Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Download 439 Kb.
bet1/11
Sana22.09.2023
Hajmi439 Kb.
#1684818
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rs


BOG’LOVCHI MODDALAR FANIDAN KURS LOYIHASI BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA
Mavzu: Sement zavodi kuydirish sexining asosiy loyihaviy texnologik yechimlari
1. MAHSULOT TAVSIFNOMASI

Sulfatga turg’un portlandsement – mineral tarkibi uchkalsiyli alyuminat va to’rtkalsiyli silikat miqdori bo’yicha meyorlashtirilgan portlandsement klinkerini maydalab olinadigan mahsulotdir.


U kam issiqlik ajratib chiqaradi va sulfatli suvlarda ishlatishda yuqori turg’unlikka ega.
Sulfatga turg’un portlandsement sulfatga turg’unlik darajasi bo’yicha oddiy portlandsementlardan ancha yuqori turadi, lekin bu xossa jihatidan putstsolan va shlakli portlandsementdan orqada qoladi. Biroq bu sementlar sovuqqa kamroq bardosh beradi.
Sulfatga turg’un portlandsement sulfat agressivli sharoitida ishlayotgan, muttasil va ko’p marta muzlab, eritiladigan, yoki namlanish va quritish ta’siridagi gidrotexnik va boshqa inshootlarning beton va temir beton konstruktsiyalarida qo’llaniladi. Alohida hollarda bunday sementlarni o’rtacha ekzotermiyali portlandsement o’rnida massivli gidrotexnik inshootlarning tashqi zonalarida ishlatilishi mumkin.
Miqdoriy tarkibi bo’yicha sulfatga turg’un portlandsementlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- sulfatga turg’un portlandsement;
- sulfatga turg’un portlandsement mineral qo’shilmali;
- sulfatga turg’un shlakliportlandsement;
- putstsolanli portlandsement;
Sulfatga turg’un sement klinkerini tayyorlash uchun kimyoviy tarkibi bir jinsli bo’lgan xom ashyo materiallari ishlatilib, ular talabdagi kimyoviy va mineralogik tarkibli klinker olishni kafolatlashi kerak
Sement ishlab chiqarishdagi qo’llaniladigan klinker, hisobiy mineralogik tarkibi bo’yicha 1- jadvalda ko’rsatilgan talablarga muvofiq kelishi kerak
Jadval 1.


Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling