Bohodir eshov


Download 0.73 Mb.
bet35/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Vizantiya madaniyati. O’rta asrlada davrida Vizantiya o’ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg’or mamlakati bo’lib qoladi. Sababi, german qabilalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G’arbiy Rimdan farqliroq, Vizantiyada antik madaniyat an’analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi - ellinizm muhim o’rin tutgan.
Ilm-fan eng rivojlangan shahar, «fanlar onasi» - Afina edi. Platon (mil. av. IV asrda) Afina akademiyasiga asos soladi. "... Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yillar davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G’arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o’tkazadi, insoniyat taraq-qiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida “ustodi avval”, ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozonadi”1
Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o’quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstan-tinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yilda hu-quqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi. Vizantiyada tabiiy, tarix va geografiya fanlari ham rivojlangan. O’rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo’yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlamb kelmgan. VII asrda ixtiro qilingan “grek olovi” Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta’minlagan.
Tarixchilar o’zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etardilar. Geograflar esa xarita va shahar chizmasini chizardilar. O’sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi. “Grek olovi” uloqtiriladigan yonuvchi modda bo’lib, uni neft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlashgan. Vizantiya harbiy kemalarida foydalanilgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling