Bohodir eshov


Russoning siyosiy ta’limoti


Download 0.73 Mb.
bet55/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

3.Russoning siyosiy ta’limoti.
XVIII asrda tabiiy huquq nazariyasida ikki yo’nalish paydo bo’ladi. Ular jamiyatda yomonlik qanday paydo bo’lgan degan muammoni hal qilish bilan bir-biridan farq qilardi. Birinchi yo’nalish vakillari Jan Jak Russo (1702-1778) Jolen Ofre de Lametri (1709-1751) va boshqalar fikriga ko’ra, inson ibtidoiy holatda erkin va mustaqil bo’lgan, baxtli hayot kechirgan, odamlar o’rtasidagi munosabatlar adolatli tabiiy qonunlar bilan tartibga solingan. Tabiat yomonlikning vujudga kelishiga sabab bo’lishi mumkin emas. Bu ibtidoiy jannatning buzilib ketishiga xususiy mulkchilikning paydo bo’lgani va natijada odamlarning boy va kambag’allarga bo’linib ketishi sabab bo’ldi.
Russoning fikricha, davlat hukmronlikni mustahkamlash, xususiy mulkni qo’riqlash uchun paydo bo’lgan. Bu odamlar orasida tenglikni yanada kuchaytirdi. Ayniqsa despotik davlatlarda inson qulga aylangan. Inson erkin tug’ilgan, lekin u hamma erda kishanlangandir. Bu holatdan chiqishning qonuniy yo’li nimadan iborat, degan savolga Russo o’zining mashhur "Ijtimoiy shartnoma" nomli asarida javob berishga harakat qiladi.
Russoning fikricha, qonun chiqarishda butun xalq ishtirok etgandagana erkinlik ta’minlanadi. Davlat demokratik printsiplarga amal qilgandagina odam yo’qotgan tabiiy erkinligi o’rniga siyosiy erkinlikka ega bo’ladi.
U hokimiyatga bo’ysunadi, lekin despotizmdagi qullikdan ozod bo’ladi. Barchaga ta’alluqli umumiy irodaning xato qilishi mumkin emas. U doim umumiy manfaat uchun xizmat qiladi, deydi Russo.
Qonun umumiy irodaning ifodasi bo’lishi kerak. Agar bu shart davlatda amalga oshirilsa fuqarolar erkin bo’ladilar, chunki ular o’zlari qabul qilgan qonunlarga bo’ysunadilar.
Russo xalq suvereniteti tarafdoridir. Uning fikricha, suverenitet bo’linmas, yagona, begonalashtirilmaydi, unga faqat xalq egalik qiladi. Ijtimoiy shartnomaning asosiy talabi shundadir. Davlat xokimiyati shu talabga mos holda tashkil qilinishi kerak. Bunda inson tabiiy huquqlarining ma’lum qismi saqlanadi, deydi Russo.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling