Mavzu. XVIII asrda Fransiyada ma’rifatparvarlik mafkurasi. Buvuk fransuz inqilobi g’oyalari va undan keying davrlarda siyosiy mafkuraiar.
REJA:
1.Volterning siyosiy qarashlari.
2.Monteskening siyosiy qarashlari.
3.Russoning siyosiy ta’limoti.
4.XVII-XVIII asrlarda Germaniya siyosiy ta’limotlari.
5.XVIII asrlarda Italiyadagi siyosiy ta’limotlar
4.XVII_XVIII asrlarda Germaniyada siyosiy ta’limotlar
XVI-XVII asrlar Germaniyada tabiiy huquq maktabining yirik nomoyondalari Pufendorf, Tomaziy, Leybnits, Volf kabi mutafakkirlar ijod qildilar.
Germaniyada huquq fanining dunyoviy fan sifatida rivojlanishiga birinchilardan bo’lib, Pufendorf (1632-1694) hissa qo’shdi. Uning qarashlarida jamiyatning davlatchilik paydo bo’lgunga qadar, tabiiy huquq kontseptsiyasi katta o’rin egallagan. Uning fikricha: davlatning huquqiy asosi ikki xujjatga bog’liqdir. Ular xususiy shartnoma (pacta) va murojaatnoma (decretum).
Davlatning asosiy vazifasi insoniyatning tinchligi va tartib uchun javobgarlikdadir. Bir guruh shaxslarning davlatga qarshi harakati qonundan tashqari degan fikrni bildiradi.
Yurisprudentsiyaning nazariy rivojlanishiga hissa qo’shgan insonlardan biri X. Tomaziy (1655-1728) hisoblanadi. Uning qarashlarida huquq va axloq normalari chuqur taxlil qilinadi. U axloqni huquqdan ustun qo’yadi: “Agarda kim ahloqiy jihatdan etuk shaxs bo’la olmasa, unday shaxs yaxshi siyosatchi bo’la olmaydi”.
5.XVIII-asrlarda Italiyadagi siyosiy qarashlar
Italiyadagi siyosiy ta’limotlarning rivojlanishi Jambattista Viko (1668-1744) nomi bilan bog’liq. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari “Millatning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fan” (1725) asarida berilgan. J. Viko Davlatning rivojlanishini uch asosiy bosqichda ifodalaydi.
Birinchi bosqich: ilohiy ya’ni bu davrda davlatchilikning hech qanday huquqiy normalari mavjud bo’lmagan. Jamiyatni ruxoniylar boshqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |