Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Televizorni me’yorida ko‘ring!
- Bolalar televizorni qancha vaqt ko‘rishlari mumkin
Haddan oshish – chegaradan chiqish, me’yorni unutish.
Nuqson – kamchilik, ayb, xato, etishmovchilik. Ochofatlik – ochko‘zlik, ebto‘ymaslik, badnafslik. Sustkashlik – imillash, bo‘shashganlik, lanjlik. Foydali nasihatlar Ibrohim Naxa’iy shunday degan ekan: “Siz- lardan oldingi qavm uch narsa tufayli halokatga uchradi: 1. Ko‘p gapirganliklari; 2. Ko‘p taom eganliklari; 3. Ko‘p uxlaganliklari”. Televizorni me’yorida ko‘ring! olajonlar, hozirgi vaqtda ko‘pchilik bolalar televizor ko‘rish va kompyuter o‘yinlarini juda yoqtiradi. Ayrimlari darsdan bo‘shagan zahoti uyiga borishni ham unutib, kompyuter oldida har xil o‘yinlarni o‘ynab kunni kech qiladi. Ammo har bir ishda me’yorni saqlansa, haddan oshilmasa, sog‘likka zarar bo‘lmaydi, yana boshqa ishlari o‘lda-jo‘lda bo‘lib qolmaydi. Ay- rim qiz bolalar uyga kelgan zahoti uy yumushlarini bajarish va supurib-sidirish o‘rniga hali kechgacha ulguraman, degan xayol- da televizor oldida o‘tirib qoladi va onasidan dakki eshitadi. Yax- shilab o‘ylab ko‘rilsa, vaqt oltindan qimmat ekani ayon bo‘ladi. Ayrim o‘g‘il-qizlar televizorda behayo va bachkana filmlar, be- mehrlik, shafqatsizlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi multfilm- larni ota-onalaridan yashirincha ko‘rishga odatlanadi. Aslida bu- – 306 – larni hech bir inson ko‘rishi joiz emas. Zero, ular inson qalbini qotirib, ma’naviyatini buzadi. Shifokorlar bolalarning televizorni qancha muddat ko‘rishlari mumkinligi haqida kerakli tavsiyalarni berishgan. Bolalar televizorni qancha vaqt ko‘rishlari mumkin? elevizorda namoyish etiladigan ko‘rsatuv larni tomosha qilishdan oldin va undan keyin ko‘rish a’zolari tekshirib ko‘rilganda, ko‘zning tez charchab-toliqib qolgani aniqlangan. Bunda birinchi navbatda ko‘zning akkomodatsion apparati charchaydi. Bu apparat idrok qilinayotgan tasvirning aniqligini ta’minlaydi. Ko‘z tez toliqib qolmasligi uchun televizor ekranidan kamida uch metr uzoqlikda o‘tirish kerak. Bola qancha yosh bo‘lsa, televizor qarshisida shuncha kam o‘tirishi kerak. Jumladan, 4 yoshli bolalar 15 daqiqa, maktab- gacha yoshdagi bolalar kuni bilan yarim soat, 14 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ko‘pi bilan bir soat, yuqori sinf o‘quvchilari esa ikki soat teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish- lari ma’qul deb topilgan. Ayniqsa, teleko‘rsatuvlarni rangli televizorda tomosha qilganda oq-qora rangda ko‘rsatadigan televizorga nisbatan ko‘zni unchalik zo‘riqtirmaydi. Rangli tasvir akkomodatsion apparatdan zo‘riqishning bir qismini olib, ko‘zning rangli idrok etish apparatini stimullaydi. Shun- day bo‘lsa-da, xoh rangli, xoh oq-qora televizor bo‘lishidan qat’iy nazar, mutaxassislar imkon qadar kamroq televizor ko‘rishni tavsiya etadilar. Demak, hurmatli bolalar, imkon qa- dar kamroq televizor ko‘rish, buning o‘rniga ustoz topshirgan uy vazifalarini tayyorlash, badiiy kitoblar o‘qish, ota-onamiz- ga ko‘maklashish va bo‘sh vaqtimizda tengqur bolalar bilan o‘ynash juda foydali deb aytilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling