Bohodir eshov
Buyuk fransuz buijua inqilobining tarixiy ahamiyati
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Monteskening siyosiy qarashlari.
Buyuk fransuz buijua inqilobining tarixiy ahamiyati.
Gap fransuz burjua inqilobi haqida ketganida, unga nisbatan «Buyuk» so’zi qo’shib qo’llaniladi. Chunki bu inqilob o’rta asr feodal tartiblarini to’la bekor qildi. Kishining kishiga shaxsan qaramligini tugatdi. Monarxiyaning hech qanday ko’rinishi bilan murosa qilmadi. Fransiyada respublika tuzumi qaror topdi. Angliya buijua inqilobi buijuaziya va zodagonlar kelishuvi bilan yakunlangan bo’lsa, Fransiyada burjuaziya zodagonlarni yengdi. Eski jamiyat va davlat tuzumini to’la buzib tashladi. Sanoat to’ntarishi uchun sharoit hozirladi. 1.Volterning siyosiy qarashlari Fransua-Mari Volter (1694-1778) ta’kidlashicha, erkinlikka intilish odamning tabiiy instinktidir. Bu instinkt uning jon saqlashi va yashashi uchun zarur jamiyatni yaratishga undaydi. Jamiyat insonning takomillashishiga imkon beradi. Volter nuqtai nazariga ko’ra, tabiiy qonunlar bu aql qonunlari, insoniyatga tabiat in’om qilgan qonunlardir. Inson erkinlikda yashashni istaydi, shunga intiladi. Erkinlik bu fikr erkinligi, matbuot, vijdon erkinligi, o’zboshimchalikka yo’l qo’ymaslikdir-"Erkinlik faqat qonunlarga qaram bo’lishdan iboratdir",-deydi Volter.Volter demokratiya va halq hokimiyatchiligidan o’lguday qo’rqar edi.1 U ma’rifatli absolyutizm tarafdori edi. 2.Monteskening siyosiy qarashlari. Tabiiy huquq nazariyasining rivojlanishiga frantsuz faylasufi ma’rifatparvar siyosiy mutafakkir va huquqshunos Sharl Lui Monteske (1689-1775) katta hissa qo’shdi. Monteske asarlari ichida uning "qonunlar ruxi haqida" asari aloxida o’rin egallaydi. Bu asarda bayon qilingan ta’limot burjua dunyosining siyosiy-huquqiy fikr tarixi va davlat muassasalarining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Monteske ta’limotining mohiyati har bir xalq qonunlarining "ruhi" bir qancha konkret shart-sharoitlar bilan belgilanganligi, bu shart-sharoitlarning har biri o’ziga xos ahamiyat kasb etishini anglashga qaratilganligidadir. Monteske fikricha, qonun chiqaruvchi birinchi navbatda iqlim bilan hisoblashishi zarur. Issiq iqlim xalqni noziklashtiradi va erinchoq qiladi. Shuning uchun bu erda jazo bilan qo’rqitish odamlarni ishlashga majbur qiladi. Davlat depotizm shaklida bo’ladi. Iqlimdan tashqari Montesk’e erning hosildorligi, tog’lar va orollar, tekisliklar, iqtisodiy ahvol, dinning roli haqida ham fikrlar bayon qiladi. Mo’tadil iqlim qonunlar ruhiga ijobiy ta’sir qiladi, deb hisoblaydi. Monteske fikricha, geografik muhit jamiyat rivojining boshlang’ich davrida xal qiluvchi rol o’ynaydi, chunki bu davrda tabiat va iqlimning ta’sirini cheklashga qodir qonun chiqaruvchi odamning o’zi bo’lmagan qonun "ruxini", uning mazmunini belgilovchi muhim omil davlatning boshqarish shakli, jamiyatdagi siyosiy tuzimdir. Bu omil geografik omil ta’sirini cheklab qo’yishi ham mumkin, deb hisoblaydi Monteske. Mana shuning uchun Monteske davlat shakllariga alohida to’xtaladi. U uchta to’g’ri davlat shakllarini ajratadi: demokratiya, aristokratiya va monarxiya. Bularning barchasiga ta’rif beradi va o’ziga xos hususiyat va belgilarini ko’rsatadi. Uning o’zi konstitutsion monarxiya tarafdori edi. U despotizmni qoralaydi, uni tabiiy xuquqqa mutloq zid siyosiy tuzum deb biladi. Siyosiy tuzumning qonunlar ruxiga ta’siri haqidagi fikrlarini Monteske erkinlik va uni ta’minlash masalasi bilan bog’laydi. Uning fikricha, erkinlik bu xavfsizlikni xis qilishdir. Bu xissiyot qonunlarning xukmronligidan kelib chiqadi. Davlatdagi erkinlikning eng muxim belgisi qonunchiliqdir. Binobarin, siyosiy arbobning asosiy vazifasi qonunchilikning ta’minlash chora va vositasini topish va ko’rsatib berishdan iboratdir. Bunday vosita, deydi Monteske, hokimiyatlar taqsimlash printsipini joriy qilishdir. Mana shu printsip joriy qilingan davlatdagina erkinlik ta’minlanishi mumkin. Bu siz despotizm xukm suradi. Monteskening hokimiyatlarni taqsimlash ta’limoti o’z zamondoshlari orasida mashhur bo’ldi. Bu ta’limot XVIII asr oxiri Frantsuz burjua revolyutsiyasining konstetitutsion hujjatlarida o’z aksini topdi. Masalan, 1789 yilgi "Inson va grajdanin xuquqlarining Deklaratsiyasi" da shunday deyilgan: "Huquqlardan foydalanish ta’minlanmagan va hokimiyatlarning taqsimlanishi o’rnatilmagan jamiyat konstetitutsiyaga ega emas". Hokimiyatlarni taqsimlash printsipi 1787 yil AQSh konstitutsiyasida ham o’z aksini topgan. Keyinchalik bu printsip barcha demokratik davlatlar, jumladan O’zbekiston Reepublikasi Konstitutsiyasida ham o’z aksini topdi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling