Bojxona ishi” faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi
Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy osiyoda bojxona ishi
Download 26.42 Kb.
|
Bojxona ishi faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi
Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy osiyoda bojxona ishi
Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda – bojxona organlari) faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishni talab etadi. Shu bilan birga, “qogʻozsiz va elektron bojxona” lozim darajada rivojlanmayapti, kontrabanda, kontrafakt mahsulotlarni olib oʻtish, korrupsiya, noqonuniy valyuta operatsiyalari va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlashga qarshi kurashish usullari bojxona maʼmuriyatchiligining zamonaviy va sinovdan oʻtkazilgan usullarini qoʻllashni talab etmoqda. O'tgan davrda bojxona organlari faoliyatini yanada samarali tashkil qilish hamda tovar va transport vositalarini bojxona chegaralari orqali olib o'tishda qulay sharoitlar yaratish borasida ham quyidagi islohotlar amalga oshirildi. Xususan: bojxona organlari faoliyatini tizimli tarzda rivojlantirish uchun 2020-2023 yillarga mo'ljallangan Kontseptsiya va "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi; O'zbekiston Respublikasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi "E-TIR" loyihasi sinov tariqasida amaliyotga joriy etildi. Mazkur xalqaro loyiha bojxona rasmiiylashtiruvini yengillashtirish orqali tashqi savdoni jadallashtirish imkonini berib, ayni shu jihati bilan barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining manfaatlariga birdek xizmat qilmoqda. Mamlakatimizning qo'shni davlatlar bilan chegarada joylashgan bojxona postlari o'tkazuvchanligini oshirish va infratuzilmasini yanada yaxshilashni taqozo etadi. Shu maqsadda "Ayritom", "Olot", "Yallama", "Farg'ona", "G'ishtko'prik" chegara bojxona postlari yangicha zamonaviy qiyofa kasb etib, dunyoning ilg'or texnologiyalari bilan jihozlandi. Bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, bojxona tizimida raqamli texnologiyalarni keng qo'llash orqali inson omilini kamaytirish, bojxona nazorati shakllarini xavflarni boshqarish printsiplariga asoslangan zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnolologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali "Raqamli bojxona"ga o'tish borasidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Raqamlashtirish tufayli barcha tartib-qoidalar onlayn tarzda, qog'ozsiz savdo ko'rinishida amalga oshirilmoqda. Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling