– 301 –
Foydali nasihatlar
1. Shamini kunduzi yondirgan odamning tuni
qorong‘u bo‘ladi.
2. Pulini behuda isrof qilgan odam og‘ir kunlarda
xor-zor bo‘ladi.
3. Muhtoj bo‘lmaganga sadaqa berish isrof
hisoblanadi.
4. Vakillari isrof kasalligiga yo‘liqqan millat shubha yo‘qki, balo va
halokatga uchraydi. Agar dunyo tarixiga nazar solsangiz, dunyodagi
qavmlarning nobud bo‘lish sabablaridan biri shu isrofgarlikdir.
Baxillikdan uzoq bo‘ling!
urmatli bolajonlar, yuqorida ne’matlardan
tejamkorlik
bilan foydalanish lozimligi va isrofdan saqlanish kerakligi
aytildi. Ba’zi insonlar tejamkorlikni baxillik va isrofni saxiylik, deb
tushunadilar. Bu noto‘g‘ri tushunchadir.
Chunki tejamkorlik hech
qachon baxillik sanalmaydi. Tejamkor behuda sarf-xarajatdan
saqlanuvchi, faqat eng kerakli narsalar
uchun pul va boshqa
narsalarni ishlatuvchi kishidir. Baxil esa eng kerakli joylarga ham pul
ishlatishni xohlamaydi. Tejamkorlik maqtalgan xislatdir.
Baxillik
esa qoralanadi. Bolalar, mana shu farqni yaxshi ajratib olinglar.
Yana boshqa odamlar isrofni saxiylik bilan chalkashtirib
yuboradilar. Isrof ne’matlarni behuda sarflashdan iborat bo‘lib,
albatta bu qoralangan xislatdir. Saxiylik esa bag‘rikenglik bo‘lib,
pulni lozim bo‘lgan miqdordan biroz ko‘proq sarflashni bildiradi.
Shuningdek, qarz olgan odam qarzini to‘lashga
qiynalib qolganda
ham uning muddatini uzaytirish yo bo‘lmasa, qarzidan kechib
yuborish ham saxiylikka kiradi. Saxiylik zinhor isrof emas.
Do'stlaringiz bilan baham: