Bohodir eshov
Benedikt Spinozaning siyosiy qarashlari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
7.Benedikt Spinozaning siyosiy qarashlari
XVII asrga kelib Gollandiyada siyosiy-huquqiy qarashlarni rivojlantirishga o’zining salmoqli hissasini qo’shgan mutafakkirlardan biri – Benedikt Spinoza (diniy taxallusi — Barux)dir (1632-1677). Spinoza o’zining “dahshatli yolg’on ta’limoti” uchun yahudiylar jamoasidan haydalgan olimdir. U ilmiy bilishda Dekart uslubiga asoslanadi va haqiqatni bilishda matematik usuldan keng foydalanadi. Uning fikricha, faqat matematik (geometirik) usul orqaligina haqiqatga etishish mumkin. Uning eng muhim asarlari qatoriga “Etika”, “Siyosiy traktat”, “Dekart falsafasi tamoyillari” va boshqa asarlari kiradi. Spinozaning fikricha, inson tabiatning bir qismi bo’lganligi bois tabiat qonunlari unga ham tegishlidir, shu sababli u o’z faoliyati davomida ushbu qonunlarga so’zsiz rioya qilishi lozim. Spinozaning tabiiy huquqqa bergan ta’rifi “odam odamga bo’ri”, “barchaning barchaga qarshi urushi” tezislarining asoschisi Gobbsning qarashlariga mos keladi. U ham Gobbs kabi, tabiat va tabiiy huquqqa muvofiq insonlar bir-birlariga dushmandirlar, degan nuqtai nazarni qo’llab-quvvatlaydi. Insonlar va tabiatdagi boshqa jonzotlar tengdirlar, ya’ni ular teng tabiiy huquqlarga egadirlar. Biroq huquqlarning mazmuni va salmog’i turli insonlarda (va turli jonzodlarda) turlicha bo’lib, ularning amaliy (aqliy va jismoniy) quvvatlariga bog’liqdir. Insonlar va tabiatdagi boshqa kuchlarning doimiy olib boriladigan o’zaro kurashlarining bosh mezoni — o’z jonlarini omon saqlab qolishga intilishdir. Ushbu maqsadga erishish yo’lida hech kimning hech kim bilan ishi bo’lmaydi, hech kim birovning manfaati va qiziqishi bilan hisoblashmaydi. Shu bilan birga, Spinoza fikricha tabiiy huquq mavjud bo’lib, barcha uchun umumiy hisoblangan huquqning birontasi etishmagan joyda insonlarning o’z jonlarini omon saqlab qolishga intilishlari, xohishlariga erishishlari va xavfsizliklarini ta’minlashlari uchun shart-sharoitlar yaratilmagan bo’ladi. Biroq tabiatning o’zi va tabiiy zaruriyat insonlarga tabiiy holatdan chiqish hamda umumiy shartnoma orqali fuqarolik holatiga o’tish usul va yo’llarini ko’rsatib beradi. Ayonki, Spinoza o’z ta’limotida davlat va jamiyatni bir-biridan farqlamaydi. Siyosat to’g’risidagi ta’limotlarning zaif bo’g’ini, Spinoza tahliliga ko’ra, ushbu ta’limotlarda inson tabiatining noto’g’ri talqin qilinganligidadir. Siyosat to’g’risidagi ta’limotlarning mualliflari inson tabiatini yoritishda inson qanday bo’lsa, shu tarzda emas, balki o’zlari xohlagan ko’rinishda tasvirlaganlar. Shuning uchun ham bu ta’limotlar hayotda o’zining amaliy natijasini bergan emas. Spinoza davlatni tashkil etish borasidagi qator oqilona qarashlarni, g’oyalarni inkor etadi hamda mavjud tajriba guvohlik berayotganidek, “barcha turdagi davlatlar” va boshqaruv vositalarining bosh maqsadi — insonlarning muvofiqlashgan turmush tarzini ta’minlash hamda ularni ma’lum chegaralarda ushlab turish, deb hisoblaydi. Insonlar har doim, har erda o’zaro muloqotda bo’ladilar va muayyan fuqarolik holatida yashaydilar. Bundan Spinoza shunday xulosaga keladi: “davlatning kelib chiqish sabablari va tabiiy asoslarini aql (idrok) ko’rsatmalaridan emas, balki insonning umumiy tabiatidan izlash lozim”. Fuqarolik holatining o’ziga xos jihati — oliy hokimiyatning mavjudligi bilan ifodalanib, Spinoza talqinicha oliy hokimiyat tushunchasi orqali davlat va uning suvereniteti tushuniladi. Spinoza tabiiy va fuqarolik holatlarining o’ziga xos jihatlari to’g’risida to’xtalib, fuqarolik holatida davlatning shartnomaviy belgilangan oliy (suveren) tabiiy huquqi mavjudligini ta’kidlaydi. Fuqarolik huquqi barcha uchun umumiy bo’lgan huquq hisoblanib, u umumiy kafolat sifatida nomoyon bo’ladi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydi, bunda jamiyatning barcha a’zolari oliy hokimiyatga bo’ysunadilar. Faqat oliy hokimiyatgina ezgulik va yovuzlik, adolat va adolatsizlik o’rtasidagi chegarani aniqlash hamda nimani qilishi mumkinu nimadan tiyilish lozimligini belgilash huquqiga ega bo’ladi. Shuningdek, oliy hokimiyat vakolatiga qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ularni sharhlash, mansabdor shaxslarni tayinlash va boshqa huquqlar ham kiradi. Donishmandning fikricha, oliy hokimiyat hech qanday qonunlar bilan bog’liq bo’lmaydi. Biroq uning irodasiga barcha bo’ysunishi va uning ko’rsatmalari so’zsiz bajarilishi shart. Spinoza shartnomadan keyin vujudga keladigan huquqni “xususiy fuqarolik huquqi” deb nomlaydi. Xususiy fuqarolik huquqi ham umumiy huquq kabi o’z mohiyatiga ko’ra tabiiy huquq hisoblanadi. Ilohiy huquq bundan mustasno. Xususiy fuqarolik huquqi fuqarolik holati sharoitida oliy hokimiyat tomonidan ruxsat etilgan individning tabiiy huquqidir. Individ tomonidan ruxsat etilmagan boshqa tabiiy huquqlarning amalga oshirilishi jinoyat sanaladi. Spinoza davlat va tabaalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mavzusida mulohaza yuritar ekan, ularni buyruq tarzidagi munosabatlar sifatida nomlaydi. Davlatning maqsadlari mavzusini yoritishda Spinoza quyidagicha o’ziga xos xulosalarga keladi: Davlatning pirovard maqsadi — barchani qo’rquvdan xalos etish, xavfsizligini ta’minlashdir. Ayniqsa, davlatning maqsadi — chin ma’nodagi erkinlikdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Spinoza davlatning kelib chiqishida shartnoma nazariyasiga tayanadi. Shartnomaviy nazariyaga muvofiq, oliy hokimiyat va tobelar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda tabaalar o’zlariga tegishli ma’lum huquqlardan oliy hokimiyat foydasiga voz kechadilar. Shunday bo’lsa-da, fuqarolar o’zlarining huquqlarini to’lig’icha oliy hokimiyat tasarrufiga topshirmaydilar hamda o’zlari uchun muhim bo’lgan va faqat o’zlarigina qaror qabul qila olish vakolatini beruvchi huquqlarni saqlab qoladilar. Agar Spinoza qarashlarida kuch-qudrat va huquq aynan o’xshash kategoriyalar sifatida ko’rib chiqilishini inobatga olsak, bu holatning qanchalik muhim ekanligi tushunib olishimiz qiyin bo’lmaydi. B.Spinoza fuqarolarning davlatga qarshi kurash olib borish, davlat institutlari tomonidan o’rnatilgan qonun-qoidalarni o’zgartirish, sharhlash va ularga rioya qilmaslik huquqini inkor etadi. Biroq hokimiyat idoralari tomonidan tabaalar huquq va erkinliklarining paymol qilinishi, tabaalar bilan tuzilgan shartnoma shartlarining buzilishi natijasida kelib chiqqan qarama-qarshilikni Spinoza xalqning tabiiy huquqi sifatida baholaydi. B. Spinozaning siyosiy-huquqiy qarashlarida axloq mavzusi etakchi o’rin tutadi. Spinoza davlat (oliy hokimiyat)ning uch shaklini ko’rsatib o’tadi, bular: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Mutafakkir demokratik davlat boshqaruvini qo’llab-quvvatlaydi. Shuning uchun ham u monarxiya boshqaruv shaklini tahlil qilar ekan, bir odam oliy huquq va davlatning butun qudratining sohibi bo’la olmasligini ta’kidlaydi hamda monarx huzuridagi kengashga katta o’rin ajratilishi lozimligini uqtiradi. Davlatning asosiy qoununlarini himoya qilish, muhim masalalar bo’yicha tavsiyalar berish kabi masalalar bunday kengashning asosiy maqsadi bo’lmog’i lozim. Odil sudlovni amalga shirish uchun alohida kengash tuzilishi kerak bo’ladi. Uning fikricha, aristokratik boshqaruv shakli monarxiyadan afzalroqdir. Chunki davlat hokimiyati ma’lum darajada saylangan shaxslar qo’lida bo’ladi. Aristokratiyadan farqli o’laroq, “oliy hokimiyatning mutlaq shakli” bo’lgan demokartiyada hukmdorning tayinlanishi bevosita asosiy qonun qoidalarida belgilab qo’yiladi. Spinoza o’z qarashlarida yana quyidagi mulohazalarni ham ilgari suradi: davlatlararo munosabatlarda davlatlar tabiiy holatda bo’ladi va ikki davlat o’z tabiatiga ko’ra bir-biri bilan dushman hisoblanadi. Urush huquqi har bir davlatning alohida huquqidir. Chunki urush faqat tinchlik barqaror bo’lishi yo’lida olib borilishi lozim, toki urush to’xtagach, boshqa qurol ko’tarilmasin. Tinchlik huquqi – ittifoqdosh bo’lgan ikki yoki undan ortiq davlatlarning huquqidir. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling