Bohodir eshov


Download 0.73 Mb.
bet61/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Ikkinchi bosqich: qaxramonlar davri ya’ni bu davrda hokimiyat aristokratiya qo’lida bo’lgan. Huquq normalari qat’iy va shavqatsizdir.
Uchinchi bosqich: insonlar davri bo’lib, bunda respublika demokratik boshqaruvi, qonunning ustivorligi, xalq suvereniteti ta’minlangan davrdir1.
Huquqshunoslik fanida janoyat huquqida “klassik maktab” asoschisi Chezare Bekkaria (1738-1794) tomonidan yozilgan “Jinoyatlar va jazolar to’g’risida” nomli asarida siyosiy-huquqiy ta’limotlar berilgan. “Jinoyatchilikning asosiy kelib chiqishi sotsial tengsizlik oqibatida” deydi.
7-Mavzu. AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy ta’limotlari.
REJA
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida.
2. Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari.
3. Tomas Peynning siyosiy qarashlari.
4.A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida.
XVIII asr ikkinchi yarmida Amerika qo’shma Shtatlarining mustaqillik uchun kurashi keskin tus oldi. Bu 1775-1783 yillar grajdanlar urushda yaqqol namoyon bo’ldi. Metropoliya zulmiga qarshi harakatlar demokratik g’oyalarni rivojlanishiga, tabiiy huquq nazariyalarini tarqalishga katta turtki berdi.
Mustaqillik uchun kurash davrining siyosiy fikrida 1776 yilda qabul qilingan Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi alohida axamiyat kasb etadi. Unda barcha kishilar yashash, erkka, mulkka ega bo’lish va havf-hatarsiz turmush kechirish tabiiy huquqlariga egadirlar, xalq hokimiyat manbaidir, suverenitet xalqqa tegishlidir, xukumat xalq xizmatkori, barcha davlat idoralari xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi, hokimiyat bo’linish printsipini joriy qilish kabi g’oyalar o’z ifodasini topgan. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, unda siyosiy ta’limotlarning asosiy g’oyalari, ayniqsa xalq suvereniteti g’oyasi davlatning amaliy printsiplari sifatida birinchi bo’lib e’lon qilingandir.
Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy g’oyalarini ishlab chiqish va ularni siyosiy tajribaga joriy qilishda Amerika qo’shma Shtatlari demokratlari T. Djefferson, T. Peyn katta rol o’ynadilar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling