Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati Ilm
- Foydali nasihatlar
Ilm olish fazilati
y farzand! Sen ilm olishga intil. Zero, ilm tufayli yaxshi- yomonning farqini ajrata olasan. Ilm bilan yuksak marralarni qo‘lga kiritasan. Ilmli kishi o‘ziga nima zarar, nima foydali ekanini yaxshi biladi. Ilmli kishi yutuqqa qaysi yo‘l bilan erishish yo‘lini biladi. Demak, odam etuklik darajasiga erishish uchun ilm olishi va o‘sha olgan ilmiga amal qilishi kerak ekan. Hayotda har bir narsani ochadigan kaliti bor. Barcha yutuq va muvaffaqiyatlar kaliti ilmdir. Inson o‘z ilmi va iqtidori tufayli ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritadi. Agar ilm bo‘lmasa, hayvonlardan farqimiz qolmaydi. Odam o‘z ilmi, aql-idroki bilan hayvonlardan ajralib turadi. Zero, hayvon – 309 – ham ovqat eydi, suv ichadi va uxlaydi. Odamlar ham xuddi shunday. Oradagi farq: ilmda, yaxshi-yomonni ajrata olish va bir- biriga madaniyat bilan muomala qilishdadir. Ilm olish bilan birga odob-axloqli ham bo‘lish kerak. Faqat ilm egallasa-yu, xulqi yomon, odamlar bilan janjallashib yuradigan, boshqalarga ozor bersa, uning egallagan ilmidan foyda yo‘q. Shuning uchun ilm olish qatorida go‘zal odoblar bilan sifatlanishni ham bilish kerak. Bolalar lug‘ati Ilm – bilim, ma’lumot, bilish, idrok etish (har bir narsaning asl mohiyatini o‘rganish ilmdir). Marra – yutuq, g‘alaba. Yutuq – muvaffaqiyat, g‘alaba. Rivoyat bn Abbosdan: – Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding, – deb so‘radilar. U shunday javob berdi: – Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o‘qituvchi bilan. Foydali nasihatlar 1. “Yoshlikda zahmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan” (Koshifiy). 2. “Kim ko‘p kitob o‘qisa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so‘zga chechan qiladi. Kitob yolg‘izlikdagi eng munis hamdamdir. Kitob o‘tmishdan ham, kelajakdan ham xabar beruvchidir. Kitob insondan hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga etkazadi. Kitob odob- axloqning koni, bilimning bulog‘idir”. 3. Qiziqish ilmning eshigidir. – 310 – 4. Diqqat-e’tibor ilmning makoni. 5. Bilak qila olmagan ishlarni ilm hal qila oladi. 6. Insonni bilim bilan odob bezaydi. 7. Ishlatilmagan bilim bora-bora eskiradi. 8. Bilmaganlik ayb emas, bilishga intilmaslik ayb. 9. Bilim shunday boylikki, uni hech kim tortib ololmaydi. 10. Sen barcha so‘zlarni bilim bilan so‘zlagin, barcha kishini bilimi uchun ulug‘lagin. 11. Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra, ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla. 12. Zakovatning ozini oz dema, uning foydasi kattadir. Bilimning ozini oz dema, uning manfaati ko‘pdir. 13. Bilimni saralab, saylab olish uchun zakovatli bo‘lish kerak. Ishlarni ko‘ngildagidek bitirish uchun esa bilimli bo‘lish kerak. 14. Fikr g‘oyibdan paydo bo‘lmaydi. Fikr bilimning hosilasidir. 15. Bilim o‘rgan, zakovat kasb et, behuda yurma, xayrli payt kelganida, ular seni ro‘shnolikka chiqaradi. 16. Ilm odamning zehnini ochadi, aqlini ko‘paytiradi, bilmagan narsalarini bildiradi, dunyoda baxtli va izzatli qiladi. 17. Sha’biy aytadi: – Ilm bobida nimani eshitsang yozib qo‘y, agar qog‘oz bo‘lmasa, devorga bo‘lsa ham yoz. Chunki yodlagan narsa unutiladi va yozilgan narsa esa abadiy qoladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling