Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Tibbiy va psixofiziologik ekspertizalar


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

Tibbiy va psixofiziologik ekspertizalar o‘z mazmuniga ko‘ra, ob’ektlarning 
umumiyligi asosida bir toifaga birlashgan ekspertizalardir. Mazkur toifaga kiruvchi 
ekspertizalar ilmiy jihatdan yillar davomida shakllangan sohalar: sud-tibbiy ekspertiza – sud 
tibbiyotiga, sud-psixiatriya ekspertizasi – sud psixiatriyasiga, sud-psixologiya ekspertizasi – 
sud psixologiyasiga asoslanadi. 
Muhandislik-texnika ekspertizalarining predmeti bo‘lib, muhandislikka oid bilimlar 
asosida aniqlanadigan qurilish, texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi texnika sohasidagi holat 
va shart-sharoitlar hisoblanadi. 
Muhandislik-transport ekspertizalarining predmeti bo‘lib temir yo‘l, suv transporti va 
yo‘l transporti hodisalari bilan bog‘liq holda sodir etilgan holatlar hisoblanadi.
Muhandislik-texnologik ekspertizalarining predmeti bo‘lib, sifatsiz sanoat va oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi, shuningdek talon-toroj qilish va suiste’molchilik 
maqsadida xom ashyo, material va buyumlardan ortiqcha vujudga keltirilishi va shu kabi 
boshqa holatlar hisoblanadi. 
Sud iqtisodiy ekspertizalar – iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi borasida keng doiradagi 
bilim va amaliyotdan kelib chiqadigan uslub va ma’lumotlar uyg‘unlashuviga tayanadigan 
ekspertizalardir. 
Sud biologiya ekspertizalari sud biologiyasiga tayanadigan alohida toifadagi 
ekspertizalar bo‘lib, ularning ob’ekti o‘simlik va hayvonlar hisoblanadi. 
Sud tuproqshunoslik ekspertizasining predmeti – odam, hayvon yoki predmetning 
muayyan ochiq joy (yer maydoni) yoki yopiq joy (bino, imorat, xona va h.k.) sathining aniq 
bir qismida bo‘lganligidan guvohlik beruvchi faktik holat va shart-sharoitlardir. 
Sud ekologiya ekspertizalari, odatda, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat 
resurslaridan foydalanish sohasidagi qonunbuzilishiga doir ishlar bo‘yicha tayinlanadi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling