Bohodir eshov


Jon Bodenning davlat va mustaqillik, suverenitet haqidagi g’oyalari


Download 0.73 Mb.
bet48/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

4.Jon Bodenning davlat va mustaqillik, suverenitet haqidagi g’oyalari.
Frantsiyadagi davlatni markazlashtirish siyosati oxiriga etkazilgan davr XVI asr o’rtalariga to’g’ri keldi. Bu davrda frantsuz ideologi Jan Boden(1530-1596) qirolning mutloq xokimiyatini yoqlab chiqdi. J. Bodenning «Respublika to’g’risida olti kitob» asarida davlatning tarixiy kelib chiqish shart-sharoitlarini tahlil qildi.
J. Bodenning siyosiy-huquqiy qarashlarida davlatning markazlashtirish va o’sha davr uchun siyosiy g’oyalarda yangi g’oya bo’lgan-davlat suverenitetini ilgari surdi.
Bodenning nazariyasida bir butun, bo’linmas, doimiy qonuniy davlatning xokimiyatini asosladi. Suverenitet, Bodenning fikricha davlatning barcha fuqarolarini qonun oldida tenglidir.
Boden davlat formalari orasida monarxiya eng ma’qul davlat formasidir, faqatgina monarxiyadagi davlat bir butun, doimiy va qonun bilan ish tutuvchi davlat bo’ladi. «Aristokratiya formasida davlat guruhsozlikka berilib ketgan bir necha xokimiyat uchun kurashuvchilarning davlat fomasi»- deb ta’riflaydi Boden.«Demokratiya davlat formasining eng noqulay formasi»-deydi u.
Boden aralash davlat fomasi to’g’risida fikr bildirib, bunday davlat bo’lishi mumkin emas deydi. Biroq Boden suverenitet va boshqaruv yoki hukumatni aralash shaklda bo’lishi mumkinligini aytadi.
Davlatning asosiy vazifasi shundaki u fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdir. Davlat mustaqilligi faqat davlat xokimiyatini amalga oshirish davrida harakat qiladi.
Shunday qilib, Bodenning davlat mustaqilligi to’g’risidagi g’oyasi asosan yug’ori tabaqa vakillari manfaatlarini ifodaladi. J. Bodenning siyosiy-huquqiy qarashlari o’z davrining yirik mahsuli edi.
Mavzu. XVI-XVII asrlarda ilk utopik sotsializm.
Tomas Mor (1478-1535) o’zining «Utopiya» nomli asarida Angliyaning siyosiy tuzumi va jamiyatini tanqid qiladi.Tomas Morning hayoliy davlat to’g’risidagi g’oyalari «Utopiya»da o’z aksini topadi. «Utopiya»dagi jaimyat xususiy mulkchilikni to’la bartaraf etgan holda, fuqarolarning tengligi asosida quriladi.
«Utopiya»da davlatning mansabdor shaxslari xalq xizmatidagi kishilardir. Davlat rahbari saylanadi va u knyaz nomi bilan ataladi. Mansabdor shaxslar-filarxlar deb atalgan va ular oilalarni rahbarlari. «Utopiya» da axloqiy normalar yuqori baholanadi. Mor bosqinchilik yurishlariga qarshi chiqadi.
Hayoliy sotsializm g’oyalarini rivojlantirgan shaxslardan yana biri Italiyalik Tommazo Kampanella (1568-1639) o’zining «Quyosh Shahri» asarida ideal jamiyat to’g’risidagi fikrlar mavjud. «Quyosh shaxri»da xususiy mulkchilik shakli yo’q ishlab chiqarish vositalari jamiyatga qarashli, Quyosh shahri fuqorolarining barchasi mehnat qilishlari sharaflidir.
Kampanellaning taminotida mehnat tarbiyasi muhim o’rin tutgan. Quyosh shahrida rivojlanish bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq. Fan va texnikaning rivojlanish katta ahamiyat kasb etgan.
Quyosh shahrida ayollar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat rahbari eng donishmand va bilimli fuqarodan saylangan. Davlat boshqaruvchisi «Quyosh» yoki «Metafizik» diniy va dunyoviy rahbar hissoblangan. Shunday qilib, xayotiy sotsializm g’oyalarining paydo bo’lishi o’rta asrda o’ziga xos g’oyalar tizimiga asos solgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling