– 302 –
Foydali nasihatlar
1. Uch narsadan uch narsani topsa bo‘ladi:
sabrdan najot, saxovatdan ulug‘lik va adolatdan
g‘alaba (Xoja Ahror Valiy).
2. Har g‘aniyki, tirikligida ehsonidan ko‘ngullarni
shod qilmag‘ay, o‘lganidan so‘ng ani kimsa duo ila
yod qilmag‘ay (Alisher Navoiy).
3. Saxovat shunday bir buyuk sifatki, uni doim maqtov bilan
eslaydilar.
4. Saxiy odam xalqqa dunyoni suvdek oqizib ulashsa, xalq uning
tevaragiga suvdek oqib, yig‘ilib keladi.
5. Yumshamas ko‘ngilni saxiy yumshatadi, etib bo‘lmas murodga
saxiy kishi erisha oladi.
6. Odamlar muhabbatini o‘zingga jalb qilmoqchi bo‘lsang, saxiy
bo‘l, saxovat seni sevikli qiladi.
7. Saxiylik juda yaxshi xislat, uni hech qo‘ymaslik kerak, lekin
o‘zganing moli bilan saxiylik qilmaslik kerak.
To‘rtga bo‘lingan olma
(Ibratli hikoya)
or askarlari asirga tushgan shayx Shomil ustidan kulish
uchun bir necha kun unga na bir burda non va na bir
qultum suv beribdilar. So‘ng qip-qizil
chiroyli olmani oldilariga
qo‘yishibdi. Ularning o‘ylashicha, och va tashna shayx Shomil ol-
maga tashlanib,
ochofatlarcha eyishi, ular esa uni masxara qilib
kulishlari kerak edi. Ammo oradan yana bir necha kun o‘tibdi
hamki, shayx Shomil olmaga qo‘l urmay, uni tomosha qilib
o‘tiraveribdi. Bu holdan hayratga tushgan
uch rus askari olmani
nega emayotganini so‘rashibdi:
– Menga bir pichoq keltirsangiz, – debdi shayx. Aksarlar
pichoq keltirishibdi. Shayx Shomil olmani qo‘liga olib to‘rt
qismga bo‘libdi.
Uch qismini uch askarga berib, eng kichik
bo‘lagini o‘ziga olibdi...