Maorifning taraqqiyoti. G’arbiy Yevropa madaniyati XII-XIII asrlardan yuksala boshlaydi. Shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi. Shaharlarda xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib boradi. Bunday maktab o’quvchilari dunyoviy bilimlami cherkov maktablaridagiga nisbatan kengroq va chuqurroq olishgan. XII asrdan boshlab yirik shaharlarda dastlabki oliy maktablar - universitetlar ochila boshlandi. Jumladan, Bolonya va Parijda ilk universitetlar tashkil topib, ular o’z davri uchun yuksak ma’lumot berishgan. Eng yirik universitet Parijda edi. Uning asoschisi qirol xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo’lgan. Qiroldan maxsus yorliq olgan universitetlar to’la mustaqil bo’lganlar.
XIII-XV asrlarda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari o’z universitetlariga ega bo’lishadi. Ularni papa va yepiskoplar, imperator va qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil etgan.
Universitetlar (lotincha universitas - majmua, umumiylik) - fanning turli yo’nalishlarida mutaxas-sislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlari. Dastlabki universitetlar XII-XIII asrlarda Italiyada (Neapol, Bolonya), Ispaniyada (Sevilya, Valensiya), Fransiyada (Parij, Tuluza), Angliyada (Oksford, Kembridj) tashkil etiladi.
Magistr va shkolyarlar hamjamiyatlari. Universitet bu o’qituvchi va o’quvchilar jamiyatidir. Universitetni o’qituvchilar - magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko’plab imtiyozlarga ega bo’lgan va mahalliy hukmdorlarga bo’y-sunmagan. Agar ular bilan mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo’Isa, magistr va shkolyarlar (talaba) boshqa joyga ketardilar. Ko’p hollarda ulardan uzr so’rab qaytishlarini iltimos qilishgan. Sababi bu davrda o’z universiteti bo’lishi har qanday shahar uchun sharaf hisoblangan.
Taniqli o’qituvchilar ma’ruzalariga shkolyarlar Yevropaning turli burchaklaridan kelishgan. Ba’zida Parijda 30 minggacha talaba baravariga to’plangan. Talabalaming o’qishi, bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari tomonidan boshqarilgan. Omadli talabalar hozirgi yotoqxonalarga o’xshash kollegiyalarda joylashishga muvaffaq bo’lardilar. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan biri - Sorbonning nomi keyinchalik butun universitetga o’tadi. Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o’quv muassasalari - kollejlarga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |