ish rejimi.:
karg’er va maydalash bo’limi - 307 kun sutkasiga 16 soatdan (4912);
xom ashyoni maydalash bo’limi - 307 kun sutkasiga 24 soatdan (7368);
Sementni maydalash bo’limi - 307 kun sutkasiga 24 soatdan (7368);
klinker kuydirish to’i - 337 kun sutkasiga 24 soatdan (8088);
silosli-qoplash bo’limi - 365 kun sutkasiga 24 soatdan (8760);
2.5. ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGI VA XOM ASHYOGA BO’LGAN TALABNI HISOBLASH
2.5.1. Portlandsement klinkeri olish uchun ikki komponentli shixta tarkibini hisoblash.
Mel va gildan iborat, kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan ikki komponentli xom ashyo aralashmasini tarkibini hisoblaymiz..
Jadval 1
|
SiO2
|
A1203
|
Fe203
|
SaO
|
MgO
|
SO3
|
k.q.q.
|
∑
|
Mel
|
4,74
|
0,52
|
4,75
|
52,28
|
0,23
|
0,26
|
41,30
|
104,08
|
Gil
|
61,42
|
14,64
|
6,42
|
3,91
|
1,80
|
1,81
|
8,95
|
98,95
|
Sulfatga turg’un portlandsement tarkibida 50% gacha uchkalsiyli silikat bo’lishi zaruratini hisobga olib, portlandSement xossasini o’rganib chiqib, to’yinish koeffitsienti qiymatini KN=0,87 deb qabul qilamiz.
Tanlangan karg’er jinslariinng kimyoviy tarkibi mahlumotnomasidagi tashkil etuvchilar 100% ga teng bo’lmaganligi uchun, tarkibni qaytadan hisoblab uni 100% ga yetkazish kerak.
Kerakli xom ashyo materiallarning kimyoviy tarkibi 100% ga keltirib olingandan so’ng, 2- jadvalda ko’rsatilgan.
Jadval 2
-
Do'stlaringiz bilan baham: |