Bohodir eshov
Ma’rifatparvar va ularning siyosiy
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy qarashlari.
2. Ma’rifatparvar va ularning siyosiy qarashlari.
Ma’rifatparvarlik yo’nalishi vakillari S.E.Desnitskiy Ya.P.Kozilskiy, N.I.Novikov, A.Ya.Polenov va boshqalar krepostnoy huquq tuzumini tanqid ostiga oldilar. Ularning ayrimlari "Ma’rifatli hukmdor" g’oyasini ham shubha ostiga oldilar. XVIII asr ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik yo’nalishining siyosiy qarashlari o’z ifodasini birinchi rus xuquqshunos-professori S.Ch. Desnitskiy (1740-1789) asarlarida topdi. SCh.Desnitskiy G.Grotsiyning tabiiy huquq haqidagi qarashlariga xayrixoxlik bildiradi. Ma’rifatparvarlik radikal yo’nalishining namoyondasi A.N.Radishevdir (1749-1789). U krepostnoy huquqni, mustabid monarxiya davlatini keskin tanqid ostiga oldi. Mustabid monarx xokimiyati mamlakatning taraqqiy etishiga g’ovdir, o’zboshimchalik makonidir, deb baholadi. Radishchev ma’rifatli xukumdor nazariyasini xam rad qildi. A.N.Radishchev "ijtimoiy shartnoma" nazariyasiga asoslanib, xalq shartnomaga amal qilmagan davlatdan voz kechish huquqiga egadir, degan xulosaga keldi. Pyotr I islohotlaridan boshlangan Rossiyaning evropalashtirish harakati jamiyat konservativ kuchlarning qattiq qarshiligiga uchradi. Ular mamlakatni evropalashtirishga mutlaqo qarshi edilar. XIX asrning 30-40 yillarida Rossiya ijtimoiy-siyosiy fikrida slavyanofillar va g’arbchilar nomini olgan oqimlar vujudga keldi. Bu oqimlar Rossiyaning tarixiy taqdiri masalalarini muhokama qildilar va o’zaro bahslashdilar. 3.Slavyanofillar va g’arbchilar yo’nalishi vakillarining siyosiy qarashlari. Slovyanofillar Rossiya o’ziga xos rivojlanish yo’liga egadir va shu yo’ldan borishi zarur, deb chiqdilar. Bularning yirik namoyondalari A.S.Xomyakov, M.V. Krievskiy, YuF.Samarin, Ts.S Aksakov va boshqalar. Rossiya o’zining patrialxal dehqon obidinasi, ijtimoiy va ma’naviy psixologik an’analari bilan Evropadan ajralib turadi, bu milliy xususiyatni saqlash va rivojlantirish zarur deb biladilar. Slavyaofillar g’arbning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tajribasini o’rganish va joriy qilish ijtimoiy va davlat tizimida ijobiy isloxotlar o’tkazishga mutlaqo qarshi chiqdilar. Ular mustabid monarx hokimiyati tarafdori edilar.G’arbchilar oqimining namoyondalari A.I.Gertsen, T.N.Granovskiy, Yu.P Ogarev,, V.P.Botkin va boshqalar Rossiyada ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar o’tqazish zarurligini, g’arbiy Evropa mamlakatlari erishgan yutuqlarning o’zlashtirish va ularga amal qilish g’oyalarini targ’ib qildilar. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling