An’anaga ko’ra, eng ko’rkam va ulug^vor bino - cherkov shahar markazida qurilgan. Bu maydon atrofidagi binolar gotika uslubida bunyod etilib, u me’morchilikdagi roman uslubini surib chiqaradi. Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan farq qiladi. Salobatli, og’ir gumbaz о’mini, uchli, baland gumbazlar egallaydi. Gotika uslubida qurilgan eng mashhur inshootlar: Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi, Ruan, Reyms va Shartr (Fransiya), Milan (Italiya) ibodatxonalaridir.
Roman uslubi - G’arbiy Yevropa san’atida X asrdan XII-XIII asrlargacha hukm surgan badiiy uslub. Bu davr san’atida G’arbiy Yevropa madaniyati va me’morchiligida Qadimgi Rim me’morligi uslub va unsurlaridan keng foydalanilgan.
Gotika uslubi - Yevropa mamlakatlarida o’rta asrlar san’atida hukm surgan badiiy uslub. Gotika XII asr o’rtalarida Shimoliy Fransiyada yuzaga keldi. XIII asr 1-yarmida yuksak darajada rivojlandi.
O’rta asrlarda Vizantiya va Arab me’morchiligi ham o’zidan ajoyib inshootlar qoldirgan. Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi vizantiya uslubida bun-yod etilgan. Ispaniyaning Sevilya shahrida masjid va Al-Qasar qasri, Granadadagi Al-Hamro saroylari arab me’morchiligi durdonalari hisoblanadi.
Haykaltaroshlik. Uning rivojlanishi bevosita me’morchilik bilan bog’liq bo’lgan. Cherkov va monastirlar bi-nolari xudo, avliyolar va qirollar haykallari bilan bezatilgan. Haykallarning asosiy buyurtmachilari cherkov bo’lgani sababli ularda diniy mavzu yuqori turgan. Lekin haykaltaroshlarning o’zlari oddiy xalq orasidan yetishib chiqqanligi sababli ularning asarlarida insonning eng yaxshi fazilatlari ifodalangan. Xususan, eng ko’p uchraydigan Bibi Maryam haykallari (Yevropada “Madonna” deb nomlanadi) o’zida onaning farzandga mehr-muhabbatini ifodalagan. Fransiya. Reyms ibodatxonasidagi Bibi Maryam haykali.
Antik davr haykallarida inson tanasining go’zalligi ulug’langan bo’lsa, o’rta asr haykaltaroshlari tashqi go’zallik orqali o’z qahramonlarining o’y-xayollari, hislarini ifodalashga intilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |