Bojxona ishi” fanidan kurs ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasi mdxga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish. Bajardi


Sqqs = (Bq + Ib + As) x N/100 bunda: 87 Sqqs - qo’shilgan qiymat solig’i summasi; Bq


Download 59.85 Kb.
bet14/16
Sana22.01.2023
Hajmi59.85 Kb.
#1109521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi MDXga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish

Sqqs = (Bq + Ib + As) x N/100 bunda: 87 Sqqs - qo’shilgan qiymat solig’i summasi;
Bq - bojxona qiymati;
Ib - import boji;
As - aksiz solig’i;
N - QQS stavkasi. Jismoniy shaxslar tomonidan tijorat maqsadida olib kelinadigan tovarlardan, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari va yig’imlar o’rniga yagona bojxona to’lovi to’lash joriy etildi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, hozirgi kunda davr shiddat bilan rivojlanib bormoqda ekan, biz ham unda mos ravishda javob qaytarishimiz lozim. Ya’ni rivojlanish darajasi cho’qqiga ko’tarilishi uchun hozirdan harakat qilishimiz lozim. Kurs ishi mavzusini yoritish mobayinida, hozirgi kundagi O’zbekistonda mavjud Bojxona to’lovlari va ularni tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimida tutgan o’rnini kuzattim va shunday xulosaga keldimki, mamlakatimiz rivojlanish bosqichining quyi pog’onasidan bir muncha yuqorilagan lekin, rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirishga hali biroz muddat bor. Rivojlanayotgan MDH mamlakatlari xususan, Ukraina, Belorusiya, Latviya, Litva vas hu kabi mamlakatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlari biznikidan farq qiladi. Bundan tashqari tashqi bozor exportiga qaratiluvchi e’tiborni ham kuchaytirish, exportbop maxsulotlar yaratilish hajmini oshirish lozim. Bizning tovarlar xususan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eng ko’p export qilinuvchi mahsulotlardir. Biz faqat shu bilan chegaralanib qolmay, qayta ishlashni ham yo’lga qo’yishimiz lozim. Negaki, biz export qilayotgan ko’plab mahsulotlar bizga qayta export qilinib qimmat narxlarda bozorimizga kiritiladi, natijada aholi qatlamida talab kamayadi, ya’ni narxning oshishi talab qisqarishiga mahsulotning sotilishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Agar ichki bozorda sotiladigan oziq-nooziq mahsulotlarni o’zimiz ishlab chiqarishni yo’lga qo’ysak, bizning bozorimizdagi narxlar ancha pasayadi, talab esa, oshadi. Natijada, iqtisodiyotimiz tezda rivojlana boshlaydi. Ularning exportbopligini takomillashtirish orqali esa, davlat byudjetiga tushumni ko’paytirish mumkin. Ya’ni davlat to’lovlari o’z vaqtida to’lanadi, ishi rivojlanayotgan tadbirkorlar uni kengaytiradi va soliq to’lash hajmi ortadi. Ya’niki aholi qatlamining qo’lida pul ko’proq sarflanmay qolsa, u bu mablag’ni biznesga va yangi sohadagi ishlarga sarflashga urunadi, natijada davlatga soliq to’lovchi yana bir firma shakllanadi. Ammo bularni amalga oshirilish moboyinida, har bir qadamni o’ylab, ya’ni qaysi yo’nalishda harakatlanish tezroq va xavfsiz samara berishini anglash lozim. Negaki, xavfsizlik bu eng asosiy rolni egallaydi. Iqtisodiy aloqalarni o’rnatish, yuklarni bezarar yetqazib berish, insofli savdogarlarni topish va mahsulotlar boshqa davlat standartlariga javob berishi kabi tamoyillarga iqtisodiy xavfsizlik sohasi yordami kerak bo’ladi. Iqtisodiy xavfsizlik sohasini rivojlantirish esa, yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha sohalarni rivojlanishiga huquqlarini himoyalashga yordam beradi. Bundan tashqari bu soha vakillari mamlakatda sog’liqni saqlash, oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash, kontrabandani oldini olish, korrupsiyani kamaytirish, iqtisodiy aloqalarni nazoratga olish va tartiblash kabi funksiyalarni amalga oshirishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik – bizning bugunimiz va ertamizdir. Shunday ekan bu sohaga e’tiborni kuchaytirish va yetuk malakali kadrlarni tayyorlash lozim va kerak. Milliy xavfsizlikning turli jihatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqish mamlakat milliy manfaatlariga tahdidlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish choralarini topishga imkon beradi. Bir qarashda mamlakat milliy xavfsizligining barcha jihatlarining uning moliyaviy xavfsizligiga bog‘liqligi nihoyatda oddiy: moliyaviy resurslarning etishmasligi iqtisodiyotning turli sohalarida ba’zan eng dolzarb ehtiyojlarning etarli darajada moliyalashtirilishiga olib keladi va milliy xavfsizlikka tahdid soladi. Shu bilan birga, bu oddiy ko‘rinadigan, eng umumiy o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy mohiyati bilan farq qiladigan hodisa va jarayonlarda aniq ifodani topadi. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi va umuman uning milliy xavfsizligi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimi deganda moliya tizimining faoliyat ko‘rsatishi uchun bunday shartlar tushuniladi, bunda, birinchi navbatda, moliyaviy oqimlarni ularni ishlatilish sohalariga qonun hujjatlarida belgilanmagan yo‘nalishlarga yo‘naltirish imkoniyati o‘ta kichik, ikkinchidan, moliyaviy resurslarni aniq suiiste’mol qilish minimal darajaga tushiriladi. Iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish moliya bozorini rivojlantirish strategiyasi, konseptsiyasi va moliyaviy nazorat strategiyasini ishlab chiqishga asoslangan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, moliya bozorining barcha asosiy segmentlarini rivojlanishini muvofiqlashtirish, shu bilan birga uning barcha ishtirokchilari manfaatlari muvozanatini ta’minlash zarur.
Umuman davlatning iqtisodiy xavfsizligi holati alohida mintaqalarning iqtisodiy xavfsizligi, ularning bir-biriga chambarchas bog‘liqligi va uning barcha mintaqalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan belgilanadi.Yana shuni qo’shimcha qilishim mumkunki iqtisodiy xavfsizlikka javob beradigan yuqori turuvchi organ bu hisob palatasi.
Bugungi kunda davlat moliyaviy nazorat tizimi konseptual jihatdan o‘zgartirish amaliyotini joriy qilish, bu borada ilg’or xorijiy davlatlar tajribadan samarali va maqsadli foydalanish, yagona davlat audit tizimi yaratish orqali XYSlar faoliyatini audit qilib borish, xalqaro standartlarga asoslangan buxgalteriya tizimini joriy qilish kelgusida tashqi investorlarni jalb qilishga hamda ichki muhitda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Kelgusida Hisob palatasining ko‘lamini kengaytirish davlat moliyaviy xavfsizlik tizimini barqarorlashuviga olib keladi. Masalan, hududlarda Hisob palatasining mavjud emasligi natijasida davlatning nazorat paketining samarasiz ishlashiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda bu vazifa Moliya vazirligining moliyaviy nazorat hududiy idoralarining ma'lumotlari asosida ish yuritilmoqda.
Davlat moliyaviy nazorati departamenti faoliyati ham cheklangan. Ular hududlardagi hokimiyatlarga bo‘ysunadi, desak ham bo‘ladi. Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari topshirig‘ini bajaradi ko‘proq. Ular ustidan nazorat qiluvchi, topshiriq beruvchi organlar ko‘p. Hisob palatasi haqiqiy mustaqil davlat audit organi. Shu yo‘nalishda o‘zgartirish talab etiladi.

Download 59.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling