Bohodir eshov


A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari


Download 0.73 Mb.
bet64/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

4.A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari
Aleksandr Gamilton (1757-1804) tomonidan berilgan nazariyada davlatni qattiq markazlashgan siyosatda ushlab turishni tushuntirilgan. Jamiyatda «past» (qambag’allar) va «yuqori» (boylar) tabaqa vakillariga bo’linishi A.Gamiltonning g’oyalaridan biri.
«Davlatning asosiy vazifasi - deydi u – xususiy mulkni halqdan himoya qilish». Uning qarashlarida federalizm masalasi alohida o’rinda turgan.
Jon adamsning qarashlarida davlat va siyosiy fanlar Bilan bog’liq masalalarga alohida o’rin beradi. Davlat formalari orasida aralash davlat formasi g’oyasini ilgari suradi.1
Jeyms Medison Filadefiya konventi qatnashchilaridan biri bo’lib, AQShning respublika shaklidagi boshqaruvini tarkib toptirishga kata hissa qo’shgan.Medison «faktsiya» iborasini siyosiy tahlil etib, o’rganib , Ushbu iborani «fraktsiya» iborasidan farqini izohlab beradi.2
9-Mavzu. XVII-XX asrlardagi liberalizm siyosiy ta’limoti
REJA:
1.Liberalizm siyosiy qarashlari. Siyosiy ta’limotlarda tabiiy huquq g’oyalarining tutgan o’rni.
2.Jon Lokk, Benedikt Spinoza, Tomas Gobbslar siyosiy-huquqiy qarashlarida liberalizm g’oyalari.
3. XVIII-XIX asr liberalizmi taraqqiyoti.
4.Immanuel Kantning siyosiy qarashlari.
5. XX asr Liberalizmining xususiyatlari.
1.Liberalizm siyosiy qarashlari. Siyosiy ta’limotlarda tabiiy huquq g’oyalarining tutgan o’rni.
XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g’arbiy Evropada kapitalizm qaror topdi va rivojlandi. Sanoatda yuz bergan keskin o’zgarishlar manufaktura ishlab chiqarishning yirik mashina industriyasi bilan almashuv jarayonining tezlashtirdi. Bu jarayon eng oldin Angliyada, keyin Frantsiya va boshqa Evropa mamlkatlarida yuz berdi. Yirik sanoat, savdo, aloqa vositalarini rivojlanishi, umumjaxon bozorining vujudga kelishi va boshqalar kapitalizmning jaxon ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga aylanishini ta’minladi.
Mana shu o’zgarishlarga mos xolda siyosiy tizimvujudga kela boshladi. XIX-asrning birinchi yarmida inson huquqi va erkinliklarining mustaxkamlanishiga mos
konstitutsiyalar qabul qilindi. Xususiy va davlat huquqi tizimi tashkil topdi. Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik institutlari vujudga kela boshladi. Konstitutsion monarxiya va respublika shaklidagi zamonaviy vakolatli davlatlar paydo bo’la boshladi. Siyosiy hayotda erkinlik va taraqqiyotga, qonunchilikka intilish ko’chaydi. G’arbiy
Evropada o’rnatilgan kapitalistik tuzum o’zining mafkurasini liberalizmda ifoda kildi.
Liberalizmning asosiy g’oyalari: har bir shaxs qadr- qimmat va erk egasi va o’z harakatlari uchun mas’uldir; shaxs erkinligining zaruriy sharti xususiy mulkdir; erkin bozor, erkin raqobat va erkin tadbirkorlik, teng imkoniyatlar;
siyosiy sohada-hokimiyatlar bo’linishi, qonun ustivorligi, xuquqiy davlat g’oyasi, shaxsning asosiy xuquq va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov xuquqi va
boshqalar.
Liberalizm turli ijtimoiy-tarixiy va milliy-madaniy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. Unda turli xil bir-biridan farq qiladigan qirralar, bosqichlar va qarama-qarshiliklar borligini ko’rish mumkin. Turli davrlarda u har xil shakllarda namoyon bo’ldi.
Bu xolni hisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo’lishi mumkin.
Lekin liberalizmning xillari ko’p bo’lishidan qat’iy nazar uning ildizlari, asosiy g’oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy-siyosiy fikrning maxsus turi sifatida namoyon qiladi. Liberalizmning ildizlari uyg’onish davrlari bilan bog’liq. Uning boshlanishida J. Lokk, Sh.L.Montesk’e, I. Kant, T. Djefferson va boshqalar turgan edilar.
Liberalizmning shakllanishiga ma’rifatparvarlik harakatining namoyondalari, nemis klassik falsafasi vakillari ham muxim hissa qo’shdilar. Yuqorida ko’rganimizdek, ular o’z qarashlari bilan bir biridan farq qilsalarda, ularning barchasi o’z davrining muxim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o’z samaradorligini yo’qotgan ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar.
Mana shunday yondashuv asosida klassik liberalizm merosiy hokimiyat shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qiladi. Uning vakilalari yakka individning erki va tabiiy kobiliyatlarini birinchi o’ringa qo’ydilar. Har bir odamning yashash, erkinlik va xususiy mulkka ega bo’lish xuquqlari g’oyasi zamirida mana shu individualizm yotadi.
Siyosiy va grajdanlik erkinliklar iqtisodiy erkinlikdan chiqarildi. Individual erkinlik g’oyasining shakllanishi va qaror topishi davlat va shaxs munosabatlari, davlatning individ ishlariga aralashish chegaralari muammosi aniq ajralib chiqa boshladi. Shu qoidalar asosida huquqiy va siyosiy kontseptsiyalar vujudga keldi. Bu kontseptsiyalar huquq har bir individning qadr-qimmati va erkinlikni himoya qilish vositasi sifatida talqin qilindi.
Bu individualistik ideal tadbikorlik, mexnatsevarlik, yangilikka intilish kabi fazilatlarni shakllanishiga turtki bo’ldi.
Kapitalizmning o’zgaruvchan tizim sifatida rivojlanishida mana shu qadriyatlar katta rol o’ynadi. Liberalizmning vakillari insonning iqtisodiy, jismoniy va intelektual erkinligi, maqsad va manfaatlarini amalga oshirish yo’lida teng imkoniyat va huquqlarga ega bo’lish uchun kurashdilar. Liberalizm inson hayotining yangi harakatchan kuchlarini ochdi. U Evropaga tadbirkorlik va biznes yo’lidan har qanday to’sqinlarni uloqtirib tashlashni o’rgatdi. Erkinlik bo’lmagan erda tadbirkorlik rivojlanmasligini ko’rsatdi.
Liberalizm ijtimoiy hayotning barcha sohalarida plyuralizm printsipi joriy qilinishining talab qildi. Ijtimoiy sohada turli sinf, qatlam va toifalar, manfaatdor guruhlar erkinligi; madaniy sohada turli xil maishiy madaniyatlar, siyosiy sohada-siyosiy harakatlar, partiya va jamoat tashkilotlari erkinligi.
Liberalizmning shaxs erkinligi talabalaridan har kim xoxlaganini qilishi mumkin degan xulosa chiqmaydi. Shaxs erkinligi g’oyasining ajralmas ikkinchi tomoni shaxsning jamiyat oldida ma’sulligi g’oyasidir. Liberalizm vakillari umumiy baxt-saodatning ta’minlashda davlat ijobiy rol o’ynashi mumkinligini ham inkor qilmaydi. Konstitutsiyaviylik, parlamentarizm va huquqiy davlat qadriyati va printsiplarini ishlab chiqishda liberalizmnint roli katta bo’ldi.
Umuman olganda liberalizm dogmatizm, sxematizmga zid tafakkur tarzidir. Unda o’zgarmas, bir xil me’yor va qoidalar yo’q. Liberalizm sharoitning o’zgarishi bilan o’zgarib bordi, unga moslashdi. U o’z vazifasini o’tab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy institut, me’yor va qadriyatlarni qayta ko’rib chiqish, xatto ularni o’zgartirishdan ham qo’rqmadi. Liberalizm vakillarining ko’pchiligi klassik merosni o’zgaruvchan sharoitga moslashtirish bilan band bo’lganlar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling