Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
EKSPERTIZA 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sud ekspertizasi
- Ekspertiza predmeti deganda
- Ekspertiza turlari
Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й) 1.Экспертиза турлари ва унинг ҳуқуқий асослари. Экспертиза тушунчаси - лотин тилидаги «expertus» - тажриба сўзидан олинган бўлиб, илмий-тадқиқот натижаси маъносини билдиради. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida (keyingi matnlarda – JPK) sud ekspertizasi tushunchasiga ta’rif berilmagan bo‘lsada, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining (01.06.2010 y.) 3-moddasida sud ekspertizasi tushunchasi bayon etilgan. Sud ekspertizasi – fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakatdir. Ekspertiza predmeti deganda, amaliy jihatdan muayyan turdagi ekspertiza tomonidan ob’ektni tadqiq etish yo‘li bilan hal etiladigan aniq vazifalar tushuniladi. Ekspertiza ob’ekti esa ekspert tekshirishi uchun taqdim etiladigan aniq ob’ektlardir. Sud ekspertizalari quyidagi darajalar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi: toifa; turkum; tur; xil. Ekspertiza turlari – ob’ekti va tadqiqot uslubiga ko‘ra umumiy hisoblangan muayyan turkumdagi ekspertizaning tadqiqot predmetining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra klassifikatsiya qilinishidir. Bir necha sud ekspertiza turlari bir turkumdagi sud ekspertizasini tashkil etadi. Masalan, barmoq izlari (daktiloskopiya) ekspertizasi, oyoq va poyabzal izlarining ekspertizasi, bir butunni aniqlash ekspertizasi, plombalar ekspertizasi, buzish qurollari va asboblaridan qolgan izlar ekspertizasi, kiyimlardagi mexanik shikastlarning izshunoslik ekspertizasi, avtomobil shinalari izlarining ekspertizasi sud izshunoslik (trasologiya) ekspertizasini tashkil etadi. Barcha sud ekspertizalari nazariy-amaliy jihatdan quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1. Kriminalistik. 2. Tibbiy va psixofiziologiya. 3. Muhandislik-texnika. 4. Muhandislik-transport. 5. Muhandislik-texnologiya. 6. Iqtisodiy. 7. Biologiya. 8. Tuproqshunoslik. 9. Qishloq xo‘jaligi. 10. Ekologiya. 11. San’atshunoslik-badiiy. 12. Sug‘urta ekspertizasi. 13. Texnologik ekspertiza. 14. Sertifikatlar ekspertizasi. 15. Bojxona ekspertizasi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling