Bohodir eshov


Dahriylarga qarshi kurash


Download 0.73 Mb.
bet34/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Dahriylarga qarshi kurash. Cherkov va uning ta’limo-tiga qarshi kishilar yeretiklar (yunoncha, “dahriylar”) deb nomlangan. Bunday kishilar cherkovning boyliklari, hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqib, sodda cherkov g’oyasi tarafdorlari bo’lishgan. Yeretiklarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi - inkvizitsiya (lotincha, “qidiruv”) tuziladi. Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug’ullangan inkvizitsiya papa Grigoriy IX (1227-1241) davrida o’z qudratining cho’qqi-siga erishadi.
Inkvizitsiya faoliyati Ispaniyada, ayniqsa, keng tus oladi. Unda mahkum etilganlarni gulxanda yondirish “autodafe” (portugalcha, “e’tiqod yoki din ishi”) ham qo’llaniladi.
Qatl jarayonini cherkov bayram tomoshasiga aylantirib, unda qirol va saroy amaldorlari, zodagonlar va minglab oddiy xalq vakillari qatnashgan.
Franklar imperiyasida madaniyat.
Buyuk Karl o’z davlatida yangi maorif tizimini yaratadi. Qirol tomonidan 789-yilda xalq maktablari joriy etiladi. Qonunga binoan, maktablar ibodatxonalar qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini bepul o’qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil etilib, unda Karlning yaqin do’stlari, olimlar - saroy akademiyasi a’zolari dars berishgan. Saroy akademiyasi antik davr mualliflari asarlarini o’rganish, she’rlar bitish bilan mashg’ul bo’lishgan. Ulardan biri tarixchi-rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari “mehnatsevar chumoli” deb ataganlar. Saroy akademiyasining у ana bir a’zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yo-yishda katta xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning o’zi ham lotin hamda yunon tillarini mukammal bilgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling