Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
Hunarmandchilik. Mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyo viloyatlarida hunarmandchilik ishlab chiqarish, xususan, sopol hunarmandchiligi yuqori darajada rivojlanadi. Kulolchilik charxida tayyorlanib maxsus xumdonlarda pishirilgan sopol idishlar ko’pchilik O’rta Osiyo viloyatlariga xos shakllarga ega edi. Bu o’rinda tsilindrsimon va tsilindr konussimon idishlarning keng tarqalganligini tahkidlash joizdir. Bunday ko’rinishdagi idishlar Baqtriyadagi Balx, Kobadiyon, Boldaytepa, Talashkan, Qiziltepa, Sug’diyonadigi Afrosiyob, Xo’ja Bo’ston, O’zunqir, Sarmish, Xorazmdagi Ko’zaliqir, Qalhaliqir, Ding’ilja, Marg’iyodagi Yozdepa va Govurqalhalardan topib o’rganilgan. Metallarni badiiy jihatdan qayta ishlash uslublari yuqori darajada bo’lganligi haqida Amudaryo xazinasi buyumlari hamda «yovvoyi skif uslubi» ga oid yodgorliklar qimmatli mahlumotlar beradi. Kam sonli bo’lsa-da, hunarmandchilikning boshqa turlari – to’qimachilik, toshga ishlov berish, suyakni qayta ishlashga oid bo’lgan topilmalar topib o’rganilgan.
O’troq dehqonchilik va ko’chmanchi chorvador turmush tarzining yonma-yon yoki birgalikda kechishi bilan bog’liq mil.avv. I ming yillik O’rta Osiyo uchun xos bo’lgan mehnat taqsimoti – savdo-sotiqning rivojlanishiga olib kelgan hamda mahsulot xususiyatiga ega bo’lgan hunarmandchilik ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ko’pgina davlatlarning ulkan Ahamoniylar saltanati tarkibiga kirishi, avvalo, tashqi savdoning taraqqiyotiga tahsir ko’rsatdi. Ammo, Ahamoniylar davri O’rta Osiyoga keltirilgan yoki bu hududlardan olib chiqilgan mahsulotlar haqida juda kam mahlumotlar saqlangan. SHunga qaramasdan, Kichik Osiyodagi Efes shahridan Baqtriyaga, undan Hindistonga ketuvchi yo’l haqidagi mahlumotlar O’rta Osiyoning Ahamoniylar davlatining g’arbiy viloyatlari bilan savdo aloqalari olib borganligi tasdiqlaydi. Sug’diyonadan va ayniqsa Baqtriyadan topilgan tangalarga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyoga nafaqat markaziy ahamoniylar hokimiyati hukmdorlari zarb etgan tangalar balki, Kichik Osiyo va yunon tangalari ham muomalada bo’lgan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling