Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Download 439 Kb.
|
Bog’lovchi moddalar fanidan kurs loyihasi bo’yicha uslubiy ko’rs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. ASOSIY TEXNOLOGIK JIXOZLARNI TANLAB OLISH VA ISHLASHINI BAY O N ETISH
2.5.8 Silosli-qoplash bo’limning material balansi.
Olib borilga hisoblashlarga muvofiq silosli-qoplash bo’limiga kelib tushayotgan sement: 1 yilda………………842876,02 t/g 1 sutkada ……………2745,51 t/sut. 1 soatda………………114,39 t/ch Sementni qoplashda va jo’natishda yo’qotilishlarni 0,5% deb qabul qilsak, jo’natiladigan sement miqdorini topamiz: 1 yilda………………842876,02∙(100-0,5)/100=838661,64t/y 1 sutkada……………838661,64∙(100-0,5)/100=2297,7 t/sut Sutkalik yuklash sement yuklashga kelayotgan transportning soni va kelish vaqtiga bog’liqligi sababli, sementni o’rtacha bir soatlik yuklanishini aniqlab bo’lmaydi. 3. ASOSIY TEXNOLOGIK JIXOZLARNI TANLAB OLISH VA ISHLASHINI BAYON ETISH Xom ashyo aralashmani tayyorlashda transport qurilmalari, maydalash-yanchish jihozlari, shlam olish uchun mo’ljallangan jihoz, ulushlovchi qurilmalaridan foydalaniladi. O’tkir qirrali yirik tosh materiallar plastinkali konveyerlarda tashiladi, yumshoq materiallarda lentali konveyerlardan foydalaniladi. Mel tog’ jinsini maydalashda bolg’ali maydalagich ishlatiladi. Bolg’ali maydalagich materialni, tez aylanuvchi rotorga o’rnatilgan bolg’achalar(bilalar) bilan o’rtacha maydalash uchun mo’ljallangan. Bolg’ali maydalagich materialni 6...50 mm o’lchamli bo’lakchalarga maydalash imonini beradi. Chiqayotgan materialni o’lchamlarini kolosnikli to’rni oraliq o’lchamlarini o’zgartirish yo’li orqali amalga toshiriladi. Yumshoq va plastik materiallarni lunjli va bolg’ali maydalagichlarda qayta ishlash ancha mushkul hisoblanadi. Shu sababli gillarni maydalashda valikli maydalagichlar ishlatiladi. Valikli maydalagichlar staninadan iborat bo’lib, unga ikkita valik( jo’va) o’rnatilib, ular biri-biriga qarab aylanadi. Valikli maydalagichda giltuproq maydalangandan so’ng gilqorgichga uzatiladi va ayni paytda unga suv beriladi. Gilqorgich silindrik shaklidagi idish bo’lib, diametri 12m va chuqurligi 5 m bo’ladi. Giltuproq qorgichga tushib, suvda ivib parchalanadi, oqibatda 3-5 mm o’lchamdagi suspenziyaga aylanadi Maydalagichlar to’xtovsiz ishlashi uchun, tahminlagich bilan jihozlanagan kerakli miqdordagi materialni yetkazib beradigan sarf bunkerlaridan amalga oshiriladi. Oldindan tayyorlab olingan mel va gil keyin birgalikda tuyish uchun sharchali tegirmonga yuboriladi. Sharchali tegirmon materialni zarb kuchi yoki yedirilish usuli bilan tuyishga asoslangan. Sharchali tegirmon silindr barabandan iborat bo’lib, ichki yuzasi zirhlangan bronplitalar bilan koshinlangan, ichga maydalovchi ashyo( sharchalar, tsilg’nebslar) solinadi. Sharli tegirmonda tuyish jarayoni ochiq yoki yopiq tsikllarda amalga oshiriladi. Shlamni kimyoviy tarkibini sozlash uchun va kerakli miqdordag shlamni tahminlash uchun- shlamhovuzlar ishlatiladi. Ular hajmi 400-1000 m3 bo’lgan tik ko’rinishdagi idishdan iborat. Xom ashyo aralashmani kuydirish uchun aylanma pechlar qo’llaniladi. Ular uzunligi 150-185 m va undan uzun, diametri 4-7 m, po’lat qobiqlardan payvandlanib tayyorlangan korpusdan iborat. Korpus uzunligi bo’yicha qiyaligi 3-4°bo’lgan poydevorga o’rnatiladi. Unda rolikli tayanchlarga tayanib turuvchi bandajlar, shuningdek tishli shesternya mahkamlanib, ular orqali pech elektryuritgich bilanaylantiriladi. Odatda aylanish tezligi 0,5 - 1,2 ayl/min chegarada bo’lib, o’zgarib turishi mumkin. Qaynoq harorat va issiqlik yo’qotilishini kamaytirish maqsadida pech korpusi ichki tomonidan koshinlanadi. O’tga chidamli materiallardan shamotli va ko’pshamotli g’ishtlar, yuqori giltuproqli va talg’magnezitli o’tga chidamli materiallar ishlatiladi. Pech agregatlariga shuningdek shlamli tahminlagich, chang chopktirish kamerasi, tutunli gazlarni changdan tozalovchielektrfiltrlar, tutun so’rgich, pechningqaynoq boshlanish qismi, klinkerni sovitadigan kolosnikli sovitgich. Pechning elementlaridan biri unga o’rnatilgan issiqlik almashtirgichlar hisoblanib,pech gazlaridan kuydirilayotgan materialga issiqlikni uzatilish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Aylanma pech quyidagi sxema bo’yicha ishlaydi. SHlam shlamxovuzdan pech ustida joylashgan tarqatilish bakiga nasos bilan uzatiladi. Bu yerdan chopmichli tahminlagich yoki maxsus sarfo’lchagich dan quvur orqali pechga kelib tushadi Pechning qarama-qarshi tomonidan gaz yoqilg’isi beriladi Qizib turgan pechga yuborilgan gaz o’t oladi va yona boshlaydi. Yonishdan chiqqan tutun gazlar pechning butun uzunligi bo’yicha o’tib, issiqligini materialga beradi. Pechdan chiqayotgan harorati 150...2000 S gazlar chang chopktirish kamerasi orqali elektr filtrga o’tib changdan tozalanadi. Shlam pechdan o’ta borib, gazlarni yanada yuqoriroq harorati ta’siriga uchrab, qator fizik-kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Yuqori haroratli zonalardan o’tib, sovitgichdan kelayotgan sovuq havo oqimi bilan soviydi. Kolosnikli to’rda klinker uzil-kesil 30...500 S gacha soviydi Kuydirilgandan so’ng klinkerni saqlash uchun silos omborlari ishlatiladi. Silos ombori 6- 9 temirbeton silindrdan –silosdan( har qaysi pech uchun), diametri 12-18 m va balandligi 30m va undan yuqori bo’lib, umumiy asosga qurilib, ustunlar bilan to’ ustiga shunday o’rnatilganki, ular ostiga konussimon tarozi(ulushlagich) o’rnatilgan. Ular yordamida turli ombordagi klinker va gips mahlum nisbatda ulush bo’yicha qo’shiladi. Tortib, o’lchab olingan klinker va gips lentali konveyerga uzatiladi va tashilib sharchali ko’p kamerali tegirmonlarga tuyish uchun jo’natiladi Silosli omborlar bir qancha qulayliklarga ega (sementni tuyish to’i ishini to’la avtomatlashtirish, mehnat sharoitini yaxshilash, omborlarda va umuman zavod hududida chang chiqishini kamaytirish) Birgalikda tuyilguncha gips, ko’prikli greyferli kran bilan jihozlangan omborda saqlanadi. Ko’prikli kran balkaga mahkamlangan relg’sli yo’l bo’ylab ombor uzunligida harakatlanadi. Klinkerni tuyish uchun quvurli sharchali tegirmonlar qo’llanilib, ular ochiq va yopiq tsiklda ishlaydi va tuyilgan material seperatorlarda ajratiladi. Tegirmonlar o’lchami quyidagi oraliqlarda bo’ladi: diametri 2-2,6 m gacha, uzunligi 10 dan 15 m gacha, ularning ish unumdorligi 10-t/s. Tegirmon uzunligi bo’ylab bir necha kameralarga ajratilgan, ular bikr qilib o’rnatilan va yirik materiallarni o’tishiga to’sqinlik qiladi. Material harakatlanib, o’tib ketishi uchun to’rlarda teshiklar mavjud. Material bir to’siqdan maydalanishiga qarab ikkinchisiga o’tadi, keyin bo’sh idishga tushadi va undan elaklarga tushadi. Elaklardan o’tgan material pnevmatik nasos bunkeriga tushadi. Tuyilgandan so’ng sulfatga turg’un portlandsement tayyor mahsulotlar omboriga jo’natiladi va u yerdan istehmolchiga beriladi. Download 439 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling