Bohodir eshov
XVIII-XIX asr liberalizmi taraqqiyoti
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
3. XVIII-XIX asr liberalizmi taraqqiyoti.
XIX asrning ikkinchi yarmidagi siyosiy va huquqiy ta’limotlarining ijtimoiy ildizlari G’arbiy Evropaning ilgor rivojlangan kapitalistik mamlakatlardagi kapitalizmning rivojlanib borishiga taqalardi. Birinchi tomondan erkin rakobatning gullab yashnashi, ba’zi bir mamlakatlarda burjua huquq va erkinliklarning kengayib borishi Burjua siyosiy va huquqiy mafkuradagi kuchli liberal - individualistik tendentsianing rivojini takozo kilardi va liberializm usha davrning burjua siyosiy - huquqiy fikrida muxim yo’nalishga aylana bordi. Ikkinchi tomondan, XIX asr oxiriga kelib Erkin rakobat monopoliyaning xukmronligiga joy bo’shatib bera boshladi. Imperializmning oyokka turib olishi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuviga olib kirdi. Burjuaziya ishchilar sinfiga yon bosishga, qator ijtimoiy qonunchilik aktlarini kabul qilish ga majbur buldi. Xalqning mexnatkashlari makbul va yaxshirok tuzm uchun kurashi Parij Kommunasida uz aksini topdi. Burjua davlati o’zining ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatini kengaytirishga kirishdi, ijtimoiy xayotning turli jabxalariga faolrok aralasha boshladi. Bularning barchasi burjua Siyosiy va huquqiy mafkuradagi konservativ, antidemk va reaktsion tendentsiyani kuchaytirishga olib keladi, Liberalizmning inqirozi, zurlik kulti etatizm, agressiv siyosat, rasizm, shovinizm va eshtizm ushbu tendentsianing tipik nomoyon etilishi edi. ETATIZM - burjua siyosiy fani tushunchasi bo’lib, bu tushuncha davlatning mamlakat iqtisodiy va siyosiy xayotiga faol aralashuvini bildiradi. Zurlik nazariyasi – idealestik nazariya bo’lib, bu nazariyaga kura ijtimoiy tengsizlik birovlarning boshqalarga zurlik qilish i natijasida paydo bo’lgan emish. Burjua siyosiy mafkurasida reformizm va revizionizm okimlar xam paydo bo’ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidagi burjua siyosiy huquqiy ta’limotlar spekulyativ- metofizik falsafani sikib chiqargan pozetiv asosiga tayanib, rivojlana bordi. Spekulyativ falsafa (aql sotish falsafasi) – bilimning aql sotish tipiga, ya’ni bilimni tajribaga murojaat qilmasdan refleksiya yordamiga xulosa qilib chiqarishga asoslangan falsafiy sistemalar. Pozetivizm (lat. Positivus – ijobiy) – konkret (empirik) fanlarni chinakam, Xaqiqiy bilimning birdan-bir manbai deb biluvchi falsafadagi bir yo’nalish bo’lib, falsafiy tadkikotning biluvchilik kimmatini inkor etadi. Pozitivizmning paydo bo’lishi spekulyativ falsafaning (nemis kl. idealizmining) fanlarning rivoji ilgari so’rgan falsafiy muammolarni xal etishga etishga kodir emasligiga uziga xos javob edi. Pozitivizm keyinchalik bilimlar xosil qilish vositasi sifatida nazariy akl yuritishni butkul rad etdi. Pozitivizmning asoschisi Kant edi. Va Kantning o’zi «pozitivizm» terminini kiritgan edi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling