Bohodir eshov
Jon Lokk, Benedikt Spinoza, Tomas Gobbslar siyosiy qarashlarida liberalizm g’oyalari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
2.Jon Lokk, Benedikt Spinoza, Tomas Gobbslar siyosiy qarashlarida liberalizm g’oyalari.
Tabiiy huquq nazariyasiga katta hissa qo’shgan mutafakkirlar orasida Jon Lokk (1632-1704) alohida o’rin egallaydi. U siyosiy nazariya klassiklaridan biri hisoblanadi. Uning davlat va tabiiy huquq haqidagi g’oyalari "Boshqaruv haqida traktat" nomli asarida ifodalangan. Bu asarni liberalizmning bibliyasi deb ham ataydilar. Lokk odamlarning tabiiy holatini tasvirlashda Gobbsning hammani hammaga qarshi urush holati haqidagi fikriga qarama-qarshi fikrini bayon qiladi. Uning fikricha, tabiiy holatda erkinlik va tenglik xukm suradi. Tabiiy erkinlik xech qachon begonalashtirilmaydi. Lokk mulkka egalikni ham erkinlik kabi odamning tabiiy huquqi deb xisoblaydi. Odamlarning erkinligi va ularning mulki, deydi Lokk, tabiiy holatda ishonchli muxofaza qilinmaydi. Umumiy tenglik tufayli barcha o’zini qirol deb tasavvur qiladi. Biroq, ko’pchilik hamma vaqt ham adolat talablariga rioya qiladi deb bo’lmaydi. Bu hol o’z mulkiga egalik qilishni qiyinlashtiradi. Odamlarning olmiy maqsadi o’z mulkini, tabiiy erkinligini muxofaza qilishdan iboratdir. Shu maqsadda ular ijtimoiy shartnoma asosida o’zlarining tabiiy erkinligi, hayoti va mulkini muxofaza qilish huquqini jamiyatga topshiradilar. Lekin tabiiy huquqning barchasidan voz kechilmaydi. Individ faqat hokimiyatning saqlanishi uchun zarur bo’lgan miqdordagina tabiiy huquq va erkinliklarini cheklaydi. Qolgan qismi insonning o’zida daxlsiz qoladi. Davlatning vazifasi deydi Lokk, o’z tadbirkorlarining xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tartib saqlashdan iboratdir. Lekin davlat savdo-sotiq va sanoatni boshqarish ishlariga aralashmasligi lozim. Davlat individlarga ijtimoiy va iqtisodiy tenglikni emas, balki huquqiy tenglikni ta’minlashi kerak. Madomiki, individlar ijtimoiy shartnomani ma’qullar ekanlar, unda ularning hammasi ko’pchilikning irodasiga bo’ysunishi lozim. Lokk absolyutizmga qat’iy qarshi chiqadi. U hukmdorlar hokimiyatini cheklash muammosi bilan jiddiy shug’ullandi, hokimiyatning bo’linish printsipini qo’llab-quvvatladi. Lokk qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va ittifoq, (federativ) hokimiyatlarni ajratadi. Ular bitta organ qo’lida bo’lmasligi kerak. Sud hokimiyatini Lokk ijro etuvchi hokimiyat ixtiyoriga beradi. Lokk o’ziga zamondosh Angliyadagi siyosiy sharoitning nazariy ximoyachisi sifatida ijod qildi. Uning ta’limoti burjua davlatchiligi printsiplarini asoslashga qaratilgan edi. Shuning uchun ham u keyingi davr burjua siyosiy ta’limotlari rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Tabiiy huquq nazariyasining rivojlanishiga Gollandiya faylasufi B.Spinoza (1632-1670) ham o’z hissasini qo’shdi. Uning siyosiy va huquqiy qarashlari "Diniy-siyosiy traktat", "Siyosiy traktat", "Etika" asarlarida o’z ifodasini topgan. Spinoza davlat va huquqning moxiyati, kelib chiqishini tabiiy zarurat nuqtai nazardan tushuntirishga harakat qildi. Uning ta’limotining boshlang’ich nuqtasi tabiiy huquq tushunchasidir. Uning fikricha tabiiy huquq bu dunyodagi barcha narsalar itoat qiladigan tabiiy qonunlar yoki qoidalardir. Tabiiy xuquqqa binoan inson kuchi etganicha xoxlagan narsasini qilishga xaqlidir. Lekin insonnnig kuch-qudrati, o’z jonini saqlashi aqlga itoat qilish bilangina ta’minlanadi. Aql esa insonni boshqa odamlar bilan muloqatda bo’lishini buyuradi, chunki odam hayot kechirishi uchun zarur narsalarni yolg’iz o’zi topishga qodir emas. Odamning xavfsizligi, uning tabiiy huquqlari jamiyatdagina ta’minlanishi mumkin. Jamiyatdan tashqarida uning kuch-qudrati madad olish imkoniyatidan maxrum. Natijada odam muqarar ravishda begona bir kuchga bo’ysunishga mujbur bo’ladi. Shuning uchun odamlar tabiiy holatdan grajdanlik xolatiga o’tadilar. Ular o’zlarining kuchi va tabiiy huquqlarini birlashtiradi va xavfsizlikda yashash uchun davlat hokimiyatini o’rnatadilar. Davlat bilan birga "umumiy huquq" ham paydo bo’ladi. Bu huquq davlatga birlashgan barcha odamlarning kuch-qudrati bilan belgilanadi. Alohida odamlarning tabiiy huquqlarining birlashtirilishi va odamlarning bir butun birikmasi hokimiyatni tashkil qiladi. Spinoza ta’limotiga ko’ra tabiiy holat davlatning paydo bo’lganidan keyin ham saqlanadi, bekor qilinmaydi. Davlatda u faqat o’zgartiriladi. Spinoza davlat hokimiyatining chegarasini aniqlash, tabiiy xuquqlarning daxlsizligi, qirol hokimiyatini cheklash masalalarini qo’ydi. Ayniqsa, deydi Spinoza, oliy hokimiyat erkin fikrlash va vijdon erkinligini cheklamasligi kerak. Spinoza davlat shakllari haqida o’z fikrini bayon qilib, demokratik davlat tizimini tarafdori ekanligini bildiradi. Demokratiyada be’mani qonunlarning chiqib qolish xavfi deyarli yo’q, chunki ko’pchilik be’manilikka yo’l qo’yishi mumkin emas. Spinoza cheklanmagan monarxiyaning jiddiy dushmani edi. Uning davlat va huquq haqidagi ta’limoti fikr va vijdon erkinligi printsiplarini asoslashga qaratilgandir. Angliyalik mutafakkir Tomas Gobbs (1588-1679) tomonidan davlat va huquq haqidagi yangi ta’limotlar paydo bo’ldi. T. Gobbs davlat va huquq to’g’risidagi nazariyasida, shaxsning tabiatdagi o’rni bilan bog’laydi. Uning fikricha «dastlab insonlarning barchasi teng, ozod bo’lib, jismoniy va ruxiy jixatdan teng huquqli edilar keyinchalik «inson-insonga dushman» tarzida fikr har bir kishida paydo bo’dishi tufayli, teng huquqlilik printsipi yo’qoldi». Gobbsning tabiiy huquq nazariyasida «huquq» (jus) va «qonun»(lex) tushunchalarini alohida tushuntirib beradi. Uning fikricha “Huquq”- bu erkinlik bo’lib, nimadir qilish yoki nimadir qilmaslikdir, “qonun” esa – nimadir qilish yoki qilmaslik to’g’risidagi o’lchovdir”. T. Gobbs davlat boshqaruviga tarif berar ekan: “Mutloq hokimiyat tinchlik garovi va tabiiy qonunlarning muomalaga kiritishdir” deydi. Davlat insonlar tomonidan “barchaga qarshi urush” ga chek qo’yish, tinchlik osoyishta hayot uchun tuzilgan tashkilotdir. T. Gobbsning fikricha davlat formalari asosan uch hil ko’rinishda ya’ni monarxiya, demokratiya va aristokratiya bo’lishi mumkin. Davlat o’z fuqarolariga ozodlik va erkni kafolatlashi kerak. T.Gobbs fikricha monarxiya boshqaruv uslubi eng maqul davlat boshqaruv uslubidir. U B. Spinozaning “podsho bu davlatdir” degan fikriga qo’shiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling