Bohodir eshov
REJA: 1.Rossiyada siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Rossiyada siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi
REJA:
1.Rossiyada siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi 2.Ma’rifatparvar va ularning siyosiy qarashlari. 3.Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy qarashlari. 4.Liberal yo’nalish vakillarining siyosiy qarashlari. 1.Rossiyada siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi Rossiya siyosiy madaniyati o’zining xususiyati va an’analariga egadir. Ular bir qancha omillar ta’sirida shakllandi. Bu omillar orasida Rossiyaning jug’rofiy-siyosiy holati, uning Sharq bilan g’arb o’rtasida joylashganligi, katta xududiy makonga egaligi va iqlimiy sharoitlari aholi tarkibining xilma-xilligi, xo’jalik faoliyati, ijtimoiy-madaniy turmushi, an’analari va e’tiqodlarini eslatib o’tish kifoyadir. Rossiya davlati ko’p millatli bo’lganligi uchun muayyan darajada milliy, tarixyy, diniy, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarni xisobga olishga majbur edi. Masalan, muayyan siyosiy maqsadlarga bo’ysundirilgan shaklda rus davlati qonunlari bilan bir qatorda shariat, odat huquqi va boshqa huquq tizimlari ham harakatda bo’lgan. Ko’p asrlar davomida Rossiyada hukm so’rgan mustabid hokimiyat tuzumi, aholining aksariyat qismini huquqsizligi, ichki va tashqi siyosatda asosan zo’rlik usullariga amal qilish, mamlakatning boshqarishda markazlashgan byurokratizimga tayanish, har qanday erkin fikrning bostirish siyosati mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy xayotining qoloq va to’rg’un xolatda qolishiga sabab bo’ldi. XI-asrda vujudga kela boshlagan rus siyosiy va xuquqiy ta’limotlarida mustaqillik, davlatning markazlashtirish, kuchli, cheklanmagan mustabid podshox hokimiyatini o’rnatish g’oyalari o’z aksini topadi. Bu ta’limotlarda pravoslav cherkov bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalalari ham katta o’rin olgan. Provaslav cherkovi davlatning idoralaridan biridir. U podshoh hokimiyatiga bo’ysunishi shart, degan fikr keng targ’ib qilindi. Mamlakatni qoloqlikdan chiqarish zarurligini anglash Petr I davridan boshlab rus davlatchiligining eng muhim strategik vazifalaridan biri bo’lib qoldi. Keyingi davrlarda ham Rossiyaning g’arbiy Evropa ilg’or mamlakatlariga nisbatan orqada qolganligi, iqtisodiy va madaniy, siyosiy va huquqiy ahvolining Evropaga taqqoslab baholash va zarur bo’lgan islohotlarni amalga oshirish muammolari siyosiy fikr diqqat markazida bo’ladi. Rus davlati o’zining hududiy va etnik tarkibi jixdtidan Evropa kontinentiga mansub davlat sifatida shakllandi. Bunga xristianlikning ta’siri katta bo’ldi. Xristianlik 988 yil Kiev Rusi knyazi Vladimir davrida qabul qilindi va davlat dini sifatida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynadi. Rus davlati taraqqiyotining hamma bosqichlarida rus davlatchiligining boshlanishi va ildizi Kiev Rusi ekanligi haqidagi g’oya o’qtirilib kelindi. Rossiyaning mo’g’ullar zulmidan ozod qilinishi, Moskva knyazligi zaminida markazlashgan rus davlatining shakllanishi va mustaxkamlanishi davriga kelib Kiev Rusi va Moskva davlati tarixining ildizi bir ekanligi xaqidagi g’oya xukumron davlat mafkurasi darajasiga ko’tarildi. Bu g’oya Moskva hukumdorlarining Kiev buyuk knyazlari orqali dunyopodshohi hisoblangan Rim imperatori Avgust bilan vorislik aloqasi borligini va provaslav xristianligining yagona homiysi Moskva hukumdorlaridir, degan fikrni asoslashga xizmat qilishi kerak edi. Moskva qadimiy Rim va Konstantinopoldan keyingi "uchinchi Rim", deb e’lon qilinishi shu bilan izohlanadi. Bu ta’limotni Pskov monastirining monarxi Filofey batafsil ishlab chiqdi. Uning ta’limoti rus davlatining Rim va Vizantiyadan keyingi eng buyuk davlatdir. Moskva xukumdorlari esa xudo tanlagan buyuk xukumdorlar hokimiyatining qonuniy vorislaridir, degan fikrni asoslashga qaratilgan edi. Filofey davlatga xukumdorning mulki sifatida qaraydi. Rossiya davlatchiligi tarixiga xos hususiyatlaridan biri shundaki, bu erda mo’g’ullar zulmidan keyin Moskva podsholigi vujudga kelishi davridan boshlab, siyosiy diqqat hududni kengaytirish va markaziy hokimiyatni mustaxkamlashga qaratilgan. Aholining manfaatlari o’z ahamiyatini yo’qotib bordi. Vaqt o’tishi bilan bu jarayon kuchayib bordi va Rossiyani bu sohada g’arbiy Evropadan farqlanishini yaqqol qo’rsata boshladi. G’arbiy Evropada feodal munosabatlaridan yangi davr jamiyati va davlati tomon o’tish jarayoni tezlashdi, inson huquqi va erkinliklari borgan sari kengroq tan olina boshlandi va natijasida oliy hukumdor hokimiyati cheklanib bordi. Rossiyada esa aholining barcha qatlamlarining huquqsizligi XVIII asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Rossiyaning siyosiy va huquqiy tarixida birinchi bo’lib imperator Petr III farmoni bilan dvoryanlar majburiy davlat xizmatidan ozod qilindi. Bundan keyin Ekaterina II-XVIII asrning 70-80 yillarida dvoryanlarga ayrim boshqa grajdanlik xuquq va erkinliklarni shu jumladan xususiy mulkka egalik qilish huquqini berdi. Rossiya aholisining asosiy qismini tashkil qilgan dehqonlarning krepostnoy qaramlikdan ozod qilish uchun yana 100 yil kerak bo’ldi. Bu Aleksandr II tomonidan 1861 yilda amalga oshirildi. Inson-huquqi va erkinliklari, huquqiy qadriyatlar va umuman xuquq masalalariga salbiy munosabat aholining huquqsizligini yanada mushkullashtirardi. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, Rossiya davlati yirik evroaziya mamlakati sifatida rivojlanishida Evropaga tahlid qilish yo’lidan bordi. Petr I islohotlaridan boshlab Rossiyaning asosiy islohotlari mana shu fundamental vazifalarni echishga qaratildi. XVII-XVIII asrlarda Rossiya siyosiy fikri yangi davr g’arbiy Evropa g’oyalari tasiri ostida rivojlandi. Siyosiy ta’limotlar asta-sekin dindan ajralib bordi, dunyoviy tus ola boshladi. Bu jarayonning tezlashishga Petr I ning islohotlari katta turtki berdi. Biroq Evropa ma’rifatparvarligining "ijtimoiy shartnoma", "tabiiy huquq", "hokimiyatlar bo’linishida" kabi tushunchalari Rossiyada o’ziga xos yo’lda talqin qilindi, yoki umuman tadbiq qilinmadi. Ma’rifatparvar absolyutizm g’oyasining tarafdorlari: F. Prokopovich. V.N Tatshtsev, I.T. Pososhkov va boshqalar davlat bu "umumiy ma’faat", "umumxalq foydasi" uchun xizmat qiluvchi, o’z fuqarolarining orzu istaklariga quloq soluvchi kuchdir, degan g’oyani asoslashga harakat qildilar. Shu bilan bir vaqtda rus tarixiy jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va demokratik institutlarning yo’qligi ijtimoiy o’zgarishlar faqat yuqoridan, davlatning in’omi sifatida amalga oshiriladi, bunday davlatning eng qulay shakli absolyut monarxiyadir, degan xulosa chiqarishni taqozo qilar edi. XVIII-asrning ikkinchi yarmida Rossiya siyosiy fikri yangi bosqichga ko’tarildi. Unda frantsuz ma’rifat parvarligi ta’siri ostida davlatning idora qiluvchi hukmdor hokimiyati bilan shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabati, shaxs qadr-qimmati, uning tabiiy huquqlari kabi muammolar taxlil qilina boshlandi. Siyosiy fikrda konservativ, ma’rifatparvarlik va uning radikal yo’nalishlarini ko’ramiz. Konservativ yo’nalishning ko’zga ko’ringan nomoyondasi M.M.Tserbatov (1733-1790) cheklanmagan monarxiya davlat shaklini, krepostnoy tuzumni saqlab qolish g’oyasini himoya qilib chiqdi. XIX asrning birinchi yarmida kapitalistik munosabatlarning kuchayishi siyosiy-huquqiy munosabatlarga o’z ta’sirini o’tkazdi. Krepostnoy qaramlikni bekor qilish uchun siyosiy chiqishlar bo’lib turdi. XIX asrning boshlarida o’zining siyosiy-huquqiy qarashlarida N.M.Karamzin (1766-1826) ajralib turadi. U o’zining davlat. Jamiyat siyosat haqidagi fikrlarini «Qadimgi va yangi Rossiya haqidagi yozuvlar» (1811), «Rossiya davlati tarixi» (1803-1826) asarlarida ko’rishimiz mumkin. Karamzin davlat boshqaruvini tahlik qilib, shu fikrga keladiki: monaxlar orasida Ivan IV (Grozniy) va Pavel I davlatni despotik tarzda boshqargan edi. Despotik boshqaruv uslubini qo’llashda Pyotr I ni aybladi. Karamzin Alesndr I ning siyosatini qattiq tanqid qiladi. 1825 yilda Rossiya tarixiga dvoryan inqilobchilarining harakatlari bilan chuqur iz qoldirdi. Dekabristlarning asosiy g’oyalari Rossiyada podsho hukumati o’rniga respublika tuzumini o’rnatish va Rossiyada konstitutsion printsiplarning amal qilishi, qonunning ustivorligi kabilar ilgari surildi. Dekabristlarning yirik vakili P.I.Pestelning siyosiy-huquqiy g’oyalarida respublika boshqaruvining monarxiyadan ustun ekanligini ko’rish mumkin. Pestel tomonidan «Rus Haqiqati» nomli davlatni boshqarishdagi Nizomni 12 yil davomida ishlab chiqadi. Pestal unitar va federativ davlatlarni bir-biri bilan farqlari ko’rsatadi. Rossiyani boshqarishda uning hududini 10 ta oblast va 3 udelga bo’ladi. Har bir oblast beshtadan guberniyaga bo’ladi. Rossiyaning poytaxtini Nijniy Novgorod shahri o’rniga ko’chirish va shaharni Vladimir deb nomlashni taklif qiladi. Dekabristlar orasida N.M.Muravyovning (1796-1843) siyosiy-huquqiy qarashlarida radikalizm elementlari Pestelga nisbatan kamdir. Muravevning ishlab chiqqan Konstituttsiya loyihasining uch xil turi mavjud bo’lgan. Bu loyihalarda davlatning mulk shakllari, demokratik saylov tizimi,federatsiya subektlari so’z tizimi kabilar ifodalangan. Uning siyosiy-huquqiy qarashlariga ko’ra davlat boshqaruviga ko’ra Rossiya davlati 13 davlat birlashmasi va ikki viloyatga bo’linadi. Muravev nazariyasiga qonun chiqaruvchi hokimiyat ‘’Xalq vecha’’-si ikki palatadan-halq vakillari va Oliy Dumadan iborat. Xalq vakillari palatasi 2-yil muddatga saylanadi. Oliy Duma deputatlari asosan davlat birlashmasi va viloyat boshqaruvchilari olti yil muddatga saylanib,har ikki yilda almashtirilgan. Har bir davlat birlashmalaridan 3tadan deputat, Moskva viloyati-ikki, Dan viloyati-bir vakilini Oliy Dumaga saylagan. Qonun har ikki palata tomoiidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Gertsen o’zining asarlarida ko’proq davlat va huquq Masalalarining tom manosini ochishga etibarini qaratgan. Davlatning kelib chiqishini tushintirishida u ommaning (jamiyat) xavfsizlikni taminlash va shartnoma nazariyasinin asos qilib oldi. ‘’Davlatning paydo bo’lishi bevosita quldorlik munosibatlarining yuzaga kelishi davriga to’g’ri keladi’’-deydi Gertsen. Gertsen Russiyadagi krepostnoylik huquqini bekor qilish tarafdori edi. O’z asarlari rus saioderjaviyasining; ‘’Rossiya davlatini rivojlanishidan orqada qolayotganliging asosiy sababchisidir’’-deb ko’rsatadi. Gertsen insoniyat jamiyatidagi ikki davlat formalari ; monarxiya v respublikani tahlih qiladi. Gertsen ‘’Monarxiyada-xalq boshqariladi, Respublikada-xalq boshqaradi.’’-deydi. Gertsen Rossiyada respublika tuzumini qaror toptirishni ‘Eng maqul yo’l’’ deb hisoblaydi. X1X asrning o’rtarlarida Rossiyaga qaram bo’lib hisoblangan, Polsha va Ukraina haqida fikr bildirib ;’’Agarda Rossiya haqiqatdan ham rivojlanishning yangi davriga o’tmoqni maqul ko’rsa,mening fikrimcha,Ukraina undan alohida bo’lishi turgan gap… Polsha va Rossiya,-yangi rivojlangan jamiyatga qo’lni qo’lga berib,bir yo’ldan, faqatgina alohida borishlari kerak’’. Shunday qilib, Gertsen o’zinnig siyosiy-huquqiy qarashlarida,Rossiyada o’sha davrdagi siyosiy vaziyatga oldindn ko’ra bilgan holda baho beradi. Chernisheskiy siyosiy-huquqiy qarashlarda muxim obekt sifatida davlat va huquqni kelib chiqishi xususiyatlprni o’rgandi. U dastlabki davlatni kelib chiqishini etnografik malumotlarga tayanib izohlaydi. Chernishevskiy davlatning belggilarini tushuntirib berishda uni ibtidoiy jamiyat tuzumn davrda bo’lgan munosibatlarini izohlab berdi. Chernishevskiy davlatning demokratik respublika davlat tuzumi eng maqul forma ekanini va demokratiya rivojlanishdagi yuqori kuchli quroldir-deydi. Chernishevskiy milliy masalaga etibor berib,’’halqlar va millatlar o’z taqdirini o’zi hal etmog’i zarur’’. Uning fikricha davlat ko’p millatli bo’lganda,federatsiya tarkibidagi davlat bo’lishi kerak. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling