Bojxona ishi” faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi


TIF va uni tartibga solishda bojxona organlarining ahamiyati


Download 26.42 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1371536
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bojxona ishi faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi

TIF va uni tartibga solishda bojxona organlarining ahamiyati
Bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining (keyingi oʻrinlarda – nazorat organlari) tifni notarif tartibga solish choralarini qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Tovarlar importi va eksporti tuzilmasi hamda dinamikasining chuqur holatiy tahlilini, shuningdek, import hajmi ham jismoniy, ham qiymatiy oʻsishining sabablari tahlilini amalga oshirish;
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari boʻyicha manfaatdor idoralar bilan hamkorlik oʻrnatish.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan TIFni amalga oshirishda ruxsatnoma va boshqa tusdagi hujjatlar olinishi lozim boʻlgan hamda litsenziyalanadigan va kvotalanadigan tovarlarga nisbatan notarif tartibga solish choralari qoʻllashni muvofiqlashtirish;
nazorat qiluvchi organlarning tovarlarni olib kirish va (yoki) olib chiqishda ular tomonidan taqiqlarni qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimini qoʻllash va takomillashtirish uslubiyatlarini ishlab chiqish;
intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish;
eksport nazorati obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi ustidan nazorat qilish uslubiyatini ishlab chiqish va joriy etish.
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqdisodiy siyosati va uning asosiy yo’nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyatlar hokimlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishildi.
“O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili izchil hayotga tatbiq etilishi mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratish, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling