Bohodir eshov


Mavzu. XVIII asrda Fransiyada ma’rifatparvarlik mafkurasi. Buvuk fransuz inqilobi g’oyalari va undan keying davrlarda siyosiy mafkuralar


Download 0.73 Mb.
bet49/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Mavzu. XVIII asrda Fransiyada ma’rifatparvarlik mafkurasi. Buvuk fransuz inqilobi g’oyalari va undan keying davrlarda siyosiy mafkuralar.
Inqilobning sabablari. XVIII asr oxirlarida ham Fransiyada hamon o’rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo’jaligi mamlakati edi. Dehqonlar garchand erkin bo’salarda, ular yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalardi. Deh­qonlar ijaraga yer olib kun kechirar edilar. Soliqlarning soni tobora ko’payib borgan. Buning ustiga, cherkovga ham soliq to’lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar tobora kambag’allashib, dehqonlarning esa tilanchi va daydilarga aylanishi kuchayib bordi. Bu hol tez-tez «non isyonlari»ni keltirib chiqardi. O’rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga ham to’siq bo’layotgan edi. Fransiya manufaktura ishlab chiqarishida Buyuk Britaniyaga tenglasha olmasdi. XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat to’ntarishi ro’y bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba kuni korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos. Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning o’zlari o’rnatgan yo’1 solig’idan aziyat chekkan. Buning ustiga, burjuaziya qanchalik boy bo’lmasin, u siyosiy huquqqa ega bo’lmagan. Davlatni boshqarish amalda mamlakat aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniy va zodagonlar qo’lida edi. Ular soliq to’lashdan ozod edilar. Mamlakat qurolli kuchlarida zobitlik lavozimini faqat zodagonlar egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa, shu toifaga kiruvchi butjuaziya ham mamlakatni boshqarish ishiga yaqinlashtirilmagan. Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. «Inson huquqlari» tushunchasi qirollar uchun hech qanday ahamiyatga ega emas edi. Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa uning xalqaro obro’sini tushirib yubordi. Bu hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo’shin va flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og’irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada inqilob ro’y berishini muqarrar qilib qo’ydi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling