Bohodir eshov
Yakobinchilar partiyasidagi ichki kurash
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakobinchilar diktaturasining ag’darilishi.
- 1799-yil 9-noyabrdagi davlat to’ntarishi.
- konsuli»
Yakobinchilar partiyasidagi ichki kurash. Yakobinchilar orasida ichki siyosat borasida yagona birlik yo’q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo’linib ketgan edilar. Yakobinchilarni birlashtirib turgan omil-bu chetel bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shomett rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim o’ta kambag’al ham bo’lmaydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo’lishini ta’minlaydigan» jamiyat tarafdori edilar.
M. Robespyer tarafdorlari ularni qamoqqa oldilar va o’lim jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yakobinchilarning Danton boshchiligidagi «shafqatlilar» guruhini ham xavfli deb hisoblardilar. Danton mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan turli guruhlarning o’zaro murosa qilishi tarafdori edi. U barcha partiyalardagi yaxshi niyatli kishilarning ittifoqini tuzish yo’li bilan o’zaro zid diyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi. Danton inqilobiy diktaturani to’xtatishni, konstit utsiyaviy tartibga qaytishni, terrordan voz kechishni talab qila boshladi. M. Robespyer guruhi Danton talablarini rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar va qatl etildilar. Mamlakatda o’rnatilgan terror siyosati dahshatlari hammaning tinka-madorini quritdi. Bu esa, Robespyerning obro’sini tushirib yubordi. M. Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqali raqiblarini yo’qotish bilan o’z shaxsiy halokatini ham tayyorlab bordi. Xalq qonli boshqaruvga asoslangan respublikani yomon ko’rib qoldi. M. Robespyerning barcha dushmanlari yagona ittifoqqa birlashdilar. Yakobinchilar diktaturasining ag’darilishi. Konventda M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi. 1794-yilning 27-iyulida Konvent unga qarshi ayblov e’lon qildi va M. Robespyerni qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent uni qonundan tashqari deb ham e’lon qildi. Bu-sudsiz qatl etish degani edi. Hammasi bo’lib yuzga yaqin kishi qatl etildi. Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi. Bu inqilobning yakunlanishi ham edi. Hokimiyat tepasiga inqilob yillarida boyib ketgan yangi boylar deb ataluvchi yirik burjuaziya keldi. Ular mulk va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan Respublika tarafdori edilar. 1795-yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tuzumini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda ikki palatali parlament joriy etildi. O’z imtiyozlaridan to’la mahrum bo’lgan monarxiya tarafdorlari bunga javoban 1799-yilda isyon ko’tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq general Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo’ldi. U isyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo’1 ochdi. 1799-yil 9-noyabrdagi davlat to’ntarishi. Endi hukmron doiralar Fransiyada Napoleondek qattiqqo’l kishining hokimiyatini o’rnatish kerak, degan xulosaga keldilar va davlat to’ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozilik berdi. Ular 1799-yil 9-noyabrda Konventni Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etdilar. Uning tarkibi 3 kishidan iborat edi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo’lishdi. Uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo’lida to’plandi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling