Bohodir eshov


Yakobinchilarning hokimiyat tepasiga kelishi


Download 0.73 Mb.
bet52/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Yakobinchilarning hokimiyat tepasiga kelishi. Lyudovik XVI qatl etilgach, Prussiya, Ispaniya, Angliya va Avstriya monarxlarining bosqinchilik hujumi kuchaydi. Jiron­dachilar mamlakat mudofaasini yetarli darajada tashkil eta olmadilar. Buning ustiga, mamlakat janubida yerlarning shahar burjuaziyasiga sotilayotganligidan norozi bo’lgan dehqonlarning isyoni boshlandi. Isyonchilar qirolning qatl etilishini jinoyat deb hisoblardilar. Yakobinchilar mamlakatdagi bu og’ir vaziyat uchun jirondachilarni aybladi. Ular Parij aholisini c|o’zg’olonga chaqirdi. Boshlangan qo’zg’olon 1793-yilning 2-iyun kuni jirondachilar hokimiyatining ag’darilishi bilan yakunlandi.
Hokimiyat yakobinchilar qo’liga o’tdi. M. Robespyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi.
Yakobinchilarning ichki siyosati. 1793-yilda Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Feodal to’lovlar butunlay bekor qilindi. Dehqonlar endilikda o’z yerlarining ozod egalariga aylandilar.
Feodallarning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoqib yuborildi. Chet ellarga qochib ketgan zodagonlarning yerlari mayda bo’laklarga bo’linib sotildi. Cherkov davlatdan ajratildi. Birinchi iste’mol buyumlariga qat’iy narxlar o’rnatildi. Biroq bu tadbir kutilmaganda akssado berdi. Savdogarlar hukumat bclgilagan narxda tovarlarini sotmay qo’ydi. Endi ular yashirincha savdo qilishga o’tdilar. Oqibatda narx-navo ko’tarilib kctdi. Hukumat ish haqining eng yuqori darajasini ham belgilab qo’ydi. Biroq bu tadbir yaxshilikka olib kelmadi. Natijada ishchilarning ish tashlashi boshlandi. Hukumat esa uni shafqatsizlik bilan bostirdi. Chet el bosqinchilarining hujumi va mamlakat ichkarisida isyon xavfining mavjudligi diktatura o’rnatishga majbur etdi.
Konvent «Shubhali kishilar to’g’risida» qonun qabul qildi. Bu qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb hisoblangan barcha kishilarni to tinchlik o’rnatilgunicha qamoqda saqlashni ko’zda tutardi. Aslida esa yakobinchilar o’z raqiblaridan terror yo’li bilan qutulmoqchi edi. Buning tasdig’i o’laroq, Konventdagi barcha jirondachi-deputatlar qamoqqa olindi va qatl qilindi.
Mamlakat ichkarisidagi isyonlar ham o’ta rahmsizlik bilan bostirildi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma’nosiz edi. Yakobinchilar, ayni paytda, qo’shinni mustahkamlash choralarini ko’rdilar.
Bu tez orada o’z samarasini berdi. 1794-yilda chetel bosqinchilari mamlakat hududidan surib chiqarildi. Bu ozodlik urushlarida yosh zobit Napoleon Bonapart shuhrat qozondi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling