Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Божхона экспертизасининг моҳияти ва вазифалари


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

2.Божхона экспертизасининг моҳияти ва вазифалари.

BK 30-bob. Bojxona ekspertizasi 
208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi 
Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan 
fan, texnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar 
o‘tkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir. 
Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni: 


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq 
tovarning tasniflanishi to‘g‘ri bo‘lishini nazorat qilish uchun; 
ularni qayta ishlash mahsulotlarida; 
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan 
iboratdir. 
Bojxona ekspertizasi - bu maxsus ilmiy, amaliy va tahliliy tadqiqot natijasi bo‘lib, 
bojxona ekspertlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ma’lum bir bojxona 
maqsadlari uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradi. Bojxona ekspertizasini umumiy 
ekspertizaga taqqoslaganda, uning o‘ziga xos belgilari, maqsad va vazifalari hamda ekspertiza 
o‘tkazish usullari borligini ko‘rish mumkin. 
Markaziy bojxona laboratoriyasida: 
tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshirish jarayonida
surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sud ajrimiga 
asosan o‘tkaziladi. 
Markaziy bojxona laboratoriyasida: 
tovarning kimyoviy tarkibini aniqlash zarurati bo‘lganda; 
qo‘shimcha va takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanganda
laboratoriya eksperti bergan xulosaga shubha tug‘ilganda; 
tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga birinchi marta import qilinganda; 
tovarlarning TIF TN kodi shubha uyg‘otgan har bir holatda bojxona organlari mansabdor 
shaxsining tashabbusi bilan joylardagi laboratoriya xodimining o‘rganish natijasi va asosli 
taklifi asosida o‘tkaziladi. 
Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida majburiy tartibda bojxona ekspertizasidan 
o‘tkaziladigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan tovarlarni laboratoriyalarda ekspertizadan 
o‘tkazish uchun yetarli asoslar bo‘lishi zarur. Bu holatdagi yetarli asoslarga quyidagilar 
kiradi: 
tovar kuzatuv hujjatlarida mavjud TIF TN kod raqami bilan rasmiylashtirilayotgan 
BYUDdagi 
tovarning 
TIF 
TN 
kodlari
bir-biridan farq qilishi; 
aynan shunday tovar avval BYuDdagi TIF TN kodidan farq qiluvchi TIF TN kod bilan 
rasmiylashtirilganligi va boshqa shu kabi holatlar. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling