"Bojxona ishi" faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi


Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati


Download 31.73 Kb.
bet7/7
Sana05.05.2023
Hajmi31.73 Kb.
#1429342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bojxona ishi

8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (tif tn) uzida tasniflash va kodlashtirish tizimidan iborat puxta tuzilmani ifodalaydi.
Tasniflash tizimida tovar nomenklaturasi oltita boskichga egadir: bulimlar, guruxlar, kichiq guruxlar, pozitsiyalar, kichiq pozitsiyalar, subpozitsiyalar.
TIF TN kurilishi asosiga tovarlarning turli belgilari jami asos qilib olingan. Masalan, bulimlarni shakllantirishda quyidagi belgilardan foydalaniladi:
· tovarning kelib chiqishi buyicha - I bulim «Tirik xayvonlar va xayvonlar maxsulotlari»; II bulim «Usimlik maxsulotlari»; V bulim «Mineral maxsulotlar»;
· tovar tayyorlangan material turi buyicha - VIII bulim «CHarm xam ashyosi, charm, muyna, sarrojlik buyumlari va egar-jabduklar, yul anjomlari va boshqalar»; IX bulim «Ugoch-taxta va ulardan yasalgan buyumlar, poxoldan yasalgan buyumlar, savatlar va chivikdan yasalgan boshqa buyumlar»; X bulim «Taxta kepagi va boshqa tsellyuloza tolasidan yaraimtayyor maxsulotlar, kogoz va boshqalar»; XII bulim «Toshdan, gipsdan yasalgan buyumlar, keramika maxsulotlari»; XVI bulim «Marvarid, kimmatbaxo toshlar, asl metallar»; XV bulim «Kora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar»;
· vazifasiga kura - IV bulim «Tayyor ozik-ovkat maxsulotlari, ichimliklar, tamaki»; XI bulim «Gazmol va tukimachmilik buyumlari»; XII bulim «Poyabzal, bosh kiyimlari va boshqalar»; XIII bulim «Transport vositalari va ularga yordamchi asbob-uskunalar»; XVIII bulim «Asbob va apparatlar»; XIX bulim «Xar xil tayyor buyumlar»; XXI bulim «San‘at asarlari, osori atikalar»;
· kimyoviy tarkibiga kura - III bulim «Uglar va moy, mum va boshqalar»; VI bulim «Kimyo sanoati va u bilan bog’liq sanoat tarmoklari maxsulotlari»; XXI bulim «Plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, kauchuk va rezina buyumlari».
Guruxlarni tashkil etishga tovarlarga ishlov berishning xom ashyo, yarimtayyor maxsulotdan tortib, tayyor maxsulotgacha ishlov berish izchilligi asos qilib olingan. Bu TIF TNni boj tariflarida qullash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Tovar pozitsiyalari, kichiq pozitsiyalar va subpozitsiyalar tuzilishida xar bir guruxda belgilarning uz izchilligi qullaniladi. Ularning jamidan turtta asosiy belgini ajratib kursatish mumkin: ishlov berish darajasi, vazifasi, material turi va tovarning jaxon savdosidagi axamiyati.
Tovar nomenklaturasida tovarning xech qanday istisnosiz guruxga kiritilishi printsipiga kat‘iy rioya qilinadi. Bunga xar bir tovarni fakat bir tasniflash guruxiga kiritish imkonini beruvchi uzaro istisno usulini qullash yuli bilan erishiladi. Guruxga yoki tovar pozitsiyasiga kiritiladigan aniq tovarlar ruyxati ob‘ektlarini va xar bir tasniflash guruxlari chegaralarini aniqlashning usullaridan biri xisoblanadi. Masalan, «Ugitlar» guruxiga izoxlarda ugit sifatida tasniflanishi kerak bulgan azot, kaliy va fosforli ugitlar sanalgan. «Kaliyli ugitlar» tovar pozitsiyasiga kaliy tuzi (ishlov berilmagan, natural), xlorli kaliy, magniy sulfatlar, kaliy sulfatlar, shuningdek ularning aralashmalari kiradi.
Kodlashtirish tizimi birmuncha boshqa maqsadlarni kuzlaydi. Tovarlarni kodlashtirish - tasniflanadigan ob‘ektni muayyan tizim buyicha belgilangan qoidalarga kura belgi yoki belgilar guruxi sifatida tasavvur qilish imkonini beruvchi texnik usuldir. Ushbu xolda axborot uni tuplash, uzatish va EXMda ishlashda operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bulgan qulay shaklda beriladi.
Tovar nomenklaturasida kodlashtirishning aralash usulidan foydalaniladi, ya‘ni kodlashtirish tizimining kurib chiqilayotgan tasnifnomasida bo’lishning oliy darajasida mustaqil xususiyat (ruyxatdan o’tkazish usuli), qolgan barcha boskichlarda esa qabul qilingan belgilarning jamlanishi asosida tovarlarning dastlabki tasnifiga asoslanadi.
TIF TNda raqamli belgilar qullaniladi, bunda bulimlar va kichiq guruxlar uchun rim raqamlaridan, tovar guruxlari, pozitsiyalar va subpozitsiyalar uchun arab raqamlaridan foydalaniladi. Bulimlar va kichiq guruxlarning kodlari bir-biri bilan, shuningdek guruxlar kodlari, tovar pozitsiyalari va subpozitsiyalar bilan uzaro boglanmagan. Tovar kichiq pozitsiyalari uchun raqamli kod nazarda tutilmagan, ular tire (-) belgisi bilan belgilanadi.
Download 31.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling