Sement turi
|
Sement markasi
|
28 kunlikdagi qisilishdagi mustahkamlik chegarasi. (MPa)
|
Sulfatga turg’un portlandsement
|
400
|
39,2
|
Sulfatga turg’un portlandsement mineral qo’shilmali
|
400
500
|
39,2
49,0
|
Sulfatga turg’un shlakli portlandsement
|
400
500
|
29,4
39,2
|
Putstsolan portlandsement
|
300
400
|
29,4
39,2
|
Yuqori haroratlarda sulfatga turg’un portlandsementlar oddiy portlandsementlarga qaraganda shiddatliroq qota boshlaydi. Shu sababli bu Sementdagi betondan tayyorlangan buyumlar va konstruktsiyalarni 80-100°S da bug’ yoki elektr issiqlik ishlovi berilishi yoki avtoklavlarda 175-200°S da bug’lash maqsadga muvofiqdir.
Bug’lash bir muncha yaxshilasa, avtoklavda bug’lash esa sulfatga bo’lgan turg’unlikni sezilarli oshiradi. Sulfatga turg’un portlandsementlarning ko’p sonli tadqiqotlari issiq va namlik ishlovining sulfatga bo’lgan turg’unligini oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki avtoklav bilan ishlov berilishida sementning kalsiy gidrooksidi, to’ldirgichdagi qumtuproq bilan reaksiyaga kirishadi; karbonatli to’ldirgichda issiq va namlik ishlovi sulfatga bo’lgan turg’unlikni oshirmaydi
Avtoklav bilan ishlov berish faolligi yuqori bo’lgan yanada turg’unroq kalsiy gidrosilikatlarni kristallanishini kuchaytiradi, shuningdek gidratlanish natijasida gidrogranatlarning klinkerli shishasini hosil bo’lishini tag’minlaydi, bu esa o’z navbatida sulfatga turg’unlikni oshiradi. Shuni nazarda tutish kerakki, issiqlik va namlik ishlovi berish sement toshini sovuqqa chidamligini oshirmaydi.
Sulfatga turg’un portlandsement gidratlanishda kam issiqlik ajratib chiqaradi va gidrotexnik inshootlarning massivli elementlarida, kam ekzotermiya talab qilinadigan joylarda qo’llaniladi.
Bu turdagi Sementlarni ishlab chiqarish hajmi cheklangan bo’lib, giltuprog’i kam bo’lgan gilli komponenti yo’q bo’lib, kuydirish jarayonida, tarkibida 5% dan kam(3SaO∙Al2O3) klinker olish imkoni mumkin bo’lmaydi.
Sulfatga turg’un portlandsement olishdagi muammo, (4SaO∙Al2O3∙Fe203) ning miqdori ham chegaralanadi, shuning uchun ham temir oksidi miqdori xam oz bo’lishi kerak
2. TEXNOLOGIK QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |