Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Turkiston o’lkasining mahmuriy-hududiy boshqaruvi. Aholisi
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirdaryo viloyati
- (Zakaspiy) viloyati
Turkiston o’lkasining mahmuriy-hududiy boshqaruvi. Aholisi. Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olganidan so’ng bu hududlaprda ko’p asrlardan buyon shakllanib, mavjud bo’lib kelgan, o’troq va ko’chmanchi aholining diniy hamda mahalliy xususiyatlarini o’zida aks ettirgan boshqaruv tizimi o’rniga imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tartiblari o’rnatiladi. Mahlumki, 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, uning general-gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan. General-gubernator bir vaqtning o’zida podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, Yettisuv kazak qo’shinlari atamani, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’tagan. General-gubernator imperator tomonidan tayinlangan va vazifasidan ozod etilgan bo’lib, u harbiy vazirga bo’ysungan.
Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimi markaziy, viloyat, uezd (tuman), uchastka (volost), shahar, qishloq va ovul boshqaruvi shakllaridan iborat edi. General-gubernatorlik dastlabki tashkil etilgan paytda ikkita – markazi Toshkent bo’lgan Sirdaryo va markazi Verniy (Olmaota) bo’lgan Yettisuv viloyatlaridan iborat bo’lgan. Sirdaryo viloyati hududiga aosan ilgari Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Alatavsk okrugi hududlari hamda Turkiston viloyatining bir qismidan iborat hududlarda tashkil etilgan. Sirdaryo viloyati mahmuriy jihatdan Kazalinsk, Perovsk, Turkiston, CHimkent, Avliyoota, Toshkent, Xo’jand, Jizzax uezdlariga bo’lingan bo’lsa, Yettisuv viloyati Sergiopol, Kopalg’, Verniy, Issiqko’l va To’qmoq uezdlariga bo’lingan. Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlar hisobiga Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo’shimcha mahmuriy – hududiy birlik tashkil etib borgan. Jumladan, 1868 yilda Buxoro amirligiga qarashli bosib olingan yerlarda markazi Samarqand bo’lgan Zarafshon okrugi, Xiva xonligiga qarashli yerlarni bosib olish hisobiga 1874 yilda markazi Petro-Aleksandrovich (To’rtko’l) bo’lgan Amudaryo bo’limi, 1876 yilda Qo’qon xonligi hududlarida markazi Yangi Marg’ilon (Skobelev, Farg’ona) bo’lgan Farg’ona viloyati tashkil etilgan edi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi mahmuriy-hududiy jihatdan Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Farg’ona va Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Amudaryo bo’limidan iborat edi. Viloyatlar uezdlarga bo’lingan bo’lib, ular quyidagilar edi: Sirdaryo viloyati – Avliyoota, Kazalinsk, Qurama, Perovsk, Turkiston, CHimkent; Toshkent shahri markaz sifatida general-gubernatorga bo’ysungan; Amudaryo bo’limi ham Sirdaryo tarkibida bo’lgan; Yettisuv viloyati – Verniy, Kopal, Jarkent, Lepsin, Pishpek, Prjevalsk, To’qmoq; Farg’ona viloyati – Andijon, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan, O’sh, CHust va CHimyon; Samarqand viloyati – Samarqand, Kattaqo’rg’on, Xo’jand va Jizzax; Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyati – Mang’ishloq, Krasnovodsk, Ashxobod, Tajan va Marv uezdlari. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling